Shaxsning umri misolida bu uning go‘daklik, o‘smirlik, yoshlik, o‘rta yoshlik, qarilik davrlarida
namoyon bo’ladi. Undan tashqari insonma'lumot olishi, oila qurishi, hunar o‘rganishi, kasb egallashi orqali
ijtimoiy o’zaruvchanlikka uchraydi va uning jamiyatdagi o‘rni - statusi o‘zgarib boradi. O‘quvchi, talaba,
muhandis, nafaqaxo‘r kabi.
Jamiyat misolida bu undagi insonlar hayotida ro’y beruvchi ijtimoiy o‘zgaruvchanlik jarayoni orqali
namoyon bo’ladi. Sinflarning paydo bo‘lishi, sinflarning bir ko‘rinishdan ikkinchi bir ko‘rinishga o‘tishi,
jamiyat sinfiy strukturasining o’zgarishi,jamiyat ishlab chiqarish kuchlari joylashuvining o’zgarishi, fan,
texnika, madaniyat va sa'nat taraqqiyotida o‘z aksini topadi. Masalan,
qul, dehqon, ishchi, sovxozchi,
pomeshchik, kapitalist, fermer.
«Sotsial mobillik» termini sotsiologiyaga P.Sorokin tomonidan 1927 yilda kiritilgan.Mobillik
inglizcha“mobilite” so’zidan olingan bo’lib,
«ko‘chish», «safarbarlik» ma'nosini anglatadi. P.Sorokin o’z
nazariyasida sotsial mobillikni ikki turga ajratgan: vertikal va gorizontal sotsial mobillik.
Gorizontal mobillik individning bir sotsial qatlamdan shu darajada joylashgan boshqa qatlamga o‘tishini
anglatadi.Mobillikning bu turi yashash joyini o’zgartirish, boshqa diniy guruhga o’tish kabilarda namoyon
bo’ladi.Vertikal sotsial mobillik bir stratadan boshqasiga o‘tishni, ya’ni hayoti davomida insonning yuqori
statusni quyiga, quyi statusni yuqori darajadagisiga almashtirishni nazarda tutadi. Masalan, oddiy ishchining
korxona prezidenti darajasiga ko‘tarilishi yoki teskari jarayon.
Vertikal mobillik o‘z o‘rnida yuqoriga va pastga yo‘naltirilgan bo‘ladi.Yuqoriga yo‘naltirilgan
sotsial
ko‘tarilish,yuqoriga harakatni,pastga yo‘naltirilgani -sotsial tushish,pastga harakatni anglatadi.
Shunga ko‘ra, P.Sorokin ko‘tariluvchi sotsial mobillik va quyiga yo‘naltirilgan sotsial mobillik
tushunchalarini ham kiritgan. Sotsial ierarxiya bo‘yicha yuqoriga ko‘tarilish
ijtimoiy ko‘tarilish nomi bilan
atalgan. Uning aksi esa
sotsial tushish nomi bilan yuritiladi.
Sotsial mobillik boshqa shaxs
va guruh nuqtai nazaridanindividual va guruhiy mobillik
119
turlariga
ajratiladi.
Individual mobillik-individning boshqalarga bog‘liq bo‘lmagan holda gorizontal yoki vertikal chiziq
bo‘yicha yuqoriga va pastga ko‘chishidir.
Guruhiy mobillikda ko‘chishlar guruhiy,kollektiv holda sodir bo‘ladi,u
yoki bu strataning sotsial
mavqe’i o‘zgaradi.P.Sorokinning fikricha, guruhiy mobillikning sababi sifatida quyidagi holatlar namoyon
bo’ladi:
- sotsialistik revolyusiyalar
- chet el intervensiyasi,
bostirib kirishi
- davlatlararo urushlar
- fuqarolik urushlarti
- harbiy to’ntarishlar
- siyosiy rejimlarning o’zgarishi
Dostları ilə paylaş: