7-Mavzu: Boshlang‘ich sinf matematikadan darsdan tashqari mashg‘ulotlarni tashkil etish



Yüklə 0,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/16
tarix29.01.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#99660
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
7-Maruza (1)

1-
 
boshlovchi: 
Bilasizmi, matematika fani bizga mantiqan fikrlashni 
o‘rgatadi, shu bilan birga, tafakkurimizni boyitadi. 
2-
 
boshlovchi: 
— Keling, davradagi tengdoshlarimizga mantiqan fikrlashga
undaydigan topshiriqlar bilan murojaat qilamiz. 
1.
Umidjon quyonchalarning inida 12 juft quloqchalarni sanadi. 
Umidjonning quyonchalari nechta? 
2.
10ta uyning lampochkasi yonib turgan edi. 2 juft uyning lampochkasi o‘chib 
qoldi. Nechta uyda lampochka yoqilgan turibdi? 


3.
Rassom 20 nafar o‘g‘il bolaning rasmini chizish uchun nechta ko‘z, quloq,
qo‘l va oyoq chizishi kerak? Hammasi qancha bo‘ldi? 
4.
Marjona hozir 5 yoshda, 4 fasl o‘tgandan so‘ng u necha yoshga to‘ladi? 
5.
Sevara 12 yoshga to‘lgach, yana necha oydan so‘ng 15 yoshga to‘lishini 
hisoblab topdi. Sevara necha oydan so‘ng 15 yoshga to‘ladi? 
6.
Fotima 12 oydan so‘ng 10 yoshga to‘ladi, Zuhra ham 12 oydan so‘ng 10 
yoshga to‘ladi. Opa-singillarning ikkalasi necha oydan so‘ng 10 yoshga to‘ladi? 
7.
Madinaga oyisi 3 metr atlasdan chiroyli ko‘ylak tikib berdi. Oyisi 3 metr 
shoyidan Madinaga nechta ko‘ylak tikib bera oladi? 
8.
Dilshoda roppa-rosa 56 kundan so‘ng imtihon topshiradi. Imtihonga necha 
hafta qoldi? 
9.
Said bug‘doyni 3 soatda, arpani 120 minutda o‘rib bo‘ldi. Said hammasini 
necha soatda o‘rib bo‘ldi? 
10.
Eshik oldida 24ta oyoq kiyim bor. Uyda nechta mehmon borligini 
aniqlang. 
1-
 
boshlovchi: 
— Hayotimizda uchraydigan har bir predmet, har bir narsa biz 
matematika fanida tanishgan geometrik shakllardan tashkil topgan. 
2-
 
boshlovchi: 
— Keling, unda navbatni geometrik shakllarga beraylik. Ular 
sahnamizga tashrif buyurishibdi. 

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə