Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013
108
QORIN
Agar kasalning qorni og`riyotgan bo`lsa, og`riq qayerda ekanligini toping.
Og`riq doimiy yoki xuruj kabi kelib ketuvchi ekanligini aniqlang.
Qorinni tekshirishingizdan oldin, u yerda
odatdan tashqari shish yoki
bo`rtmalar bor-yo`qligiga e`tibor bering.
Og`riqning joyi ko`pincha sababning topilishiga olib keladi (keyingi betga
qarang).
Dastlab, kasal og`riyotgan
joyni
barmog`i bilan ko`rsatsin.
So`ng qaysi joyda og`riq qattiqroq ekanligini
bilish uchun qorinning turli joylarini ko`rsatilgan
joyning qarama-qarshi
tomonidan boshlab
paypaslab ko`ring.
Qorinning yumshoqligiga, qattiqligiga
yoki bemor qorin muskulla-
rini yumshata olishiga e`tibor bering. Qattiq qorin og`rig`i, “o`tkir qorin”ni
bildirishi mumkin, balki appenditsit yoki peritonit(196-bet) bo`lishi mumkin.
Agar siz peritonit yoki appenditsitdan shubha qilayotgan bo`lsan-
giz, 196-betda aytilgan Shyotkin-Blyumberg simptomini tekshiring.
Qorin sohasidagi har qanday shish, qattiqlashgan joylarni izlab toping.
Agar kasalning qorni to`xtovsiz og`rib, ko`ngli
aynisa va bir necha
kundan beri ichi kelmagan bo`lsa, qorniga quyidagicha qilib qulog`ingiz
(yoki fonendoskop)ni qo`ying:
Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013
109
Ichaklardagi g`urillashlarga quloq soling. Agar 2 min.dan
so`ng ham hech narsa eshitmasangiz, bu xavfli belgidir.
(Ichakning
xatarli dardlari, 194-bet.)
Dostları ilə paylaş: