Abu Nasr Farobiyning “Musiqa katta kitobi”



Yüklə 179,95 Kb.
səhifə19/45
tarix28.03.2022
ölçüsü179,95 Kb.
#84782
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   45
Abu Nasr Farobiyning “Musiqa katta kitobi”-hozir.org

Farobiy dunyoqarashida ijtimoiysiyosiy va axloqiy fikrlar ham muhim o’rinni egallaydi. Allomaning "Baxtsaodatga erishuv haqida", "Fozil shahar aholisining fikrlari", "Baxtsaodatga erishuv yo’llari haqida risola", "Buyuk kishilarning naqllari", "Musiqa haqida katta kitob", "Fuqarolik siyosati" va b. asarlari jamiyat va uni boshqarish, axloqodob va ta’limtarbiya masalalariga bag’ishlangan.

Farobiy Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlari faylasuflari orasida birinchi bo’lib, jamiyatning kelib chiqishi, uning maqsad va vazifalari haqidagi ta’limotni ishlab chikdi. O’rta asr sharoitida jamiyat tabiiy ravishda kelib chiqqanligini, inson faqat boshqalar yordamida hayot qiyinchiliklariga qarshi kurasha olishi mumkinligini asoslab berdi. "Har bir inson, — deydi Farobiy, — o’z tabiati bilan shunday tuzilganki, u yashash va oliy darajadagi yetuklikka erishmoq uchun ko’p narsalarga muhtoj bo’ladi, u bir o’zi bunday narsalarni qo’lga kirita olmaydi, ularga ega bo’lish uchun insonlar jamoasiga ehtiyoj tug’iladi... Bunday jamoa a’zolarining faoliyati bir butun holda ularning har biriga yashash va yetuklikka erishuv uchun zarur bo’lgan narsalarni yetkazib beradi.


Yüklə 179,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə