|
![](/i/favi32.png) A. I. Avazbayev Nizomiy nomidagi tdpu "Texnologiya ta’limi metodikasi" kafedrasi, dotsenti.,p f. n
|
səhifə | 18/88 | tarix | 27.12.2023 | ölçüsü | 0,95 Mb. | | #163114 |
| ТТМ МАЖМУА 2022 2. Taqvimiy-mavzul ireja.
Taqvimiy mavzuli reja – asosan quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
dars o‘tish kunlari;
darsda o‘tiladigan mavzu;
darsni tashkil qilish shakli;
darsni o‘tish metodi;
sarflanadigan material;
ishchi, yordamchi va o‘lchov asboblari;
uskuna va moslamalar;
ko‘rgazmali qurollar;
texnik va texnologik hujjatlar;
kasb tanlashga oid materiallar;
necha soat o‘tiladi;
3. Dars rejasi va uning konspekti.
Dars reja - konspekti asosan quyidagicha tuziladi. (Mulkchilik turlari, marketing va menejment faoliyatining rivojlanishi mavzusi bo‘yicha).
Darsning maqsadi:
Ta’limiy – o‘quvchilarga mulkchilik turlari, marketing va menejment faoliyatlarining rivojlanishi haqida ma’lumot berish.
Tarbiyaviy- o‘quvchilarga davlat mulki, shaxsiy mulk, xususiy mulkga nisbatan ijobiy munosabatlarni tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi – o‘quvchilarni marketing va menejment sohasiga va kasblariga oid bilimlarini kengaytirish.
Ijodiy – o‘quvchilarda mulkchilik turlari va mulk egasi bo‘lish – marketing va menejment kasblarini vazifalari to‘g‘risida tushuncha hosil qilish.
Amaliy – o‘quvchilarga mulk egasi bo‘lish qanday amalga oshirilishi to‘g‘risidagi qonunlar haqida tushuncha berish.
Kasbga yo‘naltiruvchi maqsad - o‘quvchilarga marketing va menejment faoliyati haqida tushuncha berish orqali ularni shu kasblarga qiziqtirish.
Darsning vazifalari: O‘zbekistonda mulkchilik turlari marketing va menejment faoliyatining rivojlanishi haqida ma’lumotlar berish.
Dars tipi: yangi bilimlar berish. Marketing va faoliyati haqida ma’lumot berish
Dars turi: nazariy. Ishlab chiqarish sohalarida marketing va menejment faoliyatini uqtirish
Dostları ilə paylaş: |
|
|