Reja:
Abu Ali ibn Sino hayoti va ijodi
Abu Ali Ibn Sinoning ta`lim sohasidagi qarashlari
Ibn Sinoning axloqqa oid asarlari.
ابن سينا (Abū ʿAlī al-Ḥusayn ibn ʿAbd Allāh ibn Al-Hasan ibn Ali ibn Sīnā; Avitsenna)
|
|
Tavalludi
|
18-iyun 980-yil, Afshona, Buxoro, Somoniylar davlati[1]
|
Vafoti
|
taxminan 16-avgust 1037-yil
(57 yoshda), Hamadon, G'aznaviylar imperiyasi
|
Fuqaroligi
|
Somoniylar davlati[2], Ziyoriylar va Buvayhiylar
|
Millati
|
fors[3][4][5]
|
Koʻrsatgan taʼsirlari
|
Al-Beruniy, Umar Xayyom, al-Gʻazzoliy, Averroes, Nosir al-Din Tusiy, Ibn al-Nafis, Averroizm, Sxolastitsizm, Albertus Magnus, Duns Scotus, Thomas Aquinas, Buridan, Benedetti, Galileo, Harvey
|
Olgan taʼsirlari
|
Arastu, Galen, Plotinus, Aflotunchilik, Muhammad, Vosil ibn Ota, al-Kindiy, al-Forobiy, al-Roziy, al-Beruniy
|
|
|
U 980-yilda Buxoro yaqinidagi Afshona qishlogʻida dunyoga keldi. 5-10 yoshlarida maktabda ta'lim oldi. Maktabni bitirgach, ustozi Abu Abdullohdan mantiq, tibbiyot, falsafa, riyoziyot va fiqh ilmlarini oʻrganadi. 16 yoshidan boshlab turli fanlar boʻyicha Sharq va Gʻarb olimlarining ilmiy asarlarini mustaqqil oʻrganadi. Ayniqsa u tabobat ilmining qadimgi allomalari Gippokrat va Galen hamda oʻrta asr Sharqining buyuk hakimi va mutaffakiri Abu Bakr ar-Roziy (864—925)ning asarlarini puxta oʻrganadi. Ibn Sino 17 yoshidayoq eʼtiborli hakim va olim boʻlib yetishadi. U amr Nuh ibn Mansurni davolab tuzatgach, somoniylarning saroy kutubxonasidan foydalanishga ruxsat oladi. Kutubxonada u bir yil davomida turli sohalardagi ilmiy asarlarni mutolaa qilib, bilmlarni chuqurlashtiradi. X asr oxiri va XI asr boshlarida Movarounnahr va Hurosonda yuzaga kelgan ogʻir sharoitda Ibn Sino ona shahri Buxoroni tark etib, avval Urganchda, xorazmshoh Maʼmun saroyidagi olimlar qatoridan joy oladi. Soʻngra Mahmud G`aznaviyning tazyiqi tufayli Xorazmdan ham chiqib ketadi. U umrining oxirigacha Obivat, Goʻrgon, Ray, Qazvin, Isfaxon, Xamadon shaharlarida hukmdorlar qoʻl ostida tabiblik va vazirlik qiladi.
1037-yilda Hamadonda vafot etadi. Ibn Sino arab va fors tillarida fanning turli sohalari boʻyicha 300 dan ortiq asarlar yozdi. Bu asarlarning eng buyugi „Tib qonunlari“ asaridir.
Ibn Sino asarlari 280 dan ortiqdir. Shulardan 40 dan ortigʻi tabobatga oid, 30 ga yaqini turli tabbiy fanlarga, 180 ta risolasi falsafa, mantiq, ruxshnoslik, geologiya, etika va ijtimoiy masalalarga, 3 risolasi musiqiy ilmga bagishlangan. Lekin bizga bu asarlarning 160 ga yaqini yetib kelgan. Asarlar orasidagi 18 jildli „Kitob uf-shifo“ asarini falsafa bilimlar qomusi desa boʻladi. U „Urjuza“ risolasi muallifi.
Dostları ilə paylaş: |