98 Brutsellyoz (354-bet) Asta-sekin charchash, bosh va suyak og`riqlari bilan boshlanadi. Odam kechalari isitmalab, terlaydi. Isitma bir necha kunga yo`qolib ketadi, so`ng qayta keladi



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/14
tarix21.05.2022
ölçüsü1,18 Mb.
#87575
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
uz latin wtnd 2015 03

Qo’l va oyoqlar: 
Muskullar kuchini tekshiring. Qo`l yoki oyoqlarn-
ing yo`g`onligini o`lchang yoki taxminan aniqlang.
Qo`llarning kuchi 
orasidagi farqni sezish 
uchun barmoqlaringizni 
qistirib ko`ring
oyoqlari bilan qo`lingizni itarsin 
va tortsin.
Qo`l va oyo-
qlar semizli-
gi orasidagi 
farqni bilish 
uchun har 
qanday ip 
yoki o`lchov 
tasmasi 
ham ishlatili-
shi mumkin.


Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013
112
Shuningdek kasal qo`llarini to`g`ri ushlab 
kaftlarini pastga va yuqoriga qaratsin.
Yotgan holda oldin birinchi, so`ng ikkinchi 
oyog`ini ko`tarsin.
Bemorning yurish-turishlarini kuzating. Muskullar yoki butun tana 
zaifl igida ovqatga yolchimaslik (226-bet) yoki silga o`xshash surunkali 
kasallikni taxmin qilish mumkin.
Bolalarda tananing bir tomoni zaif, kam harakat bo`lsa, dastlabki 
falaj haqida o`ylang; kattalardagi bunday xolat, bel umurtqasi kasalligi, 
bosh jarohati yoki miyaga qon quyilishi (insultlar)ga aloqador bo`lishi 
mumkin.
Muskullarning qattiqlashishi yoki tarangligini tekshiring.
• Agar jag` qotib qolsa, ochilmasa, qoqshol 
(347-bet), tomoq (555-bet) yoki tishdagi (428-
bet) og`ir infeksiyadan shubha qilish mumkin. 
Agar bu muammo esnash yoki jag`ga qattiq 
urilgandan so`ng paydo bo`lsa, bemorning jag`i 
chiqqan bo`lishi mumkin.
• Agar kasal bolaning bo`yni qotib qolgan va 
beli bir oz orqaga bukilgan bo`lsa, meningitdan 
shubha qilishingiz mumkin.
Agar boshni oldinga bukishning iloji bo`lmasa, 
unda meningit bo`lish ehtimoli kuchli (351-bet).
meningit
• Agar bolaning muskullari 
doim
qotgandek qattiq bo`lib, poyma-poy yoki 
titrab harakat qilsa, unda bolalar serebral (miya) falaji (paralichi) (572-bet) 
gumon qilish mumkin.
Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013
113
• Birdan hushdan ketib talvasaga tush-
ish tutqanoqqa xosdir (331-bet). Bunday 
hodisa tez-tez takrorlanib turadigan 
bo`lib, tutqanoq kasalligidan (epilepsi-
ya)dan shubha qiling. Agar bu belgilar 
bola og`riyotganda bo`lsa, ular yuqori 
harorat(101-bet), suvsizlanish (281-bet), 
qoqshol (347-bet) yoki meningit (351-
bet)dan kelib chiqishi mumkin.
Qoqshol taxmin qilingan hollarda bemor refl ekslarini tekshirish xususida 
348-betga qarang.
qoqshol

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə