A. I. Avazbayev Nizomiy nomidagi tdpu "Texnologiya ta’limi metodikasi" kafedrasi, dotsenti.,p f. n


Xalq hunarmandchiligida ishlatiladigan materiallarni o‘rgatish metodikasi



Yüklə 0,95 Mb.
səhifə27/88
tarix27.12.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#163114
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   88
ТТМ МАЖМУА 2022

Xalq hunarmandchiligida ishlatiladigan materiallarni o‘rgatish metodikasi.
Mehnat tarbiyasini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, o‘quvchilarda mehnat malakalari hosil qilish, ularda mehnat madaniyatini shakllantirish turli xil kasblarga havas uyg‘otishda yog‘och va metallarga, gazlamalarga ishlov berish texnologiyasi, pazandachilik yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqarish ishlarini tashkil qilish muhim ahamiyat kasb etadi.
Zamonaviy talablar asosida ishlab chiqarishni tashkil qilish, mavjud bo‘lgan materiallardan samarali tartibda faydalanish hisoblanadi. Ishlab chiqarish jarayonida turli xil buyumlar tayyorlashda materiallardan to‘g‘ri va isrof qilmasdan foydalanish, tayyorlangan buyumning sifatli, ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish uchun ishlatiladigan materiallarning turini, xususiyatlarini, shu xususiyatlariga ko‘ra ishlov berish texnologiyasini bilish zarur hisoblanadi.
Zargarlikda ishlatiladigan qimmatbaho metallar. Nodir va qimmatbaho materiallar asosan zargarlik ishlarida qo‘llanilgan. Qimmatbaho metallar turkumiga nodir metallar guruhidagi hamma elementlar kiradi. Bular-oltin, kumush, platina, palladiy, iridiy, ruteniy va osmiy. Ular korroziyaga bardoshli bo‘lganligi sababli "nodir" deb ataladi, boshqa metallarga nisbatan ularning narxi qimmat bo‘lganligi uchun qimmatbaho deb ataladi. Zargarlik sanoatida qo‘llanishiga qarab, ular asosiy va ikkinchi darajali hisoblanadi. Asosiy metallarga oltin, kumush va platina kiradi. Bu metallar korroziyaga bardoshliligidan tashqari yana bir qancha qulay xususiyatlarga ham ega: yumshoq, cho‘ziluvchan, plastik va boshqa metallar bilan qotishma hosil etish darajasi yuqori. Nodir metallar ichida eng jiloli va zargarlikda keng ishlatiladigan metal - oltindir.
Oltin - chiroyli sariq rangda tovlanadi, jilolanganda tovlanishi yanada ortadi. Juda yumshoq, bolg‘alanuvchan, plastik va cho‘ziluvchan metall. Zichligi 19,32 g/sm3, yerish harorati 1064°C. Bir gramm oltindan 3,5 km sim tortsa va shunday yupqalikda bolg‘alasa bo‘ladiki, undan yorug‘lik o‘tishi mumkin. Shunday oltin varaqning qalinligi 0,0001 mm atrofida bo‘ladi. Bunday qalinlikda tayyorlanadigan oltin "susal" oltin deyiladi va bu zarvaraq bezaklarda keng qo‘llaniladi. Nodir metallarning ichida oltinni eng nodir deb atasa bo‘ladi. Uning eng muhim xossasi - kimyoviy bardoshligidir. Oltin ochiq havoda, hatto qizdirilganda ham oksidlanmaydi, unga namgarlik ta’sir etmaydi, u kislota, ishqor va tuzlarning ta’sirini sezmaydi. Unga oltingugurt vodorodi ham ta’sir etmaydi. Oltin zar suvida eriydi. Xlorning ta’siri ostida 200°C da oltin metalli, xlorli ko‘rinishga o‘tadi va u suvda yaxshi eriydi. Ionli xlor va brom ishqoriy suvlari ham oltinni eritadi. Simobda oltin yengil eriydi. Harorat 10-30°C bo‘lganda simobdagi oltin 15% ga yetadi va qotadi. Oltinning asosiy miqdori pul qiymatini ta’minlash uchun xizmat qiladi. Toza oltin sanoatda juda oz miqdorda qo‘llaniladi. U aniq asbobsozlikda, kimyo sanoatida, korroziyaga bardoshli qoplamalar qoplashda, samolyotsozlikda va raketasozlikda qo‘llaniladi. Zargarlik sanoatida esa toza oltin buyumlarning sirtini qoplashdan tashqari qimmatbaho qotishmalarning asosiy tarkibi sifatida qo‘llaniladi.
Kumush - oq rangdagi metall, juda cho‘ziluvchan plastik va bolg‘alanuvchan. Yumshoqligi bo‘yicha kumush, oltin va misning oralig‘ida joylashgan. Kumushning issiqlik va elektr o‘tkazuvchanligi juda yuqori. Uning yorug‘lik qaytarish xususiyati juda yaxshi bo‘lib, kelayotgan nurning 95% ini qaytaradi. Juvalash yo‘li bilan kumushdan 0,00025 mm qalinlikdagi varaqlar hosil etish mumkin. Kumushdan juda ingichka sim tortsa va o‘rasa bo‘ladi, u yaxshi kesiladi va jilolanadi. Kumushning zichligi 10,5 g/sm3, yerish harorati 960,8 °C. Kumushning ochiq havoga va namgarchilikka bardoshligi yuqori. Uning tuzli va o‘yuvchi kislotalarga chidamliligi yuqori. Havo tarkibidagi oltingugurt vodorodi ta’sirida kumushning rangi xiralashishi mumkin. Ozon ta’sirida ham kumush oksidlanadi va qora parda hosil bo‘ladi. Azot va konsentrasiyalangan sulfat kislotasi ta’sirida kumush yengil eriydi. Uni ionli tuzlarda ham eritish mumkin. Ishqorlarning suvdagi eritmasi kumushga keskin ta’sir etmaydi. Oltin singari kumush ham simob alangani hosil etadi. Erigan kumushning havo so‘rish xususiyati yuqori (1:22) bo‘lganligi sababli, quyilgan quymalar g‘ovakli chiqishi mumkin. Qimmatbaho metallarning ichida kumush eng arzoni hisoblanadi. Shu xususiyati hamda issiqlik va elektr o‘tkazuvchanligi yuqori bo‘lganligi sababli kumush elektrotexnikada, kimyo sanoatida, shuningdek, ko‘zgu, badiiy va zargarlik buyumlari ishlab chiqarishda keng qo‘llaniladi. Muhofazalovchi va bezovchi galvanik koplamalarni qoplashda, oltin-kumush qotishmalari va ularning kavsharlarini tayyorlashda ham kumushdan keng foydalaniladi.
Platina-og‘ir, kulrang-oq metall, juda cho‘ziluvchan, yetarli darajada bolg‘alanuv-chan, lekin qattiqligi oltin va kumushnikidandan ancha yuqori. Platinaning zichligi 21,45 g/sm3, erish harorati 1769°C. Juvalanishi yaxshi, prokatlab 0,0025 mm li varaq hamda ingichka sim hosil qilish mumkin. Platina kimyoviy turg‘un metallar turkumiga kiradi. Juda kam moddalar unga ta’sir etishi mumkin. Masalan, havoda qattiq qizdirilganda ham u oksidlanmaydi va sovuganda o‘z rangini saqlab qoladi. Hech kanday birikmasiz kislota unga ta’sir etolmaydi, faqatgina yuqori haroratdagi kislotalar birikmasi (zar suvi) uni parchalaydi. Ionli kaliy va eritilgan ishqorlar uni yemirishi mumkin.
Yuqori fizikaviy-kimyoviy xususiyatlarga ega bo‘lgan platina kimyo, asbobsozlik, aviasozlik sanoatlarida keng qo‘llaniladi. Zargarlikda esa asllik darajasi yuqori bo‘lgan platina qotishmalarini tayyorlash uchun qo‘llaniladi.

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə