Amaliy psixologiya


KIRISH………………………………………………..………………



Yüklə 228,5 Kb.
səhifə2/9
tarix29.03.2022
ölçüsü228,5 Kb.
#84838
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Salomov Shamsiddin kurs ishi

KIRISH………………………………………………..………………

3/./

1.

Huquqiy ong va uning tuzilishi...……..……………………………….

6/./

2.

Huquqiy psixologiyada bilish jarayonlari va funksiyalari.……………

15/./

3.

Huquqiy ongni baholash funksiyasi…………………………………..

27/./




XULOSA………………………………………………………………

33/./




FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI………………

34/./



KIRISH

Mavzuning dolzarbligi: Hozirgi kunda Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlarning taqdiri yoshlarning ma’naviy qiyofasiga, shaxsiy barkamolligiga bog‘liq. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 08.10.2019 yildagi PF-5847-son farmonida O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, oliy ta’limni modernizatsiya qilish, ilg‘or ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida: ilg‘or xorijiy tajribalarni tahlil qilish orqali oliy ta’lim sifatini oshirish, o‘quv dasturlarini takomillashtirish va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish va ushbu konsepsiyaning Oliy ta’lim tizimini rivojlantirishning strategik maqsadlari va ustuvor yo‘nalishlarida o‘quv adabiyotlari sifatini yaxshilash belgilangan.

Bu vazifalarni amalga oshirish insoniy o‘zaro munosabatlarda demokratik tamoyillarni ongga to‘la singdirishni taqozo etadi. Insonlar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlar Davlat va jamiyatning huquqiy asoslarini mustahkamlash, huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish hamda ularga qarshi kurash samaradorligini oshirishda huquqiy psixologiya muhim kasb etadi. Psixologiya bilimlarini har tomonlama chuqur egallash, ko‘nikmalar hosil qilish huquqshunosning yuksak muomala madaniyatini ta’minlaydi. Psixologik madaniyat huquqshunoslik faoliyati samarasini oshiribgina qolmay, uning insonparvarlik mohiyatini namoyon etadi. Sharqda o‘ziga xos va har bir millat psixologiyasiga mos holda shakllantirishdir. Ushbu mavzu jamiyatning yangilanishi davrida inson ma’naviyati va ruhiyatida ro‘y berayotgan o‘zgarishlarning psixologik tabiatini anglashga yordam beradi. Sud psixologiyasi muammolarini o‘rganish uzoq vaqt davomida ana shunday urinishlardan nariga o‘tmagan. XIX asrning ikkinchi yarimida barcha kapitalistik mamlakatlarda nafaqat tabiiy fanlarning gurkirab rivojlanishi, shu bilan birga jinoyatchilikning ham o‘sganligi sud-psixologiya tadqiqotlarini yanada jonlantirish va kengaytirish uchun turtki bo‘ldi.

Yurtimiz mustaqillikka erishganidan so‘ng yuridik psixologiya fanini taraqqiy ettirish uchun keng ufqlar ochildi. Bu fan o‘z taraqqiyotining shartli ravishda yangi bosqichiga ko‘tarildi.

Hozirgi kunda yuridik psixologiya predmetining zamonaviy tarzdagi ifodasi ilmiy-amaliy fanga asoslangan bo‘lib, “inson-huquq” tizimidagi psixologik qonuniyatlarni urganish va shu tizimning samaradorligini oshirish uchun kerakli bo‘lgan tavsiyalar ishlab chiqmoqda.

Psixologiya fani jamiyatimiz rivojlanib borayotgan sari o‘z ahamiyatiga ega bo‘lib, insoniyat hayotida zarur bo‘lgan muhim ilm sohalaridan biriga aylanib bormoqda. Bugun psixologiya ilmi kirib bormagan fan va ishlab chiqarish sohasini deyarli uchratib bo‘lmaydi. Aynan ushbu ko‘satkich mavzuning dolzarbligini asoslab beradi.


Yüklə 228,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə