8. Pul mablagʻlari xarakati bilan bogʻliq muomalalar auditining uslubi


-jadval Asosiy vositalar harakatining buxgalteriya hisobi schyotlarida aks ettirilishi



Yüklə 162,52 Kb.
səhifə3/22
tarix20.07.2023
ölçüsü162,52 Kb.
#119730
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
hisobot Tayyor (2)

1-jadval
Asosiy vositalar harakatining buxgalteriya hisobi schyotlarida aks ettirilishi



Operatsiyaning mazmuni

Schyotlarning bog‘lanishi

Asos bo‘luvchi hujjat

Debet

Kredit

1.

Asosiy vositalarning sotib olinishiga

0810-0890

6010

Shartnoma, schyot faktura, ishonchnoma, qabul qilish-topshirish dalolatnomasi

2.

Kapital quyilmalarning asosiy vositalar tarkibiga kiritilishiga

0100

0800-0890

Qabul qilish-topshirish dalolatnomasi

3.

Asosiy vositalarning chiqimiga

9210

0100

Schyot faktura, shartnoma

4.

Asosiy vositalarga eskirish hisoblanishiga

2010, 2310, 2510, 9400

0200

Maxsus hisob-kitob

5.

O‘rnatiladigan asbob-uskunalarning hisobga olinishiga

0710

6010

Shartnoma, schyot faktura, ishonchnoma, qabul qilish-topshirish dalolatnomasi

6.

Asosiy vositalarning sotilishiga:
- boshlang‘ich qiymatning hisobdan chiqarilishiga;
- eskirish qiymatining hisobdan chiqarilishiga;
- sotishdan ko‘rilgan foydaga;
- sotishdan ko‘rilgan zaraga

4010

9210

0200

9210

9410


9210

0100

9210

9310

9210


Shartnoma, schyot faktura, ishonchnoma, qabul qilish-topshirish dalolatnomasi

Audit jarayonida auditor yuqorida keltirilgan buxgalteriya yozuvlari va hisob schyotlarda aks ettirilgan summalarning to‘g‘riligini va 21-son BHMS talablariga muvofiqligini tekshiradi. Agar ma’lum kamchiliklar aniqlansa, ularni tuzatish bo‘yicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqiladi.


2-jadval
Asosiy vositalar qoldiq qiymati

Счет

Наименования оборудования

Остаток на начало

Остаток на конец

Балансовая стоимость

Амортизация

Остаточная стоимость

Балансовая стоимость

Амортизация

Остаточная стоимость

0130

Машины и оборудование

41 840 969 536,29

15 963 060 743,96

25 877 908 792,33

42 114 530 082,29

20 763 965 895,47

21 350 564 186,82

0160

Транспортные средства

256 630 425,19

209 191 420,90

47 439 004,29

256 630 425,19

250 508 717,79

6 121 707,40

0190

Прочие основные средства

197 144 883,69

145 464 645,72

51 680 237,97

197 144 883,69

166 627 075,40

30 517 808,29

0310

Основные средства, полученные по договору долгосрочной аренды

578 339 611,34

52 987 414,86

525 352 196,48

578 339 611,34

168 655 337,10

409 684 274,24

Итого


42 873 084 456,51

16 370 704 225,44

26 502 380 231,07

43 146 645 002,51

21 349 757 025,76

21 796 887 976,75

Korxonaning jami asosiy vositalar 2021 yil boshiga va oxiriga qiymati yuqoridagi jadvalda keltirilgan. 01.01.2021 yil holatiga asosiy vositalar balansda boshlang'ich qiymati 42 873 084,5 ming so'm, shu jumladan lizingga olingan 578339,6 ming so‘m, jamlangan amortizatsiya 16370704,2 ming so‘m, asosiy fondlarning qoldiq qiymati 26502380,2 ming so‘mni tashkil etdi. 2021-yilda sotib olingan asbob-uskunalar hisobiga asosiy fondlar qiymati 273 560,5 ming so‘mga oshgan. Asosiy vositalar chiqimi mavjud emas. 01.01.2022 yil holatiga asosiy vositalar balansda dastlabki qiymati 43 146 645,0 ming so‘m, shu jumladan lizingda olingan 578339,6 ming so‘m, jamlangan amortizatsiya 21349757,0 ming so‘m, asosiy fondlarning qoldiq qiymati 21796888,0 ming so‘mni tashkil etdi. Asosiy vositalar va amortizatsiya hisobvaraqlari bo'yicha harakatlar Ilovada keltirilgan(1,2-ilova). AV lar saqlanishi boyicha moddiy javobgar shaxs belgilangan. MChJda asosiy vositalar bo'yicha amortizatsiya bir maromli usulda hisoblanadi. Korxona tomonidan lizing shartnomasi asosida 2020 yilda olingan 2 ta yengil avtomashina mavjud bo`lib, barchasi hisobda to`g`ri aks ettirilgan. Audit jarayonida korxona balansida ko`chmas mulk mavjud emasligi aniqlandi. Jamiyat o`z faoliyatini ijara asosida amalga oshiradi.





  1. Nomoddiy aktivlar xarakati bilan bogʻliq muomalalar auditining uslubiy muammolari

Nomoddiy aktivlar deganda, moddiy buyum mazmuniga ega bo‘lmagan korxona tomonidan xo‘jalik faoliyatida boshqaruv uchun qo‘llashda nazorat qilinadigan, shuningdek ko‘p yillar (bir yildan ortiq) ishlatiladigan mulk ob’ektlari tushuniladi.
Nomoddiy aktivlarning mohiyati, ularni baholash va hisobga olish tartibi BXMS № 7 «Nomoddiy aktivlar» bilan reglamentlashtirilgan.
Mulk ob’ektlarini nomoddiy aktiv sifatida tan olish uchun ular quyidagi mezonlarga javob berishlari lozim:

  • aktiv tushunchasi talablarini qondirishi, ya’ni korxonaning iqtisodiy resursi bo‘la olishligi;

  • baxolash mumkinligi;

  • ahamiyatliligi;

  • to‘g‘riligi;

  • kelgusida iqtisodiy naf keltirishligi;

  • mustaqil foydalanish mumkinligi, ya’ni ishlatish, sotish, almashtirish, bepul berish, hisobdan alohida chiqarish mumkinligi.

Nomoddiy aktivlarning xarakterli xususiyati shundaki, ular asosan mulk ob’ektiga nisbatan egalik huquqi sifatida namoyon bo‘ladi.
Nomoddiy aktivlar bo‘yicha buxgalteriya hisobining asosiy vazifalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:

  • Nomoddiy aktivlarni ularning mohiyatini ochib beruvchi mezonlariga mos ravishda hisobga olish;

  • Nomoddiy aktivlarni to‘g‘ri turkumlash va guruhlarga ajratish;

  • Nomoddiy aktivlarni to‘g‘ri baholash;

  • Nomoddiy aktivlar holati va harakatini to‘g‘ri, o‘z vaqtida tegishli boshlang‘ich hujjatlar bilan rasmiylashtirish va hisob registrlarida aks ettirish;

  • Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi (eskirishi) ni belgilangan usul va me’yorlar bo‘yicha to‘g‘ri hisoblash;

  • Nomoddiy aktivlarni Soliq Kodeksiga muvofiq soliqga tortilishini ta’minlash;

  • Nomoddiy aktivlar butligini ta’minlash, buning uchun ularni belgilangan muddatlarda qayta ro‘yxatdan o‘tqazish (inventarizatsiya qilish), uning natijalarini to‘g‘ri aniqlash va hisobga olish;

  • Mavjud nomoddiy aktivlardan unumli foydalanish, keraksiz nomoddiy aktivlarni likvidatsiya kilish, bepul berish yoki sotish natijalarini to‘g‘ri hisobga olish;

  • Nomoddiy aktivlarga qilingan qo‘shimcha xarajatlarni (kapital quyilmalarni) to‘g‘ri hisobga olish.

Nomoddiy aktivlarni audit tekshiruvidan o`tkazish jarayonida auditor yuqorida sanab o`tilgan vazifalarning bajarilganligiga alohida e’tibor beradi.
Nomoddiy aktivlarning hisobi 21-son BHMSga muvofiq aktiv bo`lgan 0400 “nomoddoy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar” va kontraktiv bo`lgan 0500 “nomoddoy aktivlar eskirishini hisobga oluvchi schyotlar” tizimida yuritiladi. Quyidagi jadvalda nomoddiy aktivlar harakatining buxgalteriya hisobi schyotlarida aks ettirilishi keltirilgan(3-jadval).

Yüklə 162,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə