T a ya n chiborala r



Yüklə 22,35 Kb.
tarix10.05.2023
ölçüsü22,35 Kb.
#109406
1-мавзу (3)


1.Mavzu: Kirish. Ekologiya fani, uning maqsadi va vazifalari
Reja:

  • Ekologiya faniga kirish.

  • O‘zbekiston Respublikasida atrof muhitning hozirgi ahvoli.

  • Tabiatni muhofaza qilishning qonunchilik asoslari.



T a ya n ch i b o r a l a r:
Tabiat, atrof muhit, biosfera, antropogen, kimyo, fizika, geografiya, biologiya. geologiya va boshqa fanlar, chiqindi, xom ashyo, suv, Oqava suv, issiqlik manbai, havo, quyosh radiatsiyasi.

Ekologiya fanini maqsadi va vazifalari.


Ekologiya (grekcha oikos -yashash joyi, boshpana, turgan o’rni, uy, maskan kabi ma’nolarni bildiradi) tirik organizmlar hamda ular turkumlarining bir-birlari va atrof-muhit bilan o’zaro munosabatlari to’g’risidagi fandir. Bu atama 1866 yilda nemis zoologi Ernest Gekkel (1834-1919) tomonidan taklif etilgan edi. Endilikda bir paytlar biologik siklning tor doirasiga taalluqli bo’lgan fan mustaqil darajada gullab yashnamoqda va borgan sari kattaroq ahamiyat kasb etmoqda. Zero ekologiya bugungi kunda biologiya, geografiya va tabiatshunoslik fanlari chatishgan joyda, tabiat resurslarini ishlata bilish va muhofaza qilish jarayonida boshqarish to’g’risidagi fanga aylandi. Olimlar o’z mohiyatiga ko’ra yangi bo’lgan bu fanni global ekologiya tabiatdan foydalanish nazariyasi, inson ekologiyasi deb atamoqdalar. Aytish mumkinki global ekologiya (yoki inson ekologiyasi) o’sha sistema: tabiat, insoniyat jamiyati va u yaratgan texnikaning o’zaro ta’siri to’g’risidagi fandir yana ham soddaroq qilib aytganda, bu insoniyatning hozirgi ekologik vaziyatda yashab qolish sharoitlari haqidagi fan deyish ham mumkin. Masalan: agar shahardagi ekologik vaziyat yomonlashadi deyishsa, odatda atmosferadan sanoat korxonalari quvurlari va avtotransport vositalaridan chiqqan gazlar ko’payib ketgani, ichimlik suvi sifati yomonlashgani, suv havzalarining ifloslanish darajasini ortib ketgani va xokazolar tushuniladi. Ishlab-chiqarish sanoat korxonalarida ekologik ahvol qoniqarli deb baholangan taqdirda ham bu korxonalar atrofidagi hamma ishlar joyida degan ma’noni bildirmaydi.Tutun va qurum,oltingugurt gazi, azot oksidlari bu korxonalarning tashlama quvurlaridan chiqib tozalash inshoatlaridan o’tgan suv bilan qo’shilib ketadi.Umuman biz havo, suv va tuproqni ishlab chiqarish chiqindilari bilan ifloslanishi qanday oqibatlarga olib kelishi to’g’risida juda kam ma’lumotlarni bilamiz.Bunday ifloslanishlar paydo bo’lganiga va ko’paya boshlaganiga xali ko’p vaqt bo’lgani yo’q. Chamasi bizning ko’pdan-ko’p qilgan noto’g’ri ishlarimiz jabrini kelgusi avlodlarimiz tortadiganga o’xshaydi. Biroq, avvalo olimlar, keyin ko’pgina mamlakatlarning jamoatchiligi salbiy iqlim o’zgarishlari, sayyoramiz qatlami buzilishi, o’rmonlar yuqotib yuborilishining ijtimoiy oqibatlari to’g’risida alohida tashvishlanayotganliklarini bayon qilmoqdalar. Yaqindagina mahalliy xarakterdagi ekologik o’zgarishlar bir avlod ko’z o’ngida regional va global falokatlarga aylanmoqda.
Ekologiyani mustaqil fan sifatida o’rganish.
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan muammolarni hal qilish jarayonlarida odam xo’jalik va faoliyatining xilma-xil turlari paydo bo’lib shakllanib keldi.
Masalan: Oziq-ovqat maxsulotini yetishtirish va boshqa muxim hayotiy extiyotliklar tufayli dexqonchilik, g’allachilik, polizchilik, zabzavotchilik, o’rmonchilik kabi xo’jalik turlari va shularga doir fanlardan botanika va o’simlikshunoslik tizimidagi fanlar sistemasi shakllandi, xayvonot olami boyliklaridan turmushda foydalanish uchun chorvachilik va unga yaqin xo’jalik turlari, fanlardan esa zoologiya va tegishli fanlar tizimi paydo bo’lib rivojlandi; yuqorida aytilganlar bilan bir qatorda matematika, fizika,kimyo, meditsina (tibbiyot) va qator boshqa muxim fanlar ham rivojlanib bordi; sanoat, transport, qurilish hamda so’ngi yarim asrda atom energetikasi va kosmonaftikalarning paydo bo’lishi taraqqiyoti munosabati bilan texnika fanlar rivoj topdi. Agar inson dastlab o’rmon boyliklari va xayvonot olamining manbaalaridan faqat bir qismidan foydalangan bo’lsa, keyinchalik mazkur tabiiy resurslardan keng qo’llanma foydalanishga kirishildi - sanoat, qishloq xo’jalik extiyojlari va texnika taraqqiyoti uchun ko’p miqdorda o’rmon boyliklari, yer, suv, foydali qazilmalar va xom ashyoning ko’p xillari va turlari zarur bo’lib qoldi. XX-asrda ro’y bergan ilmiy - texnika taraqqiyoti sanoati, qishloq xo’jaligi, qurilish, trasport va texnikaning tezkor rivojlanishiga olib keldi. Bu esa, inson va atrof muhitning o’zaro munosabatlarining ham tubdan o’zgartirib yubordi, shu maqsadda jamiyat va tabiat sohasiga doir to’plangan barcha bilimlarni umumlashtirib tartibga solish zaruryati paydo bo’lib qoldi va ayni muddao - tabiiy boyliklarni oqilona, unumli foydalanish, ularni atroflicha urganish muhofaza qilish maqsadida, tabiyatdagi o’zaro bog’lanishlarni mukammal o’rganish oqibatida ekologiya fani vujudga keldi va shakllanib bordi. Shuning uchun ekologiya yuqorida tilga olingan muammolar bilan shug’ullanuvchi fan sifatida bevosita atrof muhit muhofazasi masalalariga ham asos sifatida yondoshdi. Hozirgi kunda ko’pchilik davlat arboblari, yozuvchilar, rassom va sanatkorlar, ommoviy axborot vositalari o’zlarining chiqishlarida tez-tez "Ekosistema" "Ekologik muvozanat", "Biosfera", "Ekologik tanglik" va xatto "Ekologik xalokat" kabi so’zlarni aytmoqdalar, bu esa jamiyatning ekologiya faniga ayni shu kunning dolzarb muammolarnini xal etishga yordam berayotgan fanga bildira yotgan ishonchi haqida insoniyatning sayyoramiz taqdiri uchun chekayotgan jami, tashvishi va tabiyat bilan jamiyatning o’zaro munosabatlarini to’g’ri yo’lga qo’yish masalalarini aks ettiradi."Ekologiya" fan sifatda o’tgan asrdayoq, uning oldida Yer yuzida yashovchi organizmlar xilma-xilligi, ularning yashash joyi, tashqi muhit bilan o’zaro munosabatlarini o’rganish masalalarini turgan vaqtida shakllangan edi. Mashxur nemis zoologi (biolog - evolyutsionist) Ernest Gekkel 1866 yilda "Ekologiya" atomasini taklif etdi va fan oldida turgan masala va maqsadni aniq yoritib berishga urindi. "Ekologiya" so’zi qadimiy grek tilidan olingan bo’lib (uy, yashash joyi, makon, boshpana) va (ta’minot, fan) so’zlaridan yasalgan.
Boshqa barcha bilimlar yo’nalishlari kabi ekologiya insoniyatning butun tarixi davomida muttasil, ammo notekis rivojlangan. Gippokrat, Aristotel va boshqa qadimgi yunon mutafakirlari asarlarida ekologik yo’nalish aniq ko’zga tashlandi. Biroq yunonlar atamasidan foydalanishmagan.
E. Gekkel tarifi bo’yicha, ekologiya organizmlar va ularning tashqi muhit bilan o’zaro munosabatlari haqidagi fan demakdir. Tashqi muhit organik va shuningdek anorganik tarkibiy qisimlardan iborat (xayvonot va o’simliklar olami, yer, havo, suv va x.k.), demak- ekologiya - organizmlarning "o’z uyidagi" o’zaro munosabatlari haqidagi fandir. Boshqa ta’riflarda, ekologiya (ayniqsa XIX-asr olimlari tomonidan) "Tabiat iqtisodiyoti" ya’ni organizmlarning tabiatdagi muvozanati bilan shug’ullanadigan fan deb ta’riflanadi. Hozirgi zamon ekologiyasi ko’pgina tabiiy fanlarning to’plangan bilimlari asosida shakllandi, shuning uchun ham o’z tajribachi fan sifatida tabiatdan oqilona foydalanish va tabiat bilan jamiyatnging o’zaro munosabatlarini to’g’ri yo’lga qo’yish masalalarini kengaytirib o’rganib bormoqda.
Ekologiyani boshqa fanlar bilan bog’liqligi.
Iqtisodiyotni rivojlantirishdagi bosh maqsad ekstensiv omillarga qaratilgan edi. Tabiiyki, bunday sharoitda yashirin boyliklardan oqilona foydalanishning tartibga soladigan, tabiatning, atrof muhitning ximoya qilishni kafolatlaydigan biron- bir me’yorlar, qoidalarga rioya qilish haqida gap ham bo’lishi mumkin emas edi.
Tabiatni muhofaza qilish tadbirlariga arzimagan darajada kam pul mablag’ ajratiladi. Bu mablag’ tabiatga yetkazilayotgan zararning mingdan bir qismini ham ko’plamas edi. O’rmonlar o’ylamay-netmay, vaxshiylarcha kesib tashlanar edi. Yoqilg’i va mineral xom-ashyo zaxiralari real extiyoj bilan taqqoslanmagan holda juda ko’p miqdorda qazib olinganidan, ko’pchilik qismi qayta ishlanmagan Chiqindilar sifatida uyulib yotar edi. Tabiatni muhofaza qiluvchi eng oddiy inshootlarga ega bo’lmagan baxaybat sanoat korxonalari faol bunyod etildi. Natijada barcha zararli va zaxarli sanoat Chiqindilar o’lkan havo kengligini, suv xavzalarini, yer maydonlarini ifloslantiradigan bo’ldi. O’z ko’lami jihatidan beqiyos darajada katta gidroenergetika loyihalarini ro’yobga chiqarish, transport kommunikatsiyalarini (BASH, Turksib kabi temir yo’llarni, avtomobil, neft-gaz magistrallarini va irrigatsiya tarmoqlarini) bunyod etish nafaqat tabiiy zaxiralarni qashshoqlantirdi, butun boshli aholi punktlarini yo’q bo’lib ketishiga, iqlim odamlarining hayot va faoliyat sharoitlarining buzilishlariga ham olib keldi.
Bu muammo so’nggi yillarda yanada keskinlashdi. MDH ga aozo bo’lgan bir qancha mamlakatlarning bozor iqtisodiyotiga betartib suratda o’tish, tabiy va mineral xom ashyo zaxiralaridan foydalanishda boshqaruvni barham topgani, nazorat qilinmaganligi natijasida ular tashib ketila boshladi. Vaxshiylarcha qazib olindi va arzon narxlarda eksport qilindi. Ayrim yangi "boyvachchalar" deb ataluvchi va korrupsiya domiga ilingan butun-butun guruhlar uchun qo’shimcha foyda olish manbaiga aylandi. Shu bilan birga, ular o’zlarining ochko’z manfaatlari yo’lida Hozirgi va kelgusi avlodlarning ekologik xavfsizligini salomatlik va farovonligini qurbon qilmoqdalar. Benixoya ulkan boyliklar, insoniyatlarning noyob yutuqlari vijdonsizlarcha o’g’irlab ketilmoqda, yo’q qilib borilmoqda. Bu bilan butun atrof muhitga ham juda katta zarar yetmoqda, iqlim buzilmoqda. Eng yomoni esa bir necha avlod kishilarining tabiiy hayot va faoliyat sharoitlariga putur yetmoqda.
XX asr oxirida Yerning tabiiy ravishda cho’lga aylanishi yuqori darajada borayotganligi yetmagnidek odamlarning munosabati tufayli cho’lga aylanib borish jarayoni shtab bilan davom etayotgani bu muommoni yanada kuchaytirmoqda. Ayni chog’da tabiiy muhitni yomonlashuvi bilan birga, suvlarning sathi pasayishi va boshqa hodisalar ro’y bermoqda.
Ilgari nurashga qarshi chora-tadbirlar yaxshi olib borilmaganligi tufayli shamol va suv ta’sirida yemirilishi tuproqning unumdorligiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. Bu chora-tadbir juda past sur’atlarda va sifatsiz olib borilgan edi. Xatto 80-yillarning oxirida amalda butunlay to’xtatib qo’yilgan edi. Respublikada 2 mln cha dan ortiq yer maydoni yoki barcha sug’oriladigan Yerning qariyb yarmi buzilish xafvi asrida turibdi. Yerning nihoyat darajada sho’rlanganligi O’zbekiston uchun ulkan ekologik muammodir. Yerlarni ommaviy sur’atda o’zlashtirish, xatto sho’rlangan va meliaratsiyaga yaroqsiz yirik-yirik, yaxlit maydonlarni ishga solish ana shunga olib keldi. So’nggi 50 yil mobaynida sug’oriladigan yer maydoni2,46 mln ga dan 4,28 mln ga yetdi. Faqat 1975-1985 yillar mobaynida 1 mln ga ga yaqin yangi yer maydonlari o’zlashtirildi 1990 yilga kelib sug’oriladigan yer maydoni 1985 yildagiga qaraganda 1,5 baravar ko’paydi.
Ekin maydonlari tarkibida so’nggi vaqtlarga qadar paxta deyarli 75 foiz maydonni egallagan edi. (Hozir 2000 yilda 3 mln 900 ming t paxta yetkazib beriladi). Dunyoning birorta ham mamlakatda paxta monopoliyasi bu qadar yuqori darajaga ko’tarilmagandi. Bu hol Yerning kuchsizlanishiga, tuproq unumdorligini pasayishiga, uning suv-fizikaviy xossalari yomonlashuviga, tuproqning buzilishi va nurash jarayonlari ortishiga olib keldi.
Sug’oriladigan xududlarda suv tabiatni bebaho inomidir. Bugun hayot suv bilan bog’liq. Zotan suv tamom bo’lgan joyda hayot ham tugaydi. Shunday bo’lsada, Markaziy Osiyoda suv zaxiralari juda cheklangan. Yiliga 78 kub.km suv keltiradigan Amudaryo va 36 kub.km suv keltiradigan Sirdaryo asosiy suv manbai hisoblanadi. Hozirgi vaqtda xalq xo’jaligida Orol dengizi xavzasining barcha suv zaxiralaridan to’la-to’kis foydalanilmoqda. Daryolar oqimi asosan Qirg’iziston va Tojikiston tog’laridan boshlanadi. Suv zaxiralarining ko’pchilik qismidan Markaziy Osiyodagi barcha Respublikalarning yerini sug’orish uchun foydalaniladi. Shu munosabat bilan mintaqadagi barcha dalalarning manfaatlari yo’lida, hamda ekologiya talablarini, daryolar deltalarida Orol dengizida maqbul hayotiy shart-sharoitlarni yaratish maqsadida bu yerlarga suvning o’tishini ta’minlash zarur. Shu bilan birga Orol dengizi xavzasining cheklangan suv zaxiralarini birgalashib kelishilgan holda boshqarish muammosini amaliy xal qilish talab qiladi. Mintaqaning yana bir muammosi suv muhofaza qilish va tejash tadbirlari majmuining amalga oshirish zaruriyati bilan bog’liqdir. Bu tadbirlar suvning isrof bo’lishini eng kam darajaga keltirish maqsadida sug’orish tarmog’ining rejimi va o’lchamlarini sug’orish texnikasi bilan mustahkam bog’lashni o’z ichiga oladi. Endilikda kollektor zavod suvlarini tashlab yuborishni tartibga solib, oqava suvlarni daryo va suv omborlariga oqizishni batamom to’xtatish zarur.
Suv zaxiralarining sifati eng muxim muammolardan biridir. 60-yillardan boshlab Markaziy Osiyoda yangi yerlar ko’lamda o’zlashtirildi. Sanoat, chorvachilik komplekslari ekstensiv rivojlantirildi. Urbanizatsiya kuchaydi. Kollektor zavod tizimlari qurildi hamda daryo suvlari sug’orish uchun mutassil yuqori hajmlarda olindi. Shu bois xavzalardagi suvning sifati tobora yomonlashib bordi.

Orol muommosini kelib chiqishi
Orol tangligi insoniyat tarixidagi eng yirik ekologik va gumanitar fojealardan biridir. Dengiz xavzasida yashaydigan qarib 35 million kishi uning ta’sirida qoldi.
Biz 20-25 yil mobaynida jahondagi eng yirik yopiq suv xavzalaridan biri yo’qolib borishga guvoh bo’lmoqdamiz. Biroq bir avlodning ko’z o’ngida butun bir dengiz xalok bo’lgan hol xali ro’y bergan emas edi.
1911-1962 yillarda Orol dengizining sathi eng yuqori nuqtada bo’lib, 53.4 metrni, suvning hajmi 1064 kub kilometrni va minerallashuv bir litr suvda 10-11 gramni tashkil kilgan edi. Dengiz transport, baliq xo’jaligi, minumim sharoiti jihatidan katta ahamiyatga ega bo’lgan. Unga Sirdaryo va Amudaryodan har yili deyarli 56 kub kilometr suv olib quyillar edi. 1994 yilga kelib orol dengizdagi suvning sathi -32,5 metrga, suv hajmi -400 kub kilometrdan kamroqqa suv yuzasining maydoni esa 32,5 ming kvadrat kilometrga tushib qoldi suvning minerallashuvi ikki barobar ortdi. Orolning sathi 20 metr kamayishi natijasida u endi yaxlit dengiz emas, balki 2 ta qoldiq qo’lga aylanib qoldi. Uning sohillari 60-80 kilometrga chekindi. Amudaryo bilan Sirdaryoning deltalari jadal suratlar bilan buzilib bormoqda. Dengizning suv qolgan tubi 4million gektardan ortiqroq maydonda ko’rinib qoldi. Natijada yana bitta “qo’lbola” qum-sho’rxok saxroga ega bo’ldik. Shamol oroldengizining qurib qolgan tubidan tuz va chang to’zonni yuzlab kilometrga uchirib ketmoqda.
80-yillarning boshlarida qo’shni Tojikistonda alyumin zavodi ishga tushirilishi munosabati bilan O’zbekistonining Surxondaryo viloyatiga qarashli ko’plab tumanlarida ekologik jihatdan tang ahvol vujudga keladi. Zavod atmosferaga ko’p miqdorda fotirli vadorod, uglerod oksidi. Oltingurgut, gazi, azot oksidlarini chiqarib tashlashmoqda. Vodiyning yuqori qismida. Tojikistonning O’zbekiston bilan chegarasida joylashgan zavodning chiqindilari Tog’dan vodiy tomonga esadigan shamol bilan undan uzoqlarga. Asosan Respublikaning chegaradosh tumanlari -Surxondaryo viloyatining Sariosiyo, Uzun, Denov, Oltinsiyo tumanlari hududiga tarqalmoqda.
Ekologiya-xavfsizlikni kuchaytirishning ishlab chiqarishda jori etish. Qishloq, o’rmon va boshqa xo’jalik tarmoqlaridagi tabiiy jarayonlarning keskin buzulishiga keskin olib keladigan barcha zaxarli kimyoviy moddalarning qo’llash ustidan qattiq nazorat o’rnatish havo va suv muhitini insonnig hayotiy faoliyati uchun zaxarli yoki salbiy etadigan moddlar bilan ifloslangantirishni to’xtatish. Qishloq xo’jalik ekinlarini, eng avvalo, g'o’zani sug'arishda suvni tejaydigon texnologiyalarni keng joriy etish muxim ahamiyatga ega. Kollektr zarur suvlarini daryolar va suv muhitini insonning hayotiy faolyati uchun zararli yoki salbiy ta’sir etadigan moddalar bilan ifloslantirishni to’xtatish.
2. Qayta tiklanadigan zaxiralarni qayta ishlab chiqarishning tabiiy ravishda kengayishni ta’minlash hamda qayta tiklanmaydigan zaxiralarni qatiy mezon asosida iste’mol qilgan holda tabiiy zaxiralarning hamma turlaridan oqilona foydalanish darkor.
3. Katta -katta xududlarda tabiiy sharoitlarini tabiiy zaxarlardan samarali va kompleks foydalanishi ta’minlaydigan darajada aniq maqsadga qaratilgan, ilmiy asoslangan tarzida o’zgartirish (daryolar oqimini tartibga solish hamda suvlarni bir xavzadan ikkinchisiga tashlash, Yerning namini qochirish, suv chiqarish tadbirlarini va boshqalarni amalga oshirish) lozim.
4. Jonli tabiatni butun tabiiy - genefondini madaniy ekinlar va xayvonlarni yangi turlarni ko’paytirish xisobiga boshlang'ich baza sifatida saqlab qolish kerak.
5. Shaharsozlik va tumanlarni rejalashtirishning ilmiy asoslangan, hozirgi zamon urbanizatsiyasining barcha salbiy oqibatlarini bartaraf etadigan tizimini joriy etish yo’li bilan shaharlarda va boshqa aholi punktlaridan aholining ishlashi uchun qulay sharoit yaratish zarur.
6. Ekologik kulfatlar chegara bilmasligini nazarda tutgan holda jahon jamoatchiligi e’tiborini mintaqaning ekologik muamolariga qaratish lozim.
Atrof muhitini muhofaza qilish borasidagi yuqorida tilga olingan ta’sirchan chora tadbirlarni ro’yobga chiqarish sekin vaqt ichidayoq, oldingi tizimdan yosh respublikaga meros bo’lib qolgan ekologik zonasinadagi ko’pgina illatlar, kamchiliklar va xatolarni bartaraf etish imkoniyatlarini yuzaga keltiradi. Shuningdek, keng qo’lamdagi ekologik tanglik taxdidini barham toptirish, respublika aholisi uchun, jismonan, sog’lom yosh avlodning dunyoga kelishi va rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar hamda ekologik jihatidan musaffo hayotiy muhit yaratish imkoniyatini beradi.
Bo’lajak muhandis-texnologlarda ilmiy va amaliy masalarni yechish jarayonida ekologik ong va fikrlash qobiliyatlari tarbiyalanib shuningdek takomillashib borilishi kerak.
Ekologik ongli va fikrlovchi muhandis yaqin kundagi tabiatda ro’y berayotgan o’zgarishlarnigina ko’ribgina qolmay, balki kelajak 10 yilliklar xatto 100 yilliklarning so’ng ro’y berishi mumkin bo’lgan o’zgarishlarni ham oldindan bila olishi kerak.
Demak, mutaxassislarga atrof muhitni muhofaza qilish sohasida to’liq integral bilimlar berilishi zarurdir.
Mustahkamlash uchun savollar.
1.Ekologiya fanini o’rganishni maqsadi nimalardan iborat?
2.Ekologiya mustaqil fan sifatida qachondan boshlab o’rganila boshlandi?
3. Ekologiya fani qaysi fanlar bilan aloqador?
4.Ekologiya fani muhandis texnik xodimlar oldiga qanday vazifalarni qo’yadi?
5.O’zbekiston Respublikasida ekologik ahvol qanday?
6.O’zbekiston xududidagi yerlarning ekologik ahvoli qanday?
7.O’zbekiston xududidagi suv havo zararining ekologik ahvoli qanday?
8.Orol dengizini qurib borish xavfini kelib chiqish sabablari nimalardan iborat?
9.O’zbekiston xududidagi havo bo’shlig'ning a’voli qanday?
10. Markaziy Osiyoda aholi zichligi qanday?
11.O’zbekistonning yer maydoni to’g’risidagi tushunchangiz?
12.O’zbekistonning yyer osti qazilma boyliklari nimalardan iborat?
13. O’zbekistonning yoqilg’i resurslari qayerlarda joylashgan?
14.O’zbekistonda tuproq (unumdor) yerlarni ifloslanishi jarayoni qanday ro’y beradi?

Yüklə 22,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə