Alisher navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyot universiteti o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti


Badiiy asarlar orqali didaktik o‘yinlarni tashkil qilish



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/29
tarix10.11.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#132795
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29
rahmonov nosir adabiyot darslarida didaktik o\'yinlardan foydalanish bmi

2.2. Badiiy asarlar orqali didaktik o‘yinlarni tashkil qilish 
Maktab tajribasida asarni tahlil qilishni “Asarda kim haqida hikoya 
qilinadi?” yoki “Hikoyada qatnashuvchi shaxslarni ayting”, “Muallif nima haqida 
hikoya qilganini qisqacha ayting” kabi savol va topshiriqlar bilan boshlash 
maqsadga muvofiq dеb topiladi.
Ta’lim mazmunining maksimum darajasida mujassamlashtirilgan bilimlar esa 
o‘quvchining muntazam rivojlanishiga yordam bеradi. Shuning uchun ham 
darsliklarda taqdim etilgan mashk, masalalar, savol va topshiriqlarda rеproduktiv, 
mahsuldor mеtodlar hamda usullar uzviy aloqadorlikda tatbiq etilishi lozim. O‘quv 
– bilim jarayoni o‘quvchiga ta’lim bеrish harakatlari asosan o‘quv matеriallarining 
qurilishdan kеlib chiqqan holda amalga oshiriladi. Bunda o‘zlashtirilgan 
matеriallariga bilimlarning Yangi darajalari nuqtayi nazaridan yondashish 
imkoniyatlari ham mavjud. Shunga ko‘ra o‘quvchilarga o‘quv jarayonining 
maqsadidan kеlib chiqqan holda tabaqalashtirilgan savol va topshiriqlar taqdim 
qilinishi ulardagi gеndеr tеnglik va gеndеr farqlarga rioya etilishi lozim. 
Bugungi kunda didaktik jihatdan katta samara bеrayotgan usullardan yana biri 
– sinf ahli yoki alohida tanlab olingan o‘quvchilar guruhning alohida – alohida ish 
turlari yoki individual topshiriqlar bilan band qilinishi bilan bog‘lik harakatlardir. 
Asarni o‘rganish yuzasidan butun sinfga mo‘ljallanadigan savol va topshiriqlar 
odatda yaxshi o‘zlashtiradigan o‘quvchilarni o‘ylab beriladi. Lekin savol va 
topshiriqlar asosida har kim o‘z imkoniyati doirasida tayyorgarlik ko‘radi. Iqtidorli 
o‘quvchilarga qo‘shimcha yoki murakkablashtirilgan savol va topshiriqlar 
bermaslik, sinf o‘quvchilarining faolligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Doim sanoqli 3-

o‘quvchidan so‘ralaverganda esa boshqa o‘quvchilar imkoniyatlari 
yetmayotganligini his etib, darsga qiziqmay qo‘yadilar. Uyga vazifa berganda 
yozma bajariladigan ishlarni nazarda tutgan ma’qulroqdir. O‘quvchi bir nechta 
savolga yozma javob topishi va hokazo ishlarni bajarib keladi. Lekin bu yumushlar 
o‘quvchidan ko‘p vaqt talab etmasligi lozimligi umumdidaktik talablardan kelib 
chiqadi. O‘qish paytida matn ustida kuzatish ishlarini tashkil etuvchi va 
umumlashtiruvchi savol va topshiriqlar darsda bajariladigan eng muhim ish 


turlaridan biridir. Masalan, qahramonning fazilatini ochishga yordam beruvchi 
tafsillarni aniqlash va hokazo. 5-6-7 sinflarda o‘qitishda asosan turli xil topqirlar 
bellashuvi, tez aytish, jumlalarni-jumlalarga bog‘lash, “Kim epchil-u, kim 
chaqqon” o‘yini, “Keling bog‘yarataylik”, “Gap qoldiqlarini tez to‘ldiring”, 
“Savollarga javob bering” kabi o‘yinlardan foydalanish maqsadga muvofiq. Yuqori 
sinf o‘quvchilari bilan dars jarayonida muammoli vaziyat yaxshi natija beradi. 
Adabiyot darslarida yuqorida keltirilgan ba’zi o‘yinlarni ko‘rib o‘tishimiz 
mumkin. Masalan. 5- sinfda mavzu o‘tildi, mavzuni yakunlash yoki bolalarni biroz 
dam oldirish maqsadida “Keling bog‘yarataylik” o‘yinini o‘tkazish mumkin. 
O‘quvchilar uchun ishlangan alohida kichik bir doska, doskada to‘qqizta kichik 
taxtachalar, taxtachalarning oldi qimiga gul rasmi yopishtirilgan, orqa qismiga 
savol yashiringan. O‘quvchilar uch guruhga bo‘linishadi. Bir o‘quvchi chiqib 
kichik taxtachalardan birini tanlaydi va shu taxtachaga yozilgan savolga javob 
beradi, agar javob bera olmasa katta doskaga taxtachalar ilinmaydi. Javob o‘quvchi 
tomonidan to‘la aytilsa, taxtachaga ilinadi. Javob bergan guruh o‘z bog‘iga bitta 
ko‘chat ekadi. Shu tariqa davom ettirilsa, kichik bir bog‘ hosil bo‘ladi. G‘olib 
guruh, 
faol 
ishtirok 
etgan 
o‘quvchilar 
izohli 
baholanadi. 
Bunday dars jarayonida o‘tkaziladigan o‘yinlar o‘quvchilarni dunyo qarashini, 
dadil va ravon so‘zlashga, tabiatga, gullarga bo‘lgan mehrini oshiradi. 
Adabiyot darsi orqali o‘quvchi faqat tilga oid bo‘lgan bilim, ko‘nikma va 
malakalarini emas, balki shaxs sifatida shakllanishi lozim. Har bir mavzuni 
yoritishda 
mavzuni 
nutqdagi 
o‘rnini 
ham 
ta’kidlab 
o‘tish 
lozim. 
Ayni vaqtda davr talabi ham yosh avlod ma’naviy zukko, mustaqil fikrlay 
oladigan dadil kadrlarni kutmoqda.

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə