A. I. Avazbayev Nizomiy nomidagi tdpu "Texnologiya ta’limi metodikasi" kafedrasi, dotsenti.,p f. n


O‘quvchilarni baholashning xalqaro tizimi. STEAM bo‘yicha o‘quvchilarni baxolash



Yüklə 0,95 Mb.
səhifə23/88
tarix27.12.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#163114
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   88
ТТМ МАЖМУА 2022

4.O‘quvchilarni baholashning xalqaro tizimi. STEAM bo‘yicha o‘quvchilarni baxolash.
1.Texnologiya darslari jarayonida о‘quvchilarning bilim, kо‘nikma va malakalarni baholash va uning ahamiyati.
Baholash: O‘quvchilar bilimi va ko‘nikmalarining sifati, haqqoniyligi, ularning o‘quv-ishlab chiqarish faoliyati natijalari haqida xulosalar chiqarish.
O‘quvchilarni baholash katta ahamiyatga ega, baholash mehnat ta’limini barcha bosqichlarida amalga oshiriladi. Ularni bilimini baholash frontal va yakka tartibda amalga oshiriladi. Texnologiya fani bo‘yicha o‘zlashtirishni hisobga olish o‘quvchilarning mehnat faoliyati jarayonida ularning ilmiy, texnikaviy bilimlari va mehnat ko‘nikmalari hamda malakalari darajasini tekshirish va baholashdan iborat.
O‘quvchilarni baholashning o’ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:
O‘quvchilarni baholash o‘quv jarayonining barcha bosqichlarida uzluksiz ravishda amalga oshiriladi.
O‘quvchilarni ta’lim o‘qituvchisi bilan o‘quvchi o‘rtasida qaytar aloqalar o‘rnatishni ta’minlaydi va shu orqali o‘quv jarayonini boshqarish samaradorligini oshirishga imkoniyat yaratiladi.
Ta’lim jarayonining borishi va natijalarining to‘g‘ri tashkillashtirilgan nazorati nafaqat o‘quvchilar muvaffaqiyatini baholash va tekshirish vositasi, balki ta’lim o‘qituvchisi ta’limiy faoliyatining muvaffaqiyat ko‘rsatkichi hamdir.
Baholash o‘quvchilarni o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirishning eng muhim omili hisoblanadi.
Baholashning o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirish funksiyalarini amalga oshirish faqat amaliy ishlar bajarilishining borishi va natijalarini tekshirish bilan o‘quvchilarning amaliy faoliyatini joriy kuzatish o‘rtasidagi mustahkam o‘zaro aloqada, Texnologiya o‘qituvchisining o‘quvchilarni nazorat qilishi va baholashi bilan o‘quvchilarning o‘z muvaffaqiyatlarini o‘zi nazorat qilishi va o‘z-o‘zini baholashi birligida amalga oshirilishi mumkin.
Baholashning vazifalari. Baholash quyidagi vazifalarni bajaradi:
- O‘quvchilarning yangi bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirishga tayyorligini aniqlash;
- Ta’limni tashkillashtirish va uning metodlari, vositalari samaradorligini aniqlash;
- O‘quvchilarning xatolari va qiyinchiliklari, ularning paydo bo‘lish sabablarini aniqlash;
- O‘quvchilarning o‘zlashtirishini xolis baholash uchun ma’lumotlar to‘plash;
- O‘quvchilarning bilish va o‘quv-ishlab chiqarish faoliyati xarakteri haqidagi tezkor axborotlarni olish- “teskari aloqa” o’rnatish;
- O‘quvchilarning amaliy kasbiy ta’limi jarayonini samarali rejalashtirish uchun ma’lumotlar to‘plash.

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə