Academic Research in Educational Sciences Volume 3


ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA



Yüklə 274,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix19.05.2023
ölçüsü274,19 Kb.
#111531
1   2   3   4
navoiy-qit-alarida-ma-naviy-axloqiy-masalalarning-badiiy-ifodasi (1)

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA 
Birgina" Xazoyin ul Maoniy" da koʻplab qitʼa namunalari keltirilgan. Qitʼa 
arabcha soʻz boʻlib,"boʻlak", "parcha" maʼnolarini anglatadi. Mana shu boʻlak va 
parchalar ichida katta maʼno mazmunni oʻzida mujassam etadi. Qitʼa baʼzi 
manbalarda "boshsiz gʻazal" deb ham yuritiladi. Ushbu janr turk, arab, fors-tojik 
adabiyotida keng yoyilgan janrdir. Qitʼa doim alohida holda 
kelmaydi. Qissadan hissa chiqarish maqsadida turli nasriy asarlar 
debochasida ham keladi. Navoiy yaratgan qitʼalar qitʼaning janr 


Academic Research in Educational Sciences 
Volume 3 | Issue 4 | 2022
ISSN: 2181-1385 
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-4-216-219 
SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 
 
 
 
 
217
 
April, 2022 
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal 
sifatida alohida mavqega ega boʻlishida katta hissa qoʻshgan. Navoiygacha boʻlgan 
davrda Lutfiy, Xorazmiy, Amiriy ijodida ham qit'aning namunalarini uchratish 
mumkin. Navoiyning" Mahbub ul qulub", "Xazoyin ul Maoniy"," "Arbain hadis" 
asarlarida qitʼaning ajoyib namunalarini uchratishimiz mumkin. Qitʼa janridagi eng 
salmoqli hissani Navoiy qoʻshgan desak mubolagʻa boʻlmaydi.Sababi,birgina " 
Xazoyin ul Maoniy"da 210 ta qitʼa namunasi bor. Ushbu qitʼalarida ilm-maʼrifatni 
egallash , ota-ona hurmati, adolatli shoh, yaxshi axloq egasi boʻlish yomonlardan 
uzoq boʻlish mavzulari ilgari suriladi. Albatta, barcha janrlar singari qitʼa markazida 
ham komil inson gʻoyasi yotadi. Navoiy qitʼalari asosida maʼnaviy-axloqiy masalalar 
yotadi desak mubolagʻa boʻlmaydi.
Alisher Navoiy qitʼalari faqatgina mazmundorligi bilan emas badiiy 
mahoratining yuksakligi bilan ham noyob sanaladi. Ijodkor koʻpincha qitʼaning ilk 
baytida keltirilgan tayanch gʻoyani oʻquvchiga yetkazish, uning his tuygʻulariga taʼsir 
etish maqsadida rang-barang tamsillardan foydalaniladi. Alisher Navoiyning nafaqat 
qitʼalarini, balki, barcha ijod namunalari bilan tanishish mobaynida uning hayotga 
boshqacha nazar bilan qaraganining guvohi boʻlishimiz mumkin. 

Yüklə 274,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə