A. I. Avazbayev Nizomiy nomidagi tdpu "Texnologiya ta’limi metodikasi" kafedrasi, dotsenti.,p f. n



Yüklə 0,95 Mb.
səhifə21/88
tarix27.12.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#163114
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   88
ТТМ МАЖМУА 2022

3. Asbob-uskunalarni ishga sozlash.
Texnologiya fani o‘qituvchisi o‘quv ustaxonasini jihozlay olishi, kerakli asbob-uskunalar bilan har bir o‘quvchiga yetadigan darajada ta’minlashga harakat qilishi, o‘quvchi ish joyini talab darajasida bo‘lishini ta’minlay olishi zarur bo‘ladi. O‘qituvchi o‘quv ustaxonasidagi har bir asbob – uskunalarni ishlata olishi va zarur paytda ta’mirlay olishi lozim. O‘quv ustaxonasini davlat talablari asosida o‘quv dasturi bo‘yicha jihozlanishiga erishish zarur.
Materiallarga ishlov berish sifati odatda ishlatilatiladigan asboblarning sozligi, kesuvchi qismlarini o‘tkir yoki o‘tmasligiga va shu kabi boshqa omillarga ham bog‘liq bo‘ladi. Bu omillar ishlanayotgan xomashyolarga tegishlicha tasir ko‘rsatadi. Sifatsiz va o‘tmas asboblar bilan ishlaganda ko‘p vaqt hamda kuch sarflanadi. Shuningdek, yasalgan buyum texnik talablarga aynan mos kelmay qoladi. Shuning uchun ishlatiladigan asboblar tirlarini charxlash lozim. Charxlash ishlari o‘qituvchi tomonidan bajarib ko‘rsatiladi va o‘quvchilarga o‘rgatib boriladi. Asoslar tig‘larini elektr charxlar bilan charxlaganda quyidagilarga rioya yetish zarur:

  • asboblar keskichlarii charxlaganda, ularni charxga qattiq bosib, kuydirib qo‘ymaslik zarur;

  • asbobni charxlaganda uni qo‘lda mahkam ushlab olish va burchagini saqlab turish kerak;

  • asbobni tig‘i charxlanganini tekshirishda unga barmoqlarni tekkizmaslik lozim.

Nosoz asboblar bilan ishlash mutlaqo mumkin emas. Masalan: dastasiz arra, egovlar, dastasi talabga javob bermaydigan bolg‘alar boltalar va hokazo.
Asbob-uskunalarni ishga sozlashda va ularni ishlatishda xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qilish zarurligi talab qilinadi.
4. Xomashyo va namuna tayyorlash.
O‘qituvchi darsga va o‘quv yiliga tayyorlanishida ustaxonada o‘quvchilar tamonidan tayyorlanadigan buyumlar ro‘yxatini tuzib, o‘quvchilarga ko‘rinarli joyga osib qo‘yadi. Buning uchun tayyorlanishi kerak bo‘lgan buyumlar uchun yetarli darajada xomashyo bilan (materiallar) ta’minlash talab qilinadi.
O‘qituvchi o‘quvchilarga beriladigan topshiriqni, yasalishi lozim bo‘lgan buyumni namunasini o‘zi tayyorlab ko‘rsatadi o‘quvchilar shu asosida topshiriqni o‘qituvchi rahbarligida mustaqil bajaradilar. Masalan, belanchak tayyorlash texnologiyasi. Belanchak - bu kichkina bolalarni yotqizib tebratadigan buyum. Belanchakni yasashga mo‘ljallangan yog‘ochning ko‘zi boshqa nuqsonlari bo‘lmasligi kerak. Asosiy detallari silindrsimon qilib yasaladi. Shakldor sirtlar tokarlik dastgohida yo‘niladi. Ko‘p detallarining sirti silindirsimon va konussimon elementlardan hamda dumaloqlangan detallardan tashkil topadi.
Buyumlarni yo‘nishda tekis va yarim aylana shaklidagi iskanalardan, kertekli yarim aylana iskanalardan va maxsus keskichlardan foydalinadi.
Kerakli asbob va materiallar: xomashyo STD-120 markali tokarlik stanogi, qirquvchi keskichlar, botiq sirtli keskichlar, iskanalar, chizg‘ich, qalam, shtangenserkul va arralar.
Ishni bajarish jarayoni:

  • tegishli o‘lchamdagi xomashyoni taxlash;

  • bo‘y silindrsimonligini nazarda tutib, randalab ishlov berish;

  • detallarni chizma bo‘yicha rejalash;

  • detallarni teshish asboblardan foydalanib, qavariq, botiq va tekis sirtlarga ishlov berish;

  • detallarni yig‘ish va biriktirish;

  • buyumni chilvirlash va pardozlash.

“Yuqoridagi ishlarni bajarishda albatta mehnat xavfsizligi qoidalariga rioya qilish zarur. Masalan, ishlatiladigan asboblarni sozligini tekshirish;

  • dastgoh va moslamalarni texnik holatini tekshirish;

  • ishlov vaqtida kesuvchi asboblarni ikkala qo‘l bilan ushlash;

  • dastgoh ishlab turgan vaqtda, ishlov berilayotgan detalni o‘lchash mumkin emas;

  • detalni jilvirlashda, ustiga jilvir qog‘oz o‘ralgan maxsus shakldagi taxtachalardan foydalanish kerak.


Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə