7-Mavzu: Boshlang‘ich sinf matematikadan darsdan tashqari mashg‘ulotlarni tashkil etish


o‘quvchi:  Raqamni bir-bir sanab,  O‘rgan amal tartibin.  Qiziqarli ifoda  Va tenglamalar tuzgin. 4- o‘quvchi



Yüklə 0,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/16
tarix29.01.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#99660
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
7-Maruza (1)

o‘quvchi: 
Raqamni bir-bir sanab, 
O‘rgan amal tartibin. 
Qiziqarli ifoda 
Va tenglamalar tuzgin.
4- o‘quvchi: 
Ko‘paytirish jadvalin
Ikkilanmasdan yodla,
O‘lchov birliklarini
Yoddan aytgin baralla. 
5- o‘quvchi: 
Chizgin chiziq va kesma,
Perimetr, yuza top. 


Gorizontal, vertikal,
Bunda barcha so‘z noyob. 
6- o‘quvchi: 
Birlar, o‘nlar va yuzlar,
Ko‘p xonali sonlar bil.
Sodda, qiyin masala,
Yechishga to‘pla aql. 
7-
 
o‘quvchi: 
Hisob-kitobni bilsang,
Barcha yo‘l senga ochiq. 
Hayotda qoqilmaysan
G‘oliblik senga tortiq! 
1-
 
boshlovchi: 
— Matematika faniga kim asos solganini bilasizmi? 
2-
 
boshlovchi: 
— Ha, albatta, matematika faniga buyuk bobomiz, qomusiy 
olim Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy asos solgan. 
1-
 
boshlovchi: 
— Al-Xorazmiy 783- yilda Xorazmda tug‘ilgan, jahonga 
tatigulik olamshumul asarlar yaratib, butun umrini ilm-u fanga bag‘ishlab, 850- 
yilda vafot etgan. 
2-
 
boshlovchi: 
— Bir necha asrlardan buyon saqlanayotgan ma’lumotlarga 
ko‘ra, bobomiz bolalikdan o‘tkir zehnli bo‘lgan ekan. Yoshligidan O‘rta Osiyoning 
ko‘pgina shaharlarida bo‘lib, ularning tarixi, geografiyasini yaxshi o‘rgangan. 
1-
 
boshlovchi: 
— Bag‘dodga kelib, bu yerda tashkil etilgan «Baytul-hikma» 
nomli ilm o‘chog‘ida olimlar bilan ko‘plab ilmiy kashfiyotlar qilib, buyuk olim 
bo‘lib yetishgan. 
2-
 
boshlovchi: 
— Demak, biz ana shunday buyuk daholarga munosib avlod 
bo‘lishimiz lozim. 
(Shu payt sahnaga al-Xorazmiy qiyofasiga monand o‘quvchi tashrif buyuradi). 

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə