A. I. Avazbayev Nizomiy nomidagi tdpu "Texnologiya ta’limi metodikasi" kafedrasi, dotsenti.,p f. n


Mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyasi bo‘yicha



Yüklə 0,95 Mb.
səhifə37/88
tarix27.12.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#163114
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   88
ТТМ МАЖМУА 2022

Mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyasi bo‘yichametalldan buyumlar tayyorlash, payvandlab biriktirish, parchinlash, metalga ishlov berishdagi kasb turlari, milliy hunarmandchilik to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar beriladi.
Yog‘ochga ishlov berish texnologiyasida esa – yog‘ochning turmushdagi, xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, tuzilishi, turlari, ishlatilishi, sohalari, duradgorlik ishlari va xakazolar, to‘g‘risida ma’lumotlar beriladi.

  1. Materiallarni olinish, xossalari, xususiyatlarini, o‘qitish metodikasi.

O‘quvchilarga materiallarni olinishi, xossalari va xususiyatlari to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar beriladi. Masalan; materiallarning elektr, issiqlik o‘tkazuvchanligi, ishlov berishga mosligi, ishlatilish sohalari, kasblar haqidagi ma’lumotlar beriladi, ularning ko‘nikma va malakalari amaliy ishlarni bajarish jarayonida oshiriladi va shakllantiriladi.
Yog‘ochning turlari va uning xususiyatlari.
Ma’lumki, yog‘ochlar turmushda ham, ishlab chiqarish sohalarida ham juda ko‘p ishlatiladigan qurilish materiallari hisoblahadi. Yog‘ochlar bir qator xossalarga ega. Shulardan bin ularning fizik xossalaridir. Yog‘ochning fizik xossalariga ularning o‘lchamlari, qurishi, og‘irligi, rangi, hidi, teksturasi, namligi, zichligi, issiqlik va elektr tokini o‘tkazuvchan (o‘tkazmas)ligi kabilar kiradi. Odatda yog‘och materiallari uch o‘lchovga ega bo‘ladi, bular: uzunligi, eni va qalinligi, agar u silindr shaklida bo‘lsa, diametrining uzunligi bo‘ladi. Yog‘ochlarning rangi, hidi va teksturasi bir qancha omillarga, jumladan daraxt o‘sgan joyning iqlim sharoitiga, yog‘ochning turi va yoshiga bog‘liq bo‘lib, ko‘chilik daraxtlarning yog‘ochligi qoramtirdir. Yog‘ochning ko‘rinishi, uning zichligi, o‘zak nurlarining miqdori yirik va maydaligiga hamda kesimi yuzasiga; yog‘ochning hidi unda smola, oshlovchi moddalar va yefir moylari mavjudligiga bog‘liqdir. Yog‘ochning hidi uni endigina kesilganda ko‘proq seziladi. Yog‘ochning rangi, hidi va ko‘rinishi uning qanday material ekanligini bildiruvchi belgilar bo‘lib, ular ishlab chiqarishda muhim ahamiyatga ega. Yog‘och bo‘ylamasiga, ya’ni tolalari bo‘ylab kesilganda (tilinganda) hosil bo‘ladigan tabiiy naqsh tekstura deb ataladi. Turli yog‘ochlarning teksturasi turlicha bo‘ladi.
Quruq yog‘och issiqlikni yaxshi o‘tkazmaydi, sababi yog‘ochning g‘ovakligidir. Uning hujayralari ichiga havo to‘lgan bo‘lib, u issiqlikni yomon o‘tkazadi. Zichligi katta yog‘och zichligi kichik yog‘ochga nisbatan issiqlikni yaxshi o‘tkazadi. Shuningdek, quruq yog‘och elektr tokini o‘tkazmaydi. Shunga ko‘ra undan izolyasiya materiali sifatida foydalaniladi. Shuni unutmaslik kerakki, namligi ko‘p bo‘lgan yog‘och tokni yaxshi o‘tkazadi. Chunki yog‘och kovaklari suv bilan to‘lgan bo‘ladi.
Yog‘ochning tovush o‘tkazuvchanligi unda tovushning tarqalish tezligi bilan belgilanadi. Yog‘ochning tovush o‘tkazuvchanligi bo‘ylama yo‘nalishda havoga nisbatan 15-18 marta, ko‘ndalang yo‘nalishda 3-6 marta ortiqdir va bu yog‘ochning kamchiligi hisoblanadi. Shu sababli pol va shiftlarda yog‘och ortiqcha sarf bo‘lmasligi uchun tovush o‘tkazmaydigan materiallar ishlatishga to‘g‘ri keladi. Yog‘och material yorug‘lik nurlarini juda kam o‘tkazadi, yog‘ochning yupqa listi, faner qatlamlari juda kuchli yorug‘lik manbaidan chiqayotgan nurnigina o‘tkazishi mumkin. Yog‘ochlar yoriluvchanlik, qayishqoqlik, qovushqoqlik, qattiqlik, mixlarni ushlab qolish xususiyatiga ega. Ularni turli ta’sirlar ostida tolalar bo‘ylab ajralishi yorilishidir. Yorilishlar tabiiy holda, masalan issiqlik ta’sirida qurishi natijasida, shuningdek bolta yoki pona yordamida ta’sir etish natijasida hosil bo‘ladi. Qayishqoqlik yog‘ochning yoriluvchanligini oshiradi, qovushqoqlik esa kamaytiradi. Nam yog‘och oson yoriladi. Biroq zichligi kichik yog‘ochlar juda ho‘l bo‘lganida qayishqoqligi kamayib, yaxshi yorilmaydi pona yoki bolta qisilib qoladi.

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə