A. I. Avazbayev Nizomiy nomidagi tdpu "Texnologiya ta’limi metodikasi" kafedrasi, dotsenti.,p f. n



Yüklə 0,95 Mb.
səhifə39/88
tarix27.12.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#163114
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   88
ТТМ МАЖМУА 2022

Po‘lat haqida tushuncha. Po‘lat deb tarkibida 2,14% gacha uglerod bo‘lgan temir-uglerod qotishmasiga aytiladi. Po‘latning tarkibida bundan tashqari doimiy aralashma sifatida oz miqdorda marganes, mis va fosfor kabi elementlar ham bo‘ladi. Po‘latning tarkibidagi uglerod miqdori ortib borishi bilan uning mustahkamligi va qattiqligi ortadi, lekin plastikligi kamayadi. Shuningdek zarbiy qovushqoqligi, issiqlik va elektr o‘tkazuvchanligi hamda magnitlanish hususiyatlari kamayadi, lekin uglerodning miqdori 1,0% dan ko‘p bo‘lsa mustahkamlik ham kamayadi. Po‘lat tarkibidagi qo‘shimchalar ham foydali yoki zararli bo‘ladi. Masalan, marganes, mis va aluminiylar foydali. Uglerod, fosfor kabilar, agar ko‘payib kesa, zararli moddalar hisoblanadi. Ular ta’sirida po‘latning issiq va sovuq holdagi mo‘rtligi ortadi, plastikligi va qovushqoqligi esa kamayadi. Lekin fosfor foydali ham bo‘lishi mumkin. Chunki u po‘latga ishlov berishni yengillashtiradi, mis esa po‘latni zanglamaslik (korroziyabardoshlik) xususiyatini oshiradi.
Po‘latlarning turlari. Po‘latlar turlicha bo‘ladi. Masalan: 1) ishlab chiqarish uslubiga qarab: konvertor, marten va elektr po‘latlari; 2) kimyoviy tarkibiga qarab: uglerodli yoki legirlangan po‘latlar; 3) vazifasiga ko‘ra: konstruksion, asbobsozlik va maxsus po‘latlar; 4) uglerod miqdoriga qarab: kam uglerodli, o‘rtacha uglerodli va yuqori uglerodli po‘latlar bo‘ladi. Demak, po‘latlar olinish usuli va tarkibiga ko‘ra bar xil bo‘ladi. Po‘latlarning tarkibiga qo‘shilgan boshqa elementlar ularning turli xossalarini, masalan, qattiqlik, zanglamaslik, olovga bardoshlilik kabi xossalarini oshiradi. Po‘latlarning bu xossalaridan texnikada kerakli joylarda qo‘llaniladi.
Cho‘yanlar va ularning turlari. Yuqorida ta’kidlanganidek, tarkibida-gi uglerod miqdori 2,14% foizdan ko‘p bo‘lgan temir-uglerod qotishmalari cho‘yanlar deb ataladi. Cho‘yan tarkibida uglerod miqdori 4 % gacha, ayrim hollarda esa 6 % gacha bo‘ladi. Cho‘yanlar quyidagi belgilariga qarab turlarga bo‘linadi:
1.Vazifasiga qarab: qayta ishlanadigan va quymakorlik cho‘yanlari.
2. Strukrurasi (tuzilishi)ga qarab: oq, kulrang va oraliq cho‘yanlar.
3.Uglerodning cho‘yandagi holatiga qarab: kulrang, bog‘lanuvchan (teriluvchan), yuqori mustahkam cho‘yanlar.
4. Metall strukturasiga qarab: ferritli va perlitli cho‘yanlar.
5. Kimyoviy tarkibiga qarab: legirlanmagan cho‘yanlar; oz, o‘rtacha va yuqori legirlangan cho‘yanlar.

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə