A. I. Avazbayev Nizomiy nomidagi tdpu "Texnologiya ta’limi metodikasi" kafedrasi, dotsenti.,p f. n


Yantar - za’far yoki ja’far tosh, tabiatda g‘orlarda topiladi. Zargarlik buyumlarini ishlashda foydalaniladi. Dur



Yüklə 0,95 Mb.
səhifə31/88
tarix27.12.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#163114
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   88
ТТМ МАЖМУА 2022

Yantar - za’far yoki ja’far tosh, tabiatda g‘orlarda topiladi. Zargarlik buyumlarini ishlashda foydalaniladi.
Dur - Xitoy tilidan olingan bo‘lib, uni inju deb yuritiladi. U chuchik suvli dengizlarda yashaydigan chig‘anoqlardan topilgan. Dur sharsimon yoki noto‘g‘ri shakldan iborat bo‘lib turli tovlanadi. Uning kattaligi kaptar tuxumidek bo‘lganlari eng qimmatbaho hisoblanadi. Dur zargarlikda ishlatiladigan eng qimmatbaho material hisoblanadi.
Marvarid - ruscha - "jemchug", dumaloq noaniq shaklli donacha, tuguncha. Marvarid turlanib chiroyli jilolanganidan zeb-ziynat buyumi hisoblanib, uning yirik xili dur deb ataladi. Marvaridning tarkibi 86-90 % kalsiy karbonat va 2-6 % suvdan iborat bo‘ladi. Eng qimmatbaho marvarid dumaloq sharsimon shaklga ega; uning kattaligi 15 mm gacha bo‘ladi. Katta marvarid kam uchraydi. London muzeyida o‘lchamlari 4,5 va 85 mm li marvarid saqlanmoqda.
Oliven tarkibida magniy silikati bilan temir bo‘ladi. Oliven ko‘kimtir sariq, rangda, oyna kabi yaltiroq va mo‘rt bo‘ladi. Oliven zargarlik toshi sifatida ishlatiladi.
Xrizolit sarg‘ish, ko‘kish, shishasimon yaltiroq tiniq rangda va mo‘rt bo‘ladi. Xrizolit zargarlikda mayda toshlar sifatida qo‘llaniladi.
Shpinel - tarkibi magniy va aluminiy brikmalardan iborat yaltiroq, qattiq va mo‘rt tosh. Shpinel turlicha qirralanadi. U yuqori probali zargarlik buyumlariga qo‘yiladi.
Turmalin - tarkibi aluminiy silikat, kalsiy, magniy va buradan iborat birikma. U murakkab kimyoviy tarkibga ega, yaltiroq va qattiq tosh.
Axroit - rangsiz, turlicha turmalindan iborat och yashil rangdagi tosh. Axroit aralash, pona va pag‘ona shakli qirralanadi.
Sirkoniy-granata guruhiga kiruvchi tosh. Sirkoniyning tarkibi sirkoniy va kremniy oksiddan iborat. Sirkoniy so‘zi-"oltinrang" ma’nosini anglatadi. U yaltiroq tiniq tosh. Zargarlikda ko‘k hamda yashil sirkoniy ishlatiladi.
Topaz - granata guruhiga kiruvchi tosh. U birinchi marta Qizil dengizning Topaz orolidan topilgan. Topaz rangsiz sarg‘ish, somonsimon oqish rangda, oynasimon yaltiroq bo‘ladi. Topaz aralash, brilliant va pog‘ona shaklida qirralanadi. U oltin va kumushdan yasalgan zargarlik buyumlariga qo‘yiladi.
Nefrit - tarkibi kalsiy, magniy va temir sulfatidan iborat, shaffof emas, lekin juda mustahkam tosh. Nefritning zichligi 3 g/sm3. Nefrit kabatosh va yapasqi dumaloq shaklda qirralanadi. U asosan kumushdan yasalgan zargarlik buyumlariga qo‘yiladi. Ba’zan oltindan yasalgan buyumlarga ham o‘rnatiladi. U yashil, sarg‘ish, oq, to‘q yashil rangli yaltiroq tosh. U turlicha tovlanadi.
Malaxit - tarkibi mis oksididan tashkil topgan tosh. Zichligi 3,6 g/sm3. Malaxit yaltiroq emas, ammo jilvalanadi. U yashil rangli, mustahkamligi past tosh. Malaxit kabatosh va yapasqi dumaloq shaklda qirralanadi. Oltingugurt kislotasida yeriydi. Oltin va kumushdan yasalgan zargarlik buyumlarida kam miqdorda ko‘z siftida ishlatiladi. Kamroq marjon siftida taqiladi.

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə