A. I. Avazbayev Nizomiy nomidagi tdpu "Texnologiya ta’limi metodikasi" kafedrasi, dotsenti.,p f. n


O‘qituvchining yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi quyidagilarni o‘z ichiga oladi



Yüklə 0,95 Mb.
səhifə20/88
tarix27.12.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#163114
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   88
ТТМ МАЖМУА 2022

O‘qituvchining yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik o‘quv yili tugashi bilan boshlanadi;

  • o‘quv ustaxonasini ta’mirlaydi;

  • asbob – uskunalarni kichik tamirlab ishga tayyorlaydi;

  • fan bo‘yicha o‘quv rejasi, o‘quv dasturi bilan tanishadi;

  • fan dasturi asosida bir yilga, yarim yilga, har chorak uchun taqvim mavzuli reja tuzadi va tasdiqlatadi;

  • o‘quv ustaxonasida bajariladigan ishlar tayyorlanadigan buyumlar ro‘yxati aniqlanib ustaxonaga osib qo‘yiladi;

  1. Kasb-korlik sifatlari

O‘qituvchi sharafli, lekin murakkab kasbdir. O‘quv jarayonida o‘qituvchi rahbarlik rolini o‘ynaydi. Texnologiya fani darslarida vaqtning asosiy 80% ni o‘quvchilarning amaliy ishlari egallaydi. Texnologiya fani o‘qituvchisidan keng bilimdonlikni, puxta amaliy tayyorgarlikni, yuksak pedagogik mahorat va ijodkorlikni talab qiladi. Shuning uchun texnologiya fani o‘qituvchilari:

  • yuksak axloqiy fazilatlarga, o‘z kasbiga oid tegishli ma’lumot va kasbkor tayyorgarligiga ega bo‘lgan qobiliyatli ijodkor kishilar bo‘lishi;

  • milliy madaniy qadriyatlarni, dunyoviy bilimlarni yaxshi bilishlari va diniy ilmlardan ham xabardor bo‘lishi;

  • yuqori pedagogik – psixologik tayyorgarlikga ega bo‘lishi;

  • erkin va ijobiy fikirlaydigan, talabchan va odobli bo‘lmog‘i lozim.

Ta’lim to‘g‘risidagi qonunda, tegishli ma’lumot, kasb tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega deb uqtirib o‘tilgan.
O‘qituvchining kasb - korlik sifatlariga quyidagilar ham kiradi:

  • bilish qobiliyati;

  • tushuntirish qobiliyati;

  • kuzatuvchanlik qobiliyati;

  • nutq qobiliyati;

  • obro‘ orttirish qobiliyati;

  • to‘g‘ri muomala qila olish qobiliyati.

Shu bilan birga quyidagilar o‘qituvchining kasb - korlik sifatiga xos bo‘lishi zarur:

  • dars jarayoniga mukammal tayyorgarlik ko‘rish;

  • o‘quvchilarga yaxshi munosabatda bo‘lish;

  • dars maqsadini aniq belgilay olishi;

  • o‘z harakatini o‘quvchilarga tushuntira olishi;

  • dars jarayonida o‘quvchilar o‘rtasida betaraf bo‘lishi;

  • savollar berib o‘quvchilarni maqsadga tomon yetaklashi,

  • mavzudan chetga chiqmaslik;

  • o‘quvchi faoliyatini oshira olishi va dars samaradorligini ta’minlay olishi.

  • har bir darsni ijobiy tugallashi.


Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə