A. Mirzayev, A. Sotvoldiyev mashinasozlik texnologiyasi



Yüklə 1,63 Mb.
səhifə21/81
tarix22.03.2024
ölçüsü1,63 Mb.
#180213
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   81
Mashinasozlik texnologiyasi asoslari. Mirzayev A. Sotvoldiyeva A

Qutisimon detallar mashina va mexanizmlaming asosiy bazaviy detali hisoblanadi. Qutisimon detallarga metall kesish dastgohlarining, avtomobillar va traktorlarning tezliklar qutisi, ichki yonuv dvigatellari, kompressorlar va nasoslarning bloklar silindrlari, reduktorlar qutisi hamda shunga o‘xshash boshqa detallar kiradi. Qutisimon detallarning tayyorlash aniqligi butun mashina va mexanizmni aniqligini belgilaydi.
Texnologik nuqtai nazardan qutisimon detallar quyidagi ishlov berish yuzalariga ega bo‘Iadi:
asos tekisligi va qopqoq bilan birikish tekisligi ushbu yuzalaming paralelligi va perpendikulyarliklari yuqori texnik talablar bo‘yicha bajariladi va 0,05-0,1 chegarasida bo‘ladi, yuzaning tozaligi esa Rz 20 mkm dan kichik boiishi talab etiladi.

  • yordamchi tekis yuzalar - qopqoqlaming biriktirish joylari, flanetslar va burtib chiqqan yuzalarni tozaligi Rz 40

60
mkm gacha teshikka nisbatan perpendikulyarligi esa 0,01 dan 0,02 gacEli boiishi kerak;

  • asosiy teshiklar - qopqoq va podshipniklar o‘matiladigan

teshiklaming aniqligi IT 5 dan IT 7 oralig‘ida, yuza tozaligi esa Ra =2,5 dan Ra 0,063 mkm gacha, o‘qlararo masofaning qo‘yimlar chegarasi0,02 mm dan 0,1 gacha, o‘qlaming paralelligi qo‘yimlar maydoni doirasida, konussimon va chervyakli reduktorlar o‘qlarining o‘zaro perpendikulyarligi 0,02 mm dan 0.06 mm gacha qilib tayyorlanadi;

  • teshiklarni o ‘qdoshliligi bo‘yicha talablar kichik teshikni qo‘yimining yarimidan kam bo‘lishi kerak;

  • yordamchi teshiklar quyidagi aniqliklar bo‘yicha tayyorlanadi: rezba osti teshiklar 6N dan 8N gacha: boltlar osti teshiklar IT 14, shtift o‘matiladigan teshiklar IT6 dan IT8 gacha.

Qutisimon detallar uchun materialiar tanlashda ularga ta’sir etiladigan kuchlami hisobga olgan holda amalga oshiriiadi.
^ksariyat hollarda kulrang cho‘yan, ayrim hollarda esa alyuminiy qotishmalari va plastmavvalardan foydalaniladi.
Yuqori kuchlanishlar ostida ishlaydigan detallar po‘latdan tayyorlanadi.
Ko‘pincha, qutisimon detallar uchun xomashyo sterjenlarni qo‘llagan holda yerga quyish usuli bilan olinadi. Alyuminiy qotishmalari va issiqlikka chidamli plastmavvalardan tayyorlanadigan detallarga xomashyo bosim ostida quyish usuli bilan olinadi. Termoreaktiv plastmavvalar qo‘llanilsa u holda awal presslab (kuch ostida jipslash) keyin issiqlik ta’sirida pishiriladi. Po‘latdan tayyorlangan qutisimon detallar xomashyosi quyish yo‘li bilan yoki alohida element!ami payvandlash yordamida biriktirib olinadi.
Qutisimon detallarga mexanik ishlov berishdan awal ulai qolip materiallari va kuyindilardan tozalanadi (qumli barabanda qum bilan ishlov beriladi) va bo‘yaladi.

    1. Yüklə 1,63 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə