6-bob rangli metall parchalari va chiqindilarini qayta ishlash


Tarkibida oltin mavjud bo‘lgan chiqindi xom ashyoning tasnifi



Yüklə 3,41 Mb.
səhifə25/29
tarix26.10.2023
ölçüsü3,41 Mb.
#130841
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Metallarresiklingi6-bob (1)

Tarkibida oltin mavjud bo‘lgan chiqindi xom ashyoning tasnifi.
Tarkibida oltin mavjud bo‘lgan ikkilamchi xom ashyoning asosiy ta’minlovchilari rangli metallurgiya, asboblar ishlab chiqarish va elektronika sanoatlaridar (6.20.(a,b)-rasm). Barcha xom ashyolarni quyidagi turlarga ajratish mumkin:

  • oltin tarkibli qotishmalar (50-60% Au);

  • elektrotexnika va elektronika sanoti yaroqsiz holga kelgan detallari ( 0,3 dan 20% gacha Au). Bu detallarda oltin metall, plastmassa, keramika yoki metallokeramikalarning ustki qatlamiga yupqa qatlamlarda qoplangan holatda bo‘ladi;

  • poroshok holatidagi “sochiluvchan” chiqindilar: farfor ishlab chiqarishda hosil bo‘ladigan metall tarkibli kullar (25 - 35% Au), elektroliz jarayonida hosil bo‘ladigan kukunlar (zola) (15 - 25% Au), zargarlik buyumlariga sayqallab ishlov berish natijasida hosil bo‘ladigan chiqindilar (5-10% Au).


(a) (b)
6.20.(a,b)-rasm. Oltin tarkibli chiqindi xom ashyolari


Tarkibida kumush mavjud bo‘lgan chiqindi xom ashyoning tasnifi.
Tarkibida kumush mavjud bo‘lgan ikkilamchi xom ashyoning asosiy ta’minlovchilari foto va kinosanoat, kimyo, elektrotexnika va radiosanoati, oyna, soat va zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchi korxonalar, davolash muassalaridir. Foto va kinosanoatnig kumush tarkibli chiqindilari tayyorlash, ishlov berish va yorug‘likni sezuvchan materiallarning buzilishi natijasida yoki kinolenta va fotomahsulotlarning emirilishi natijasida hosil bo‘ladi (6.21.(a,b)-rasm).
Qayta ishlashga quyidagi asosiy kumush tarkibli xom ashyolar kelib tushadi: %

  • bromli kumush 35-66;

  • oltingugurtli kumush 45-65:

  • kinosanoatnig kumush tarkibli kukunlari (zola) 45-22;

  • fotoqog‘oz kukunlari 1,2-7;

  • fotmahsulotlar kukunlari < 0,5.


(a) (b)

Yüklə 3,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə