Gorizontal, vertikal,
Bunda barcha so‘z noyob.
6- o‘quvchi:
Birlar, o‘nlar va yuzlar,
Ko‘p xonali sonlar bil.
Sodda, qiyin masala,
Yechishga to‘pla aql.
7-
o‘quvchi:
Hisob-kitobni bilsang,
Barcha yo‘l senga ochiq.
Hayotda qoqilmaysan
G‘oliblik senga tortiq!
1-
boshlovchi:
— Matematika faniga kim asos solganini bilasizmi?
2-
boshlovchi:
— Ha, albatta, matematika
faniga buyuk bobomiz,
qomusiy
olim Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy asos solgan.
1-
boshlovchi:
— Al-Xorazmiy 783- yilda Xorazmda tug‘ilgan,
jahonga
tatigulik
olamshumul asarlar yaratib, butun umrini ilm-u fanga bag‘ishlab, 850-
yilda vafot etgan.
2-
boshlovchi:
— Bir necha asrlardan buyon saqlanayotgan ma’lumotlarga
ko‘ra, bobomiz bolalikdan o‘tkir zehnli bo‘lgan ekan. Yoshligidan O‘rta Osiyoning
ko‘pgina shaharlarida bo‘lib, ularning tarixi, geografiyasini yaxshi o‘rgangan.
1-
boshlovchi:
— Bag‘dodga kelib, bu yerda tashkil etilgan «Baytul-hikma»
nomli ilm o‘chog‘ida olimlar bilan ko‘plab
ilmiy kashfiyotlar qilib,
buyuk olim
bo‘lib yetishgan.
2-
boshlovchi:
— Demak, biz ana shunday buyuk
daholarga munosib avlod
bo‘lishimiz lozim.
(Shu payt sahnaga al-Xorazmiy qiyofasiga monand o‘quvchi tashrif buyuradi).
Dostları ilə paylaş: