6-mavzu. Korxonalarining mehnat resurslari. Reja


Mehnatga haq to’lash yagona tarif setkasi



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/14
tarix28.11.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#136236
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
6 (2)

Mehnatga haq to’lash yagona tarif setkasi 
Mehnatga haq 
to’lash razryadlari
Ta’rif 
koeffitsentlari 
Mehnatga haq 
to’lash razryadlari
Ta’rif 
koeffitsentlari 

1,000 
12 
2,148 

1,053 
13 
2,284 

1,106 
14 
2,421 

1,158 
15 
2,561 

1,269 
16 
2,704 

1,384 
17 
2,847 

1,505 
18 
2,993 

1,630 
19 
3,141 

1,755 
20 
3,292 
10 
1,883 
21 
3,444 
11 
2,014 
22 
3,597 
Izoh. Ta’rif stavkasi miqdorini (lavozim maoshini) belgilash uchun ta’rif koeffitsentini 
mehnatga haq to’lashning qonun hujjatlarida belgilangan eng kam miqdoriga ko’paytiriladi. 
Razryadlar bo’yicha haq to’lash stavkalarini tabaqalashtirish Yagona Tarif Stavkasida 
xodimlar bajaradigan ishlarning murakkabligi va ularning malakasi belgisi bo’yicha amalga 


oshiriladi. Ish haqida boshqa omillarni - normal sharoitlardan chetga chiqqan mehnat shart-
sharoitlarini (mehnatning umumtarmoq shart-sharoitlari bundan mustasnodir), mehnatning 
og’irligi, jiddiyligi, normani oshiruvchi aloxida mehnat natijalarini, xodimlarning ishchanlik va 
shaxsiy hususiyatlarini va shu kabilarni xisobga olish ish haqini tashkil etishning boshqa 
elementlari vositasida amalga oshiriladi. Ularga nisbatan mehnat normasi uchun haq to’lash 
sifatidagi tarif stavkasi (maosh) butun ish haqini tashkil etishning asosi xisoblanadi.
 
Yagona tarif stavkasida qabul qilingan tarif koeffitsientlarining razryadga qarab ortib borishi 
hususiyati mavjud bo’lib, bunda eng ko’p o’sish boshlangich razryadlar uchun, eng kam o’sish 
yuqori razryadlar uchun nazarda tutilgan. Bu kam malakali xodimlarni, ya’ni malakali 
mutaxassislar va raxbarlarga nisbatan kam ish haqi oladigan xodimlarni ijtimoiy himoya qilish 
zarurati bilan izoxlanadi.
 
Ishchilarni tasniflash uchun setkaning dastlabki sakkizta razryadi mo’ljallangan. Bu xozirgi 
vaqtda amal qilayotgan ishlar va ishchi kasblarining yagona tarif-malaka ma’lumotnomasi 
bo’yicha tariflashtirish shartlariga mos keladi. Ayni vaqtda muhim va mashuliyatli ishlarda yoki 
yanada muhimroq va mashuliyatliroq ishlarda band bo’lgan yuqori malakali ishchilarga haq 
to’lashning 12-18-razryadlaridan kelib chiqib maoshlar belgilanishi mumkin. Qolgan xodimlar-
xizmatchilar, mutaxassislar, raxbarlarga 18-22-razryadlar bo’yicha tarif belgilanadi.
 
Tarif tizimining asosiy elementlariga, shuningdek, noqulay iqlimli mintaqalarda ishlaganlik 
uchun mintaqaviy koeffitsientlar va ish staji uchun ish haqiga ustama haq to’lashlar kiradi. 
Mintaqaviy koeffitsient korxona, tashkilotning qaerda joylashganligiga qarab ish haqini 
ko’paytirishning normativ ko’rsatkichidan iboratdir. U qaysi ish haqiga tatbiq etiladigan bo’lsa, 
o’sha bevosita ish haqiga belgilanadi. 
 
Ish haqini mintaqaviy tartibga solishning asosiy vazifasi mamlakatning barcha iqtisodiy 
mintaqalarida baravar mehnat uchun baravar real ish haqi to’lanishini ta’minlashdan iborat. 
Buning uchun bir xil malaqadagi xodimlarning ish haqi iqtisodiy mintaqalar bo’yicha farqlanishi 
lozim va bundan farqlar o’z-o’zidan emas, balki davlat tomonidan ongli va rejali ravishda 
belgilanishi kerak.
 
Mintaqa iqtisodiy-jugrofiy o’rnini baholashda uning yirik iqtisodiy markazlarga nisbatan 
o’rnini, xom ashyo, rekratsion imkoniyat manbalariga nisbatan o’rnini, mintaqaviy bozorlarga 
nisbatan o’rnini xisobga olgan xolda tabaqalarga ajratiladi. O’zbekistonda umuman Toshkent 
mintaqasi (Toshkent viloyat va Toshkent shaxri), Jizzax, Sirdaryo, Samarqand mintaqalari 
qulayroq iqtisodiy-jugrofiy o’rinni egallaydi. 
Agroiqlim omillari mintaqadagi qayta ishlash jarayonining barcha bosqichlariga faol ta’sir 
qiladi. Ayniqsa, agrar sektorning yer bo’yicha ixtisoslashuvida mazkur omillar roli juda katta 
bo’lib, bu hol o’z navbatida qishloq joylarda mehnat qilish uchun qulay yoki noqulay shart-
sharoitlar bilan bog’liqdir. Ana shu shart sharoitlardan kelib chiqgan holda Toshkent viloyatida 
oziq-ovqat ekinlari yetishtirishga, Navoiy viloyatida chorvachilik mahsuloti tayyorlashga
Surxondaryo viloyatida ingichka tolali paxta yetishtirishga ixtisoslashgan. 
Ekstremal iqlim sharoitidagi mintaqalarda (Surxondaryo viloyati, Qoraqalpogiston 
Respublikasi) mehnat qilish faoliyatining texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlari mo’htadil iqlimli zonalar 
(Fargona viloyati)dagiga nisbatan noqulayroqdir. 
Ish haqini tashkil etishda tabiiy-resurs imkoniyati foydali qazilma boyliklar mavjudligi, 
relefi, zilzilabardoshligi, yer-suv resursi kabilar ham muhim o’rin tutadi. Tabiiy omil ishlab 
chiqarish jugrofiyasi va qishloq xo’jalik hamda kon qazish soha mahsulotini iste’mol qilishning 
makoniy doirasini belgilab beradi. Tabiiy resurslarning o’rinlashuvi va ulardan foydalanuvchi 
ishlab chiqarish korxonalarining joylashuvi tabiiy omil xududiy hususiyati hamda bozor 
konhyunkturasiga va ish haqi koefitsientiga ta’sir qiladi. Tabiiy sharoit va resurslar boshqa 
mintaqalardan sarmoya (jumladan, xorijiy sarmoya)ni mulkni xususiylashtirish ishida qatnashish 
uchun qo’shimcha ravishda jalb qilishda yordam berishi yoki aksincha, mintaqa korxonalari va 
aholisidagi naqd mablaglarning xo’jalik faoliyati yuritish uchun qulayroq boshqa xududlarga 
ko’chib o’tishini ragbatlantirishi mumkin bo’ladi va bu ham shu xududda faoliyat ko’rsatadigan 
xodimlar daromadiga ta’sir etadi. 


Resurs imkoniyati darajasiga ko’ra mintaqalar orasida Buxoro, Navoiy, Toshkent va 
Qashqadaryo viloyatlari ajralib turadi. Navoiy va Jizzax viloyatlarida esa ekin maydonlari va suv 
resurslari ancha taqchildir. 
Iqtisodiy saloxiyat xududda mavjud bo’lgan barcha resurslar majmuini ishga solgan 
paytdagi mintaqa zahiralari hamda imkoniyatlari bilan tavsiflanadi. Iqtisodiy isloxotlar jarayoni 
va natijalariga iqtisodiy imkoniyatning asosiy tarkibiy qismlari: ishlab chiqarish, infratuzilma
jumladan, bozor infratuzilmasi, ilmiy-texnik xodimlar, eksport, rekreatsion imkoniyatlar, 
mintaqalararo va ichki mintaqaviy o’zaro hamkorlik imkoniyati kuchli ta’sir ko’rsatadi. 
Iqtisodiy imkoniyat darajasini o’lchashda ham kompleks tahlil, ham ekspert baholash 
uslublari qo’llanishi zarur. Mintaqalar tipologiyasi iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot darajasini 
baholashning muhim vositasidir. O’zbekiston mintqalapining iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot 
darajasiga ko’ra mintaqalarni guruhlarga ajratish uslubi bu o’rinda muayyan qiziqish uygotadi: 
I guruh (
yuqori daraja
): Toshkent shaxri, Toshkent,

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə