8-Mavzu: Fan-ilmiy bilimlar tizimi Reja


Fan va falsafaning mutanosibligi



Yüklə 35,76 Kb.
səhifə3/4
tarix23.05.2022
ölçüsü35,76 Kb.
#87786
1   2   3   4
8-mavzu Fan-ilmiy bilimlar tizimi

Fan va falsafaning mutanosibligi. Ayni shu hol falsafa bilan ham, undan muayyan fanlar ilgari falsafiy tusga ega bo‘lgan tadqiqot predmetlari bilan ajralib chiqqanida yuz berishini taxmin qilish o‘rinli bo‘ladi. Biroq, bunday hol yuz berayotgani yo‘q. Tarix fan falsafadan qancha ko‘proq ajralsa, unda shuncha ko‘proq masala va muammolar paydo bo‘lishini, ya'ni falsafa nafaqat kamaymasligi, balki, aksincha, ko‘payishini ko‘rsatadi. Buning sababi nimada? Bu savolga javobni fan va falsafaning o‘ziga xos xususiyatlaridan, ularni alohida-alohida tavsiflovchi masalalar va ularning yechimlari o‘rtasidagi tafovutdan qidirish, o‘rinli bo‘ladi.
Fan faqat o‘zi olgan haqqoniy bilimlarga va masalalarni yopuvchi muayyan natijalarga tayanishi unda o‘z muammolari va «ochiq» masalalari mavjud emasligini anglatmaydi. Biroq aniq, shak-shubhasiz javoblarga ega bo‘lmagan falsafiy masalalardan farqli o‘laroq, ilmiy masalalar bilimdonlik qilishni emas, balki puxta o‘ylashni talab qiladi, zero ular pirovardida dastlabki taxminlarni rad etuvchi yoki ishonchli bilimlar doirasini kengaytirib tasdiqlovchi muayyan yechimlar olish real yoki potensial imkoniyatiga egadir.
Shu tariqa vujudga keladigan ilmiy fanlar qaynayotgan suvdagi ko‘piklar kabi kattalashib, falsafiy mushohada yuritish jabhasini, anglab yetilgan narsalar anglanmagan narsalar bilan yuzma-yuz keluvchi sohani ham kengaytiradi, chunki tabiatshunoslik doirasida javob berishning iloji bo‘lmagan yangi masalalarni yuzaga keltiradi.
Bugungi kunda eski falsafiy muammolardan yangi falsafiy jumboqlar sari o‘tilmoqda. «Xudo bormi?», «Haqiqat nima?», «Ruhning tabiati qanday?» qabilidagi falsafiy masalalarni aniq va uzil-kesil yechish mumkin emas, balki ularni yechishning umuman iloji yo‘qdir, Shu bois bu savollar ham javobsiz qolmoqda.
Nima uchun «balki»? kabi savollar shuning uchunki, qadimda donishmandlarni bugungi kun nuqtai nazaridan mutlaqo falsafiy bo‘lmagan va tom ma'noda falsafiy sanalgan masalalar qiziqtirgan. Misol uchun: «Yulduzlar kunduzi, quyosh esa – tunda qaerga yo‘qoladi?», «Nima uchun ayrim jismlar suvda cho‘kadi, ba'zi jismlar esa suvda suzadi?», «Chopqir Axilles sudralib borayotgan toshbaqaga qanday yetishi mumkin, basharti har safar ularning o‘rtasidagi masofani bosib o‘tish uchun u mazkur masofaning teng yarmidan o‘tishi lozim bo‘lsa?» va h.k. va sh.k.
Biroq bu va shunga o‘xshash masalalar falsafadan tabiatshunoslik sohasiga o‘tgach, ko‘pincha yangi va yangi falsafiy muammolarni yuzaga keltiradi. Masalan:

  • yer va boshqa sayyoralarni, ayni bir yo‘nalishda aylantirgan kuch qaerda?

  • Agar bizning quyoshimiz o‘rtacha kattalikdagi yulduz bo‘lsa, unga o‘xshagan milliardlab yulduzlarning hyech bo‘lmasa ayrimlari bizning yerimizdagiga o‘xshash hayot mavjud bo‘lgan yo‘ldoshlarga ega bo‘lishi mumkinmi? Biroq inson hatto eng yaqin yulduzlarga yetishi uchun nafaqat inson hayoti, balki uning sivilizatsiyasi tarixidan ham ko‘proq vaqt talab etilar ekan, buni qanday qilib isbotlash yoki rad etish mumkin?

  • Nihoyat, biz kuzata oladigan olam kengayib borayotgan bo‘lsa, bu harakat zamirida qanday sabablar va kuchlar yotadi?

Bu va boshqa ko‘pgina shunga o‘xshash muammolar odamlarni falsafaga qayta va qayta murojaat etishga majbur qiladi, chunki fan hozircha bunday savollarga aniq javob berishga qodir emas. Aksildunyolar va aksilgravitatsiya, qora materiya va qora energiya, boshqa makon va vaqt o‘lchovlaridagi dunyolar haqidagi har xil falsafiy g‘oyalarning mavjudligi ayni shu hol bilan izohlanadi.
Shunga qaramay, fan va falsafaning roliga baho berishda ayrim qarama-qarshiliklar mavjud. Xususan, ba'zi bir ilmiy va falsafiy davralarda fanning roli va ahamiyatini mutlaqlashtiruvchi yondashuv mavjud bo‘lib, u «ijobiy», «foydali» bilim sifatida fanni «mavhum» va «tajribaga asoslanmagan» falsafaga qarshi qo‘yadi. Bunday qarashlar ssientistik deb, nazariy tafakkur yo‘nalishi esa – ssientizm (lot. scientia va ingl. science – fan, bilim) deb ataladi. Csientizm fan texnika taraqqiyotining ijobiy jihatlarini mutlaqlashtiradi. Antissientizm falsafiy bilishni ilmiy bilishdan ajratadi, uni ilmiy bilish bilan muvofiq emas, deb e'lon qiladi, u oqilonalikni kamsitadi va mistika, intuitsiya, iroda va shu kabilarni mutlaqlashtiradi.
Hozirgi zamon sivilizatsiyasi sanoat va texnika taraqqiyoti bilan bog‘liqdir. Uni industrial sivilizatsiya yoki texnogen jamiyati deb atalmoqda
Hozirgi jamiyat mavjud adabiyotlarda texnogen olam industrial sivilizatsiya deb ham yuritilyapti. U an'anaviy, yovvoyi ( podachilik) jamiyatdan farqlanadi va kelgusi jamiyat manzarasini quyidagi izchilllikda tasavvur qilish imkonini beradi: industrial post industrial ekologik jamiyat.
Texnogen olam, sivilizatsiya bevosita «fan », «texnika», «ratsiaonallik» singari tushunchalar bilan bog‘liqdir. Ayniqsa, fan va texnika ijtimoiy hayotning barcha sohalariga, inson faoliyatiga kirib bormoqda. Fan va texnikani falsafiy idrok etishning ahamiyati kuchaymoqda. Falsafaning «texnika falsafasi», «fan falsafasi» singari nisbatan mustaqil sohalari tez rivojlanmoqsa.
Fan va texnika elementlari garchi antik davrda vujudga kelgan bo‘lsa-da, unga falsafiy baho berish XX asrda tubdan o‘zgardi. Yunonistonda «texne» tushunchasi «mohirlik», «san'at», tabiiy materiallardan sun'iy ravishda nimalarnidir yaratish, «ishlab chiqish» ma'nosini anglatgan. Yashash uchun mavjud tabiiy materiallardan sun'iy predmetlar yaratishga, tabiiy narsalarni insoniylashtirishga intilgan. inson ishlab chiqaruvchi, mavjud bilimlarini predmetlashtiruvchi, qobi-liyatlarini ro‘yobga chiqarishga xarakat qiluvchidir.
Tafakkur tarixida texnika tushunchasi turlicha talqin etib kelindi:
1) marksizm texnikani ijtimoiy organizmning sun'iy sistemasi, jamiyat ishlab chiqaruvchi kuchlarining tarkibiy qismi, moddiy ashyoviy elementi sifatida talqin etdi;

  1. Martin Xaydegger texnika bu birinchi asos , inson ibtidosining ildizi, tomiri, insoniyatning o‘z-o‘zini ro‘yobga chiqarish, namoyon etish usuli deb tushundi.

  1. Ellyulning fikricha, texnika qandaydir mexanizmlar yig‘indisi, maqsadni amalga oshirish tartibidir.

  2. Nemis olimlari: Lenk va Porol texnikaning quyidagi muhim elementlarining ko‘rsatdilar:

  3. tabiiy bilimlarning amaliyotga tatbiq qilinadigan tarmog‘i;

  4. elementlar va vositalar kompleksi;

  5. tabiatni bo‘ysundirish va uning ustidan hukmronlik qilish vositasi;

  6. tabiatning « kashf etilishi» va «tartibga solinishi»;

  7. g‘oyaning ro‘yobga chiqarilishi;

  8. sun'iy muhit yaratish va boshqalar;

Texnika mohiyati injenerlik, qayta qurish, loyihalash ishlarini olib borishdagi pretmetlarining antifakt
(sun'iy yaratilgan) yig‘indisi deb ham talqin qilinmoqda.
Adabiyotlarda ko‘proq texnikaning fundamental xususiyatini hisobga olib, uni tub o‘zgarishlar qilish vositasi ekanligi qayd etilyapti. Texnika shunday qudratga egaki, uning yordamida iison :
a) tabiatni,
b) o‘z-o‘zini ,
v) jamiyatni tubdan o‘zgartiradi.
Texnika insonning sun'iy qo‘li bo‘lib, uning vositasida ob'ektga, mehnat pretmetlariga ta'sir etadi va uni o‘zgartiradi.
Texnologiya - texnika bilan uzviy bog‘liqdir. «Texnologiya» yunoncha so‘z bo‘lib, pretmetlarga ta'sir etish ishlov berish, tayyorlash, o‘zgartirish metodlari majmui degan ma'noni bildiradi.
Agar texnika insonning ob'ektga nima vositasida ta'-sir ko‘rsatishini anglatsa, texnologiya insonning ob'ektga qanday ta'sir ko‘rsatishini anglatadi.
Texnika tarixan insoniyat faoliyatining ob'ektiv shart-sharoitidir. U tosh sanoati, hunarmandchilik, yuqori texnologiya jarayoni davrlarini, texnika taraqqiyoti davrlarini ifodalaydi va uning inson faoliyatidagi rolini ko‘rsatadi.

1. Texnika odsiylikdan murakkablikka tomon rivojlanadi. A) qo‘l mexnat qurollari davri: B) xunar- manufaktura davri V) mashinalashgan texnika: G) avtomatlashgan sistema


Insoniyat tarixi qo‘l mexnatining texnika zimmasiga o‘tib borishidan guvoxlik beradi. Inson «tabiiylikni» sun'iy predmetlar ishlab chiqarish bilan almashtiradi, tashqi olamni o‘zgartiradi, o‘zini takomillashtiradi. Inson va texnika o‘rtasidagi aloqadorlik tobora ortib boradi.
Hozirgi olam bu «texnikalashgan» makon va «texnalogiyalashgan» zamon birligidan iboratdir.
Biz tabiatning ibtidoiy bosqichida emas, texnosferada yashayapmiz.
. Texnik rivojlanish davrini belgilashda AQSh faylasufi va sotsiologi L. Mamfordning qarashlari muhimdir. Uning fikricha, hozirgi davr texnikasining dastlabki kurtaklari bizning eramizdan ikki ming yil ilgari vujudga kelgan bo‘lib, quyidagi 3 davrni kechirdi

  1. 1000 - 1750 yillardagi «ekotexnik» davr. Uning texnologiyasi asosini suv, daraxt, yog‘och tashkil etadi.

  1. XVIII asrning 2- yarimi - XX asr o‘rtalaridagi «politexnik» davr. U ko‘mir va temir kompleksiga tayanadi.

  2. Hozirgi davr «neotexnik» davr bo‘lib, «elektr quvvati va qotishma» dan keng foydalanilyapti. Demak, L. Mamford texnikada qo‘llanadigan energiya turi va moddani o‘z ta'limotiga asos qilib olgan.

  3. Faylasuf T. F. Sunyagin texnikaning rivojlanish konsepsiyasini yaratishda texnika funksiyalarining mexnat tipi va turiga qarab o‘zgarishini asos qilib olgan:

a) qadimgi texnika va uning «xonavayron» qiluvchi xarakteri ovchilik va teruvchilikka nisbatan «iste'molchilik» munosabatida bo‘lgan;
b) dexqonchilik mexnati neolit revolyusiyasi jarayonida qaror topdi. Unda konstruktivlik, ishchanlik xususiyatlari va texnika belgilari shakllandi.
v) ishlab chiqarishda mashinaning qo‘llanilishi bilan texnika taxirida sifat o‘zgarishi vujudga keldi.
Ayniqsa, yevropada o‘rta asrlarda texnika yangiliklari, soat, oyna, shisha, kitob nashr etash rivojlandi. Soatning yaratilishi kishilarni tabiiy sikl, organik vaqt doirasidan chiqishini taqozo etdi. Inson vaqtni tajashni, uni qadrlashni o‘rgandi. Vaqtni orqaga qaytmasligiga iqror bo‘ldi. Vaqtga boylik sifatida qarash odat tusiga kirdi.
Oyna, shisha makonning bir xil ekanligini tushunishga imkon berdi. Osmon haqidagi «muqaddaslik» niqobini fosh qildi. Oddiy ko‘rish, sezish, texnik o‘zgarishlar iqitisodiy va g‘oyaviy munosabatlarni, inson mentalitetini tubdan o‘zgartirdi. Texnika mutasil ravishda rivojlanib bordi. Oddiy qo‘l dastgoxlaridan tortib, to avtomatlashtirish va kompyuterlashtirishgacha rivojlandi.
Inson va jamiyat «texnosfera» da joylashgan bo‘lib, texnika bir joyda to‘xtab turmaydi. Texnika innovatsiyasi («yangiliklari») inson xayotini to‘xtovsiz o‘zgartirib turuvchi katalizator (o‘zgarturuvchi), xarakatga keltiruvchi sifatida inson ongida joy oldi. Kishilarning texnikaga munosabati turli davrlarda turlicha bo‘lgan ishonchsizlik hadiksirash, texnofobiya ( texnafobiya- fobiya- yun. qo‘rquv) qo‘rqish va boshqalar texnikaga bo‘lgan munosabatning bir ko‘rinishi edi.
Texnika insonni xoldan toydiradi, ezadi. XUSh-X1X asrlarda ma'lum guruxdagi kishilar (lundlar) stanok, dastgoxlarni sindirganlar, mashinalarga nafrat bilan qaraganlar. Bu davrda kishilar mexnat qilishga qiziqmay qoldilar, ishchi mashinaning shunchaki bir vintiga (qo‘shimchasiga) aylandi, nuqul bir hil maromda ishlash vujudga keldi. Texnika taraqqiyotidan qo‘rqadigan va texnikaga nafrat bilan qaraydigan kishilarni keyinchalik neolundlar deb atay boshladilar.
Ulug‘ mutafakkirlar ham texnikaning inson nazratidan chiqib ketmasligi haqida ko‘p qayg‘urganlar. Bu masalani dastavval Arietotel ko‘targan edi. Hozir ham bu masala dolzarbdir. Osvald Shpengler XX asrning 30- yillarida «Inson va texnika » asarida inson olamning hukmdori edi, u mashinaning quli bo‘lib qoldi, deb yozgan edi. Mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish ijtimoiy hayotga tobora chuqurroq kirib keldi. Mashina va inson organizmi bir -biri bilan qo‘shildi. Xayot tarzi, inson psixologiyasi o‘zgardi.
Texnika inson borlig‘ining barcha sohalariga: iqtisod, siyosat va mafkuraga kirib keldi.
«Inson va mashina » munosabatlari yangicha mazmun kasb etyapti. Elektron kibernetika, kompyuterlashtirish komplekslari, texnika, mexanizm, texnologiya keng targ‘ib qilinmoqda.

Yüklə 35,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə