Adsorbtsiya


 Adsorbentlar va ularning tavsifi



Yüklə 332,38 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix23.09.2023
ölçüsü332,38 Kb.
#123052
1   2   3   4   5   6   7
Adsorbtsiya

6. Adsorbentlar va ularning tavsifi. 
Xar qanday adsorbentning gazlarni yutish qobiliyati uning g’ovakligiga, fizik xossalariga 
bog’liq bo`ladi. Gazlar kristall adsorbentdan ko`ra, amorf adsorbentga yaxshiroq adsorbilanadi, 
chunki amorf adsorbent sirti tekis bo`lmasdan, g’adir-budir bo`ladi.
Kristall adsorbentlarda esa asosan qirra va cho`kqilari adsorbilanishda ishtirok etadi. 
Adsorbentlarning eng muxim xossalaridan biri ularning g’ovakliligi xisoblanadi.
Eritmalarda sodir bo`ladigan reaktsiyalar natijasida cho`kish hamda ajralib chiqadigan 
(masalan bariy sul’fat) yoki qattiq jismni maydalab tayyorlanadigan nog’ovak adsorbentlar 
jumlasiga organik, kremniy organik moddalarni chala yonish maxsulotlari (qora qurum, oq qurum) 
shuningdek, kremniy galogenidlari (SiCl
4
, SiF
4
) ning suv bug’i bilan gidrolizlanish maxsulotlari 
(aerozollar) kiradi. Bu adsorbentlarning ba`zi xossalari quyidagi jadvalda keltirilgan.
Adsorbent xili 
S
sol 
m
2
/g 
Dispersligi va strukturasi 
Vakillari 
Nog’ovak 
1-10 
Dag’al disper, mikrog’ovak, 
struktura 
Oksidlar, tuzlar 
Adsorbentlar 
100 
YUqori dispers mirog’ovak 
struktura 
Grafitlangan qurum, oq 
qurum aerazol’ 
G’ovak adsorbentlar 100-1000 
Korpuskulyar, 
po`rsildoq, 
struktura, Kristallli struktura 
Silikagel’, alyumol’gel’ 
aktivlangan ko`mir 
G’ovak adsorbentlarning eng muximlari aktivlangan ko`mir va silikageldir.
Aktivlangan ko`mirlarning solishtirma sirti 1000 m
2
/g ga etadi. Aktiv ko`mir gidrofob 
adsorbent bo`lib, suv bug’ini yomon, uglevodorodlarni yaxshi adsorbilaydi.


14 
Suv bug’ini yuttirish uchun silikat kislotani suvsizlantirilishi natijasida xosil bo`ladigan 
gidrofil’ adsorbent-silikagel’ ishlatiladi.
Sanoatda turli markali silikagellar ishlab chiqariladi. Kichik kontsentratsiyadagi gaz qattiq 
adsorbentga yutilganda gaz molekulalar adsorbentning faqat aktiv markazlariga adsorbilanib
monomolekulyar qavatni xosil qiladi. Adsorbentning aktiv markazi adsorbent sirtidagi kuch 
maydoni to`yinmagan atom yoki atomlar gruppasidan iborat. Agar gaz o`zining kritik 
temperaturasidan past temperaturada adsorbilansa, gaz bosimi ortishi bilan monomolekulyar 
adsorbtsiya polimolekulyar adsorbtsiyaga aylanadi.

Yüklə 332,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə