Hozirgi paytda o'quv materiallari, axborotlarni ekranda ko'rsatish imkoni vujudga kelishi va rivojlanishi bilan o'quv jara¬yonida erishilgan yutuqdan foydalanish keng yoyilib bormoqda



Yüklə 337,5 Kb.
səhifə1/8
tarix12.04.2023
ölçüsü337,5 Kb.
#105226
  1   2   3   4   5   6   7   8

Hozirgi paytda o'quv materiallari, axborotlarni ekranda ko'rsatish imkoni vujudga kelishi va rivojlanishi bilan o'quv jara­yonida erishilgan yutuqdan foydalanish keng yoyilib bormoqda. Zamonaviy axborot texnologiyasi kompyuter texnikasi va aloqa vositalari sohasidagi yutuqlarga tayanadi. Ularning gurkirab rivoj­lanishi turli axborotlardan samarali foydalanishga qaratilgan jamiyatning rivojlanishiga turtki bo'ldi.
Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 13-fevraldagi majlisidagi ma'ruzasida ta'kidlab o'tilganidek, «Bugungi kunda zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, ularni har bir mutaxassislik va sohalar bo'yicha qo'llash imkoniyatlarini izlash, mazkur texnologiyalarni yanada takomillashtirish jarayonlarida ishtirok etish, eng avvalo, bu boradagi bilimlarni beruvchi, targ'ib ctuvchi pedagogik kadr va mutaxassislarni taqozo etadi».
Axborot texnologiyalari — bu odamlarning bilimlarini rivojlantiradigan, ularning texnika va ijtimoiy jarayonlarni boshqarish bo'yicha imkoniyatlarini kengaytiradigan ma'lumotlarni tashkil et­ish, saqlash, ishlab chiqish, tiklash, uzatish usullari va texnik vositalardir. Yana shuningdek, axborot texnologiyalari deganda, ma'lum bir maqsadga erishish uchun amalga oshiriladigan jarayonlar zanjiridan iborat yaratuvchi faoliyat tushuniladi.
Axborot texnologiyalari, birinchidan, axborotning sirkulatsiyasi va ishlov berish majmui, ikkinchidan, bu jarayonlarning tasviridir.
Zamonaviy axborot texnologiyalarni o'quv jarayoniga tatbiq etilishi, iqtisodiy samara berish bilan birga ta'limda yangicha o'quv metodlarini keng ravishda qo'llashga imkoniyat yaratib beradi. Maxsus ixtisoslashtirilgan auditoriyalar, chunonchi, kompyuter, televizor, videomagnitofon bilan ta'minlangan auditoriyalarda dars o'tish borgan sari ommalashib bormoqda. Hatto uni alohida videometod sifatida talqin etilmoqda. Avniqsa, o'quv jarayoniga kompyuterning kirib kelishi barcha didaktik funksiyalarni muvafaqqiyatli bajarish imkoniga ega videometodni keng qo'llash imkonini beradi. Buning natijasida uni kompleks didaktik texnologiya deb ham atalmoqda.
U:

Yüklə 337,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə