Mahmudning dehliga safari hind xalqining milliy bayramiga to‘g‘ri
kelibdi. Odatda, bunday
ayyomlarda xalq sayillari, har xil tomoshalar,
musobaqalar uyushtirilar ekan.
Mahmudning shahar chetidagi saroylardan biriga tushganini eshitgan
sulton uni ertangi kurashda ishtirok etishi va yosh saroy pahlavoni bilan
bellashishini so‘rab, odam yuboribdi.
Mahmud yosh bahodirning izzat- nafsiga shikast yetkazishni o‘ziga ep
ko‘rmay, bu iltifotni rad etibdi. O‘z marhamati
qabul qilinmaganini
eshitgan sulton g‘azab otiga minibdi.
Mulozimlar bu xabarni Mahmudga yetkazib, kurashda ishtirok etishini
o‘tinib so‘rabdilar. U rozilik bildiribdi.
Odatda, bunday musobaqalardan oldin Mahmud ulug‘larning
qadamjolarini ziyorat qilar ekan. O‘sha kecha ham shahardagi qabristonni
ziyorat qilib yursa, bir ayol erining qabrini quchoqlab: “Ey xudo, ikki
bolam va erimni olding, ertangi kun maydonda yolg‘iz o‘g‘limning qo‘lini
baland qilgin”, —deb nola chekayotgan ekan.
Mahmud bu xotin sulton
saroyidagi pahlavonning onasi ekanligini sezibdi.
Ertasi kuni kurash maydonida Mahmud o‘zini juda zaif va lapashang
qilib ko‘rsatibdi. Yosh bahodir ikki- uch davradan keyinoq Mahmudni
chirpirak qilib ko‘tarib uribdi. Sulton bu g‘alaba sharafiga katta ziyofat
beribdi. Tantanalardan so‘ng hokim boshchiligida arkoni davlat:
barcha
xizmatkorlar, mehmonlar fillarga minib o‘rmonga — ovga jo‘nashibdi.
Changalzorlar orasidan ketayotganda bexosdan sulton taxtiravoni
o‘rnatilgan fil botqoqqa botib qolibdi. Ko‘p urinishibdi, filni loydan
chiqaza olishmabdi. Shunda Mahmud xizmatkorlarga
filning oldingi
oyoqlari orasini kovlab bo‘shatishni buyuribdi. Shunday qilishibdi.
Bo‘shliqqa katta bir kundani tashlabdilar. Mahmud ana shu kunda
ustiga tushib, fil oyoqlari orasiga yelkasini qo‘yib, bir zo‘r bilan ikki
oyog‘ini botqoqdan bo‘shatibdi, fil o‘zini o‘nglab, halokatdan qutulibdi.
Hamma mehmonning qudratiga ofarinlar aytibdi. Ovdan so‘ng yana
ziyofat boshlanibdi. Gap orasida sulton Mahmuddan:
—
Kecha maydondagi zaifligingiz bilan bugungi jasoratingizni
qanday tushunsa bo‘ladi? — deb so‘rabdi.
—
Ey, oliy himmat sulton! Bu yigit — bir bevaning yagona farzandi,
istiqboli porloq pahlavon, lekin hali tajribasiz. Men u bilan olishib, mayib
qilib, umriga zomin bo‘lishni istamadim. Ammo siz g‘azablanganingizdan
so‘ng kurash
tushishga rozilik bergandim, debdi u.
—
Tilang tilagingizni, nima istasangiz, muhayyo qilaman, —
debdi
sulton.
—
Menga hech narsa kerak emas. Sizning zindoningizda 200 dan ortiq
yurtdoshim asir ekan, o‘shalarni ozod qilsangiz, vatanimga birga olib
ketsam, bas, — debdi Mahmud.
Sulton bahodirga ot-ulov, sarpolar beribdi va asirlarni hibsdan
bo‘shatibdi. Mahmud vatandoshlari bilan Xo razmga qarab yo‘l olibdi.
Dostları ilə paylaş: