7-Mavzu: Boshlang‘ich sinf matematikadan darsdan tashqari mashg‘ulotlarni tashkil etish


III – IV sinf o‘quvchilari bilan o‘tkaziladigan matematik viktorina



Yüklə 0,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/16
tarix29.01.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#99660
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
7-Maruza (1)

III – IV sinf o‘quvchilari bilan o‘tkaziladigan matematik viktorina 
namunalari. 
1.
Agar yangi eramiz boshidan kerosin lampasi ishlatila boshlangan yilgacha 
to‘la 1844 yil o‘tgan bo‘lsa, kerosin lampasi birinchi marta qachon ishlatildi ? 
( Javob : 1945 yil. ) 
2.
Ming sonini beshta 9 raqami va amal ishoralari yordamida yoza olasizmi? 
Oltita uchlik bilan – chi? Yettita birlik bilan – chi? Sakkizta sakkizlik bilan – chi? 
Uchta o‘n soni bilan – chi? 
Javob : 1 ) 999 + 9 : 9 = 1000 
2 ) 333 x 3 + 3 : 3 = 1000 
3 )111 – 111 = 1000 
4 ) 888 + 88 + 8 + 8 + 8 = 1000 
5 ) 10 x10x10 = 1000 ; 
3.
Agar eramiz boshidan Erning birinchi sun’iy yo‘ldoshi uchirilgan kungacha 
to‘la 1965 yil, to‘qqiz oy va uch kun o‘tgan bo‘lsa, u qachon uchirilgan? 
( Javob : 4 oktabr 1957 yil. ) 
4.
Bir sutkada soatning minut strelkasi soat strelkasi ustidan necha marta o‘tadi 

( Javob : 22 marta, chunki sutkaning boshida va oxirida minut strelkasi soat 
strelkasining ustidan o‘tmaydi. ) 
5.
Uchta beshlik yordamida nol yozing . [ Javob : ( 5- 5 ) x 5. ] 
6.
Agar soat har yarim soatda jaranglaydigan bo‘lsa, u sutkasiga necha marta 
jaranglaydi? 
7.
Eng katta olti xonali son, eng katta uch xonali sondan necha marta katta ? ( 
1001 marta ) 
8.
Onta idishda baliqlar suzib yurishibdi . Agar birinchi idishdan bitta baliq olib 
ikkinchi idishga solinsa , u holda baliqlar har ikkala idishda baravar bo‘ladi. Agar 


ikkinchi idishdan bitta baliq olib ikkinchisiga solinsa, u holda birinchi idishdagi 
baliq ikkinchisidagidan ikki marta ortiq bo‘ladi. Har qaysi idishda nechata baliq bor 
? ( 7 ; 5 ) 
9.
140 sonini shunday ikki qo‘shiluvchiga ajratingki, birinchisini sakkizga 
bo‘lib, ikkinchisini 12 ga bo‘lsak bo‘linmalar o‘zaro teng bo‘lsin. ( Javob : 56 , 84 ) 
10.
Tomonlari teng, lekin burchaklari teng bo‘lmagan to‘rtburchak bo‘lishi 
mumkinmi? 
( Javob: romb, burchaklaridan ikkitasi o‘tmas, ikkitasi o‘tkir bo‘ladi.) 
11.
Ikki sinfda 82 o‘quvchi bor, birida ikkinchisidan 8 o‘quvchi ortiq. Har bir 
sinfda necha o‘quvchi bor ? ( Javob: 37 o‘quvchi va 45 o‘quvchi.) 
12.
Agar soat har yarim soatda jiringlaydigan bo‘lsa, u sutkasiga necha marta 
jiringlaydi ? ( Javob: 48 marta.) 
13.
Buvasi 56 yoshda, nabirasi esa 14 yoshda. Buvasi naberasidan necha yildan 
keyin ikki marta katta bo‘ladi ? ( Javob: 28 yildan keyin.) 
O‘quvchilar viktorinaning savollarga qaysi biri ko‘p, to‘g‘ri va aniq javob 
bersa, unga mukofot yoki matematika kechasidagi viktorinada birinchi o‘rinni 
olganligi uchun “ Taqdirnoma” topshirish kerak. 
Matematik viktorinaga doir savol va masalalar yengil va qiyin mashqlardan 
iborat bo‘lishi kerak.Buning bilan biz kechadagi yaxshi va bo‘shroq o‘qiydigan 
o‘quvchilarni qiziqtira olamiz. Chunki yengilroq savollarga ham hamma o‘quvchilar 
javob bera oladi.Unga javob bergan o‘quvchilar qiyin savol va masalalarni 
yechishda qo‘rqmasdan o‘z bilimini sinaydi. 
Kechaning qiziqarli va jonli o‘tishi uchun turli sinf o‘quvchilari yakka-yakka 
va jamoa bo‘lib tez – tez chiqib tursalar hamda mavzular bayoni bir - biridan 
boshqacha bo‘lsa,qatnashuvchilarda zo‘r qiziqish vijudga keladi. Dasturning asosiy 
qismi “ Kim tezroq topadi “ tipdagi matematik o‘yinlar bo‘lishi kerak. Sahnaga bir 
sinfning o‘quvchilari chiqishadi. Ular ikki qator bo‘lib turadilar.Har bir qatorning 
boshida o‘zining rahbari bo‘ladi.O‘yin shunday o‘tadi: bir guruh ikkinchisiga 
misollar ,masalalar , topishmoqlar, qiyin masalalar, viktorina va boshqalar beradi. 
Javoblar qarshi tomonning nomma – nom chaqirishi bo‘yicha beriladi. Misol yoki 


masalalarga javob bera olmagan o‘quvchi o‘yindan chiqadi va o‘z o‘rtoqlaridan 
birining orqasiga o‘tib turadi. O‘yinda yutganlarning soniga qarab qaysi guruhning 
yutgani aniqlanadi. 
Sinflar o‘rtasida guruh musobaqalari o‘tkazish mumkin. Bularning har bir 
guruhiga bir necha bir xil masala va vazifa topshiriladi. Qaysi guruh tez va to‘g‘ri 
ishlasa, shu guruh yutib chiqadi. Matematik o‘yinlar o‘tkazilayotgan vaqtda she’riy 
masalalar, namoyishlar va boshqalar bilan alohida chiqishlar tavsiya etiladi. Bularni 
yechishda ishtirok etuvchilar hammasi qatnashadi. 
Qatnashuvchi o‘quvchilar sahnaga chiqib tomoshabinlarga dasturlarini 
ko‘rsatadilar. Kecha dasturiga doiraviy o‘yinlar kiritilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
Masalan: “ Yarimtalab 100 gacha sanash “, “ Ilon izi hisoblash “ va boshqalar. 
Og‘zaki diktant mashqlari o‘tkazish mumkin. Quyidagiga o‘xshash qiziqarli 
masalalar yechish mumkin. 
1.
Tomda 6 ta chumchuq qo‘nib turgan edi. Ular yoniga yana 5 ta chumchuq 
kelib qo‘shildi. Shu vaqtda mushuk bir sakrab bitta chumchuqni tutib oldi. Nechta 
chumchuq qoldi ? ( Bitta ham qolmadi.) 
2.
Million betli kitobdan nechtasini ko‘tara olasiz ? ( Bittasini ham ko‘tarish 
mumkin emas. Chunki 200 betli kitobning qalinligi bir santimetr bo‘lsa: 1000000 
bet: 200 bet = 5000 sm = 50 metr bo‘ladi, ya’ni 50 m qalinlikdagi kitobni ko‘tarish 
mumkin emas.) 
3.
Bir kvadrat kilometr necha kvadrat metr bo‘ladi ? ( Javob: 1 kv km = 1 000 
000 kv m.) 
4.
Bir tarelkada to‘rtta konfet bor. Bu konfetlarni Ahmad, Vali, Erkin va 
Ozodaga sindirmasdan bittadan bering. Tarelkada ham bitta konfet qolsin. ( Oxirgi 
o‘quvchiga konfetni tarelkasi bilan beramiz.) 
5.
Bir gala g‘oz uchayotir: bir g‘oz oldinda, ikkitasi esa keyinda; bir g‘oz 
keyinda ikki g‘oz esa oldinda; bir g‘oz ikki g‘oz orasida; uch g‘oz bir qatorda. 
Hammasi qancha g‘oz ? 
( Javob: 3 ta va hokazo.) 
Bolalarning yoshlari va o‘qiydigan sinflari bir – biriga qanchalik yaqin bo‘lsa, 


kecha o‘quvchilarga shunchalik ko‘p foydali bo‘ladi. Agar ikkita bir xil sinflar 
bo‘lsa, kechada sinflar qo‘shib o‘tkazilsa ham bo‘ladi. Kechaga doir maxsus 
matematik gazeta chiqarib, undagi masalalardan bir nechtasini kim to‘g‘ri yechgan 
bo‘lsa, ularga mukofot berib o‘quvchilarni qiziqtirish kerak. Xuddi shunday maxsus 
tayyorlangan jadvallar, diagrammalar, sxemalar savollariga to‘g‘ri javob topgan 
o‘quvchilarni ham qiziqtirish mumkin. Kechani boshlashdan oldin maktab zalini 
matematikaga doir plakatlar, shiorlar, jadvallar, matematik devoriy gazeta, ulug‘ 
matematiklarning rasmlari va boshqalar bilan bezatish mumkin. Kecha orasida 
matematik viktorina o‘tkazish maqsadga muvofiq.dir. Keyingi vaqtlarda matematik 
kechalardagi yangilik – “ Qiziqarli matematik o‘yin”ni o‘tkazishdir. Buning uchun 
o‘qituvchi oldindan tayyorlangan tangalarni o‘quvchilarga tarqatadi. Bu bilan 
o‘quvchilarning bir qismiga masalaning yoki misolning sharti berilsa, ikkinchi 
qismiga shu topshiriqning yechimi tarqatiladi. Tanganing har bir kartondan kesilgan 
qandaydir bir geometrik figura ( kvadrat, uchburchak, tog‘ri to‘rtburchak va hokazo. 
) bo‘lib, ustida yuqoridagilar yozilgan bo‘ladi. Kecha davomida o‘quvchilar bir – 
birini topib, ya’ni topshiriq va uning javobini topib, hakamga murojaat qiladilar. 
Kechada o‘quvchilar “ Kalendar va uning tuzilishi “, “ Odamlar hisoblashni qanday 
o‘rgandilar “, “ O‘lchovlarning metr sistemasi “ va boshqa mavzular yuzasidan 
qisqacha ma’ruzalar o‘tkazishlari zarur. Bulardan tashqari sinf cho‘ti yordamida “ 
Kim tez hisoblaydi?” degan o‘yinlar o‘tkazish mumkin. Bunday mashg‘ulotlar 
o‘tkazish natijasida o‘quvchilar olgan bilimlarini mustahkamlagan va matematika 
faniga qiziqishini oshirgan bo‘lamiz. Buni tajribali o‘qituvchilar o‘z ishlarida 
qo‘llab isbotlaganlar. 

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə