etadi va gender tengligining uch vazifasini o’z ichiga oladi: 1) savodlilik darajasi; 2) noqishloq
xo’jalik mehnati bilan band bo’lgan xotin-qizlar ulushi; 3) milliy parlamentda ayol-deputatlar
ulushi.
Ijtimoiy tengsizlikning sababi nimada? Buning sababi bitta:
aholining turli toifalari
ijtimoiy ahamiyatga molik ne’matlar, taqchil resurslardan bahramand bo’lishda teng
imkoniyatga ega emasligi. Ammo jamiyat tarixida ijtimoiy tengsizlikning namoyon bo’lish
shakllari har xil bo’lgan. Ijtimoiy struktura urug’doshlik va nikoh bilan ayniylashtirilgan
ibtidoiy jamiyatlarda ijtimoiy tengsizlik mavjud bo’lmagan.
Umuman olganda, ijtimoiy strukturaning tadrijiy rivojlanish yo’lini quyidagicha
tavsiflash mumkin. Jamiyat rivojlanish jarayonining dastlabki bosqichlarida ijtimoiy struktura
shaxslararo munosabatlar bilan bog’lanadi, shu tufayli ham davlat yo’q, sirtdan majburlash,
huquq va shu kabilarga zarurat mavjud emas. Aloqalarning barqarorligi
jamoatchilik fikri
yordamida ta’minlanadi. Keyinchalik (aholi sonining o’sishiga, mehnat taqsimoti va ijtimoiy
stratifikatsiya paydo bo’lishiga qarab) ijtimoiy munosabatlarning barqarorligini quvvatlash
uchun shaxslararo o’zaro aloqalar tizimining o’zi kifoya qilmaydi. SHu bois turli ijtimoiy
tuzilmalar va institutlar paydo bo’ladi va asosiy barqarorlashtiruvchi omillarga aylanadi.
Hozirgi zamon jamiyatida kuchli ijtimoiy-sinfiy bo’linish mavjud emas,
jamiyat amalda
bo’rtib namoyon bo’luvchi imkoniyatlar tengligi bilan tavsiflanadi.
Har qanday jamiyatning, shu jumladan uning ijtimoiy strukturasining barqarorligi
Dostları ilə paylaş: