7-Mavzu: Boshlang‘ich sinf matematikadan darsdan tashqari mashg‘ulotlarni tashkil etish



Yüklə 0,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/16
tarix29.01.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#99660
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
7-Maruza (1)

Bilimlarni nazorat qilish turlari 
Bilimlarni nazorat qilishning quyidagi turlari mavjud: 
1)
Joriy ( kundalik) nazorat. 
2)
Oraliq ( tematik) nazorat . 
3)
Yakuniy ( davriy ) nazorat. 
Joriy nazorat qilishda bilimlarni har bir sinf uchun mo‘ljallangan darslik va 
dastur bo‘yicha olib boriladi. Har bir darsda o‘tilgan mavzuni o‘zlashtirish sifatini 
aniqlaydi va har bir darsda daftardagi uy vazifasini, o‘tilgan mavzuni 
o‘zlashtirilganini tekshiradi va baholaydi. 
Joriy nazoratning asosiy metodi uy vazifasini tekshirish va ular bilan savol-
javob o‘tkazishdir. O‘qituvchi darsda nimani va kimdan so‘rashligini rejalashtirib 
kelishi zarur. O‘qituvchi har bir darsda ilgari o‘tilgan materialdan foydalanadi, 
chunki har bir yangi tushuncha ilgari o‘rganilgan bilimlar asosida tushuntiriladi. 
Joriy nazorat o‘tilgan materialni qayta eslashga imkon beradi, yangi material bilan 
ilgari o‘rganilgan material o‘rtasidagi uzviy bog‘lanishni vujudga keltiradi. 
O‘qituvchi har bir darsni rejalashtirayotganda joriy nazoratning quyidagi uch xil 
ko‘rinishini e’tiborga olishi kerak: 
a)
o‘tgan darsning materialini so‘rash ; 
b)
ilgari o‘tilgan bo‘lib, hozir o‘tiladigan darsga bevosita bog‘liq bo‘lgan 
materialni so‘rash; 
v) darsda tushuntirilgan materialni mustahkamlash maqsadida so‘rash. 
O‘qituvchi darsga tayyorlanganda har uchchala tur nazorat uchun ham savollar 
majmuasini tuzib kelishi zarur. 
2)
Oraliq (tematik nazorat). 
O‘quv dasturidagi asosiy tushunchalar darslar tizimi orqali o‘tib bo‘lgandan 
keyin, yoki darslikdagi biror bob tugagandan keyin oraliq nazorat o‘tkaziladi. Oraliq 


nazorat uchun maxsus uquv, malaka va ko‘nikmalarni nazorat qilish darsi 
o‘tkaziladi, u o‘qituvchining ish rejasida ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. 
Har bir bobda o‘zlashtirilgan tushunchalar keyingi o‘quv ishini muvaffaqiyatli 
olib borish uchun zarurdir. Shu sababdan oraliq nazorat darsini o‘tkazishga oldingi 
bobdagi asosiy tushunchalarni takrorlash, kamchiliklarni to‘g‘rilash zarurati 
tug‘iladi. 
So‘rash rejasiga o‘qituvchi savollar majmuasini tuzadi, misol, masalalarni 
yechishni aniqlaydi. Natijada oldingi o‘tilgan o‘quv materialining qaysi savollarini 
yaxshi, qaysi savollarini yomon o‘zlashtirilganligi aniqlanadi. Yomon 
o‘zlashtirilgan savollarga aniqlik kiritiladi, qayta takrorlanadi. O‘quvchilar bilimiga 
yarasha baholanadi. 
Masalan, 2-sinfda «20 ichida sonlarni qo‘shish va ayirish» bobidan keyin oraliq 
nazorat o‘tkaziladi. 
Yakuniy nazorat 
Bu nazorat chorak, yarim yil, yil oxirilarida o‘tkazilib, unga ham maxsus 
«O‘quvchilar bilim, malaka va ko‘nikmalarini tekshirish» darsi ajratiladi. Shu vaqt 
davomida olgan bilimlar yuzasidan savollar tuziladi, yozma ish o‘tkaziladi va 
baholanadi. 
Yakuniy nazoratda olgan ballarini to‘plash va uni baholashda o‘qituvchi 
maxsus daftarida quyidagicha qaydnoma yuritsa yaxshi bo‘ladi. 
Ismi va familiyasiuy vazifasi Doskadagi javobi Partadagi javobi daftar ahvoli 
Mustaqil ishumumiy baho 
1.
Alimov U 455555 
2.
Akbarov K 333323 
Baholash va baho me’yorlari 
O‘quvchilarning bilimi va malakalaridagi asosiy kamchiliklarining hisobga 
olib borilishi o‘qituvchiga o‘zi yo‘l qo‘ygan kamchiliklarni bilishga va 
o‘quvchilarning yutuq va kamchiliklarini aniqlashga katta yordam beradi. 
O‘quvchilar bilimi, malakasi, ko‘nikmasini tekshirish har doim baholash bilan olib 
boriladi. 


O‘qituvchi qo‘ygan baho o‘quvchilar o‘z-o‘ziga beradigan baho bilan bir xil 
bo‘lgandagina eng ko‘p samara beradi. O‘quvchilarning bilimini tizimli baholash
ularning yutuq va kamchiliklarini xarakterlash o‘qituvchiga sinfdagi mavjud 
o‘zlashtirish vaziyatini aniqlashga olib keladi. 
O‘quvchilarning o‘zlashtirishini xarakterlash uchun baho ham zarurdir. 
Chunki, o‘quvchi qancha ko‘p baholansa, shunchalik ko‘p tayyorlanishga, uy 
vazifasini bajarishga intiladi, doimo dars uchun sergak bo‘lib turadi. 
Hozirgi paytda baho normalari 100 ballik bo‘lib, uni 5 ballikka aylantirish 
orqali amalga oshirilmoqda. 
«2» baho «55» ballgacha. 
«3» baho «55-70» ball. 
«4» baho «71-85» ball. 
«5» baho «86-100» ballar orasida qo‘yiladi. 



Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə