Academic Research in Educational Sciences volume 2


Academic Research in Educational Sciences



Yüklə 265,62 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/9
tarix13.01.2023
ölçüsü265,62 Kb.
#98504
1   2   3   4   5   6   7   8   9
etnik-psixologiya-va-milliy-psixologik-qiyofa

Academic Research in Educational Sciences 
VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-1262-1270 
Google Scholar 
Scientific Library of Uzbekistan 
Academic Research, Uzbekistan 1267 www.ares.uz 
bo’lgan bir necha feodal davlatlar, xonliklarning siyosiy-iqtisodiy jixatdan 
parchalanganligi, ular o’rtasidagi tez-tez bo’lib turadigan qonli to’qnashuvlar, 
xo’jalik yurgizishdagi patriarxal usullarning mavjudligi, urug’-aymokchilik urf-
odatlarining saqlanib qolishi va nixoyat dexkonchilik qilish uchun sug’oriladigan, 
yaroqli yerlarning cheklanganligi kabi omillar, o’zbek xalqi harakteridagi shu 
xislatlarni vujudga keltirib chiqaradi. 
Bundan tashqari aka-ukalar yoki qarindosh-urug’lar o’rtasidagina emas, 
shuningdek, quni-qo’shnilar bilan ham yaxshi munosabatlar, o’zaro yordam va 
hamkorlik kursatish kabi xislatlar ancha rivojlangan qadim vaqtlardayok bir urug’ 
yoki qabila bir mahalla yoki butun bir qishloqda birgalikda yashagan. Kamdan-kam 
hollardagina begona urug’ yoki qabila vakili notanish joylarga kuchib borgan. Hozir 
ham ko’p qishloqlarda mahallalar qarindosh-urug’chilik tamoyili asosida shakllanadi. 
Demak, yon qo’shni ayni vaqtda sizning yaqin qarindoshingiz hamdir. Shuning 
uchun kadim vaqtlardayoq bir oilada ovqat pishirilsa- albatta qo’shnikiga, 
qarindoshnikiga chiqarilgan qo’shnining yaxshi kunida ham, aziyatli kunida ham 
birinchi bo’lib devormiyon qo’shni xizmat qiladi, qo’shnining uyidagi marakaga 
qatnashmaslik, ayniqsa, taziyali marosimlarda ishtirok etmaslik, bizlar uchun katta 
ayb hisoblanadi. Shuning uchun ham bizda qo’shni to’g’risida juda obrazli makollar 
yaratilgan, “xovli olma, qo’shni ol”, “uzoqdagi qarindoshdan yaqindagi qo’shni 
yaxshi”, “yon qo’shnim - jon qo’shnim” va hakozo. Bundan tashqari milliy 
tabiatimizda o’zaro mehr-oqibat, muruvvat, andisha, or-nomus, sharmu hayo, ibo - 
iffat kabi betakror fazilatlar, bag’ri kenglik, mehmondo’stlik, oqko’ngillilik 
xususiyatlari mavjud. Bunday hamjixatlik, bir-birini qo’llab turishlik faqat qo’shnilar 
o’rtasidagina bo’lib qolmasdan, butun mahalla va qishloq aholisi o’rtasida ham kuchli 
rivojlangan. Mahalla yoki qishloq aholisi biror xonadonda aza borligini eshitib 
qolsaa, vafot etgan kishini yaxshi tanish-tanimasligidan qat’iy nazar, marxum bilan 
vidolashmoq uchun vaqtini ayamasdan, yumushini tashlab bo’lsa ham marxumning 
uyiga kelib, hamdardlik bildiradi, qo’lidan kelgan yordamni kursatadi. Marxumning 
tobuti mozorga borguncha yelkama-yelka ko’tarilib boriladi. Yo’lda uchragan har bir 
kishi - u otda bo’lsa ham, mashinada bo’lsa ham tushib bir necha qadam tobutni
ko’tarishib borishni o’zining insoniylik burchi, deb hisoblaydi. Qo’ni-qo’shni, 
mahalla - kuyni va hamqishloqlarning bunday bir-birini qo’llab-qo’ltiklab turishlari, 
bir-birlarining manfaatlarini himoya qilishlari kishilarning uzoq davrlar mobaynida 
birgalikda yashab kelishi, mahalla va qishloq axlining bir-birlariga qarindosh-
urug’chilik iplari bilan bog’langanliklari natijasidir. 



Yüklə 265,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə