5-mavzu: innovatsiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etishning tashkiliy-pedagogik asoslari. Maktabni innovatsion boshqaruv modeli. Reja



Yüklə 147 Kb.
səhifə3/16
tarix01.02.2023
ölçüsü147 Kb.
#99896
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
5-ma\'ruza

Innovatsiya esa – bu ma’lum bir bosqich asosida rivoj-lanadigan jarayondir. U bir nechta ma’nodagi tushunchalarni beradi:
1. Innovatsiya bu – ta’limning yangi mazmuni, shakl va metodlarini ishlab chiqish.
2. Yaratilgan pedagogik tizimni joriy etish va ommalashtirish.
3. Ta’lim muassasani boshqarish va rivojlantirishning yangi texnologiyasini ishlab chiqish.
4. Tajriba-sinov ob’ekti sifatida.
5. Yaxlit pedagogik jarayonni innovatsiyalash.
6. Yangiliklarning qo’llanilish darajasini yangi mahsuldorliklar bilan o’zgartirish bosqichi.
Ta’lim sohasidagi mavjud yoki yangi ehtiyojlarni qondirish uchun pedagogik yangiliklarni yaratish, joriy etish, o’zlashtirish va foydalanishga doir faoliyat innovatsion jarayondir.
Innovatsion faoliyat – pedagogik jamoani harakatga keltiruvchi, olg’a boshlovchi, taraqqiy ettiruvchi kuchdir. Innovatsion faoliyat – bu yangi ijtimoiy talablar bilan an’anaviy me’yorlar-ning mos kelmasligi, yoxud amaliyotning yangi qo’llanilayotgan me’yorining mavjud me’yor bilan to’qnashuvi natijasida vujudga keluvchi majmuali muammolarning yechimiga qaratilgan faoliyatdir.
Innovatsion salohiyat deganda, alohida pedagogning va yaxlitlik-da pedagogik jamoaning yangilikni o’zlashtirishga tayyorligi, ulardan amaliyotda foydalana olishi va kutilgan natijalarni qo’lga kirita olishi tushuniladi. Pedagogika va pedagogik menejmentda innova-tsion salohiyat tushunchasi ikki xil tarzda talqin etiladi: keng ma’no-da – ta’lim muassasasining innovatsion salohiyati, tor ma’noda – o’qituvchining innovatsion salohiyati. Ta’lim muassasasining innovatsin salohiyati deganda, uning o’z-o’zini rivojlantirishga tayyorligi, shaxsning o’z-o’zini rivojlantirish uchun madaniy-ta’li-miy muhitning va shart-sharoitlarning xilma-xilligi hamda kommunikativ munosabatlarning yuqori darajasi tushuniladi. Alohida pedagog uchun esa, bu – uning shaxsidagi ijtimoiy-madaniy va ijodiy o’ziga xosliklar yig’indisi, pedagogik faoliyatni takomillashtirishga tayyorligi hamda buning uchun zaruriy ichki vosita va metodlarning mavjudligidir.
Innovatsiya” tushunchasi lotin tilidan olingan bo’lib (in-ga, novus-yangi), ya’ni tarjimasi “yangilanish”, “o’zlashtirish”, “qandaydir yangilikni kiritish”, “yangini joriy qilish”, “yangilik kiritish”. O’z navbatida “yangi” so’zi ushbu tushunchaning asosiy yadrosini tashkil etadi.
Innovatsiya” tushunchasi doimo bir xil ma’noda ta’riflanmaydi, ko’p hollarda u “yangilik kiritish” tushunchasi sifatida ko’rib chiqiladi.
Jumladan, S.Turg’unovning fikricha, innovatsiya – maqsadga yo’naltirilgan o’zgartirishlar bo’lib, ma’lum bir ijtimoiy birlikka – muassasa, uyushma, jamoa va guruhlarga yangi, nisbatan barqaror bo’lgan elementlarni, umumiy holda halqning ma’naviy-madaniy munosabatlari va mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bilan uzviy bog’liq bo’lgan yangiliklarni kiritishdir1.
Innovatsiya” tushunchasi keng va tor ma’noda ishlatiladi. Birinchi ma’noda innovatsiya – biror bir yangi ijtimoiy ehtiyojni yaxshiroq qondirish uchun yangi ilmiy, amaliy vosita, ya’ni yangilik yaratish, tarqatish va qo’llashni o’z tarkibiga oladigan kompleks jarayon sifatida qaraladi. “Innovatsiya”, ikkinchi ma’noda, biror bir jamoa faoliyatini takomillashtirish uchun kiritilayotgan va bu innovatsiya sub’ekti tomonidan yangilik deb qabul qilingan yangi vosita, uslub, yondashuvlar tizimiga nisbatan ishlatiladi.
M.Jumaniyozovaning ta’kidlashicha, innovatsiya – rivojlangan texnologik jarayonning takomillashgan mahsuloti ko’rinishida namoyon bo’ladigan ijodiy mehnatning natijasi. U amaliyot va nazariyaning muhim qismi bo’lib, ijtimoiy-madaniy ob’ekt sifatlarini yaxshilashga yo’naltirilgan ijtimoiy sub’ektlarning harakat tizimi, ayni vaqtda u boshqariluvchi va nazorat qilinuvchi o’zgarishlar mexanizmi bo’lib hisoblanadi2.
N.Mamadov o’zining “Umumiy ta’lim maktablarini innovatsion boshqarish” deb nomlangan tadqiqotida innovatsiya – bu boshqaruv ob’ektini o’zgartirish hamda yuqori darajadagi ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnik samaralarni qo’lga kiritish maqsadida muayyan sohalarga yangilikni tatbiq qilishning yakuniy natijasi ekanligini qayd etib o’tadi3.
Respublikamiz olimlarining “innovatsiya” tushunchasiga bergan ta’riflaridagi xilma-xillik chet el olimlarining tadqiqotlarida ham ko’zga yaqqol tashlanadi. Mazkur ta’riflarning qiyosiy tahlili asosida tushunchaning quyidagi mohiyatli jihatlarini ajratib ko’rsatish mumkin:

  1. innovatsiya – bu yangilik (A.M.Saranov, E.M.Rodjers);

  2. innovatsiya – bu o’zgartirish, yaxshilash, takomillashtirish demakdir (K.Angelovski);

  3. innovatsiya – bu o’zida taraqqiyparvar asosni aks ettiruvchi tarkibiy qismlar majmui (V.I.Zagvyazinskiy);

  4. innovatsiya – bu yangi vosita, yangi metod, yangi texnologiya (V.A.Slastenin, V.I.Podыmova);

  5. innovatsiya – bu yangi metodlarni va ta’limning yangi mazmundagi metodlarini ishlab chiqishdir (P.G.Щedrovitskiy)4.

Biroq shuni alohida ta’kidlab o’tish joizki, pedagogik innovatikaga oid adabiyotlarda “innovatsiya” tushunchasi bilan birgalikda “yangilik” tushunchasi ham qo’llaniladi.
Pedagogik innovatikaning asosiy ko’rsatkichi uning boshlang’ich rivojiga bog’liq bo’lib, pedagogikadagi yangilik – bu faqatgina g’oya, yondashuv, metod, texnologiya, shunchaki taqdim etilgan va hali foydalanilmagan holatdagi emas, balki bu innovatsion jarayonning majmuaviy va alohida tarkibiy qismidir, u esa o’zida o’zgaruvchan sharoitlarda va holatlarda ta’lim-tarbiya masalalarini yetarlicha samarali hal etishni ifoda etadi.

Yüklə 147 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə