Alisher navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyot universiteti o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti


“U nima nima qilyapti?” (“pantamimo”) o‘yini



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/29
tarix10.11.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#132795
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   29
rahmonov nosir adabiyot darslarida didaktik o\'yinlardan foydalanish bmi

“U nima nima qilyapti?” (“pantamimo”) o‘yini 
O‘quvchilardan biri bolalar oldiga chiqarib ovozsiz harakatlar qilishadi. 
O‘quvchilar jamoasi birgalikda uning harakatlarini izohlab berishlari lozim. 
Bunday o‘yin adabiyot darslarida o‘quvchilar nutqini va ziyrakligini o‘stirishi 
va zeriktirmaslik uchun o‘tkaziladi. Biror badiiy asar qahramonining harakatlarini 
ko‘rsatish orqali tengdoshlariga yetkazadi. 
Aralash tipdagi o‘yinlar.
“Kun va tun” o‘yini 
O‘qituvchi doskaga ikki yoki undan ortiq ijodkor nomini yozadi. O‘quvchilar 
o‘qiganlaridan so‘ng “Tun” deb buyruq beradilar. Bolalar ko‘zlarini yumib 
oladilar. O‘zlarini uxlaganga soladilar. O‘qituvchi so‘zlardagi biror harfni yoki 
bo‘g‘inlarni almashtirib qo‘yadi. “Kun” degan buyruqdan keyin o‘quvchilar 
ko‘zlarini ochadilar va qanday o‘zgarishlar bo‘lganligini aniqlaydilar. 
“Meni tushun” o‘yini 
Bu o‘yinni o‘quvchilar diqqatini jamlash maqsadida adabiyot darslarida 
bo‘ladigan dam olish daqiqalarida o‘tkazish mumkin. 
O‘qituvchi badiiy asarlar nomlari yozilgan qog‘ozlarni stol ustiga teskari qilib 
qo‘yadi. O‘quvchilardan biri qog‘ozlardan bittasini tanlab oladi va shu qog‘ozga 
qarab unda nomi yozilgan asarni shunday tasvirlashi kerakki, qolgan o‘quvchilar 
gap nima haqida borayotganligini darrov tushunib javob berishlari kerak. 
1-variant: Bu roman janriga mansub asar. Unda bobokalonimiz Bobur mirzo 
hayoti aks etgan. (Javob: “Yulduzli tunlar”) 
2-variant: Bu hikoya muallifi O‘tkir Hoshimov. Unda urush davri voqealari 
tasvirlangan. Asarda kasalvand uka va montyor aka obrazlari bor (Javob: 
“Urushning so‘nggi qurboni”) 
3-variant: Bu she’r muallifi shoir Muhammad Yusuf. Unda Vatan madh 
etiladi. She’r davomida Usmon Nosir, Furqat singari ijodkorlarning ayanchli 
qismati haqida so‘z boradi (Javob: “Ulug‘imsan, Vatanim”) 


Shuni eslatib o‘tish joizki,yuqori sinf adabiyot darslarida qo‘llash uchun 
tavsiya qilinayotgan didaktik o‘yinlardan foydalanishda qat’iy chegara mavjud 
bo‘lmay, boshqa sinflarga ham moslashtirib foydalanish mumkin. Didaktik 
o‘yinlar o‘quvchilarning bilimga bo‘lgan ishtiyoqlari rivojiga katta turtki bo‘lishi 
mumkin. Ayniqsa, qiyin o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarning bilish imkoniyatlarini 
oshirishga bunday o‘yinlar samarali ta’sir ko‘rsatadi. 



Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə