46
Ichki sekretsiya bezlariga: gipofiz, epifiz, qalqonsimon bez, qalqon oldi
bezi, ayrisimon bez, me'da osti bezi, buyrak usti bezlari va jinsiy bezlar kiradi. Bu
bezlar
moddalar almashuviga, organizmning o`sishi va rivojlanishiga hamda jismoniy
va ruhiy jihatdan rivojlanish, balog`atga etish va barcha organlarning faoliyatiga
ta'sir ko`rsatadi.
Bundan tashqari nafas olishga, qon aylanishiga, ovqat hazm qilishga,
ayirishga, ko`payish organlari funktsiyasiga ta'sir ko`rsatadi.
Ichki sekretsiya bezlari embrion rivojlanishining boshlang`ich davrlarida
shakllanib, ularda ishlab chiqariladigan gormonlar ona qornidagi bolaning o`sishiga
o`z ta'sirini ko`rsatadi.
Ichki sekretsiya bezlarining hammasi birga qo`shilgan
holda organizmning
endokren sistemasini hosil qiladi. Endokrin yunoncha so`z bo`lib «endos» –ichkariga
«krino» –ajrataman degan ma'noni bildiradi.
Ichki sekretsiya bezlarining ish faoliyatini gipofiz bezi boshqarib turadi.
Gipofiz bezi funktsiyasini esa markaziy nerv sistemasi tomonidan, ya'ni oraliq
miyadagi gipotalomusdan ajraladigan neyrogormonlar orqali boshqariladi. Gipofiz
bezi morfofunktsiyaonal jihatdan gipotalomusga juda yaqindan bog`liqdir.
Shuning
uchun ham bular birgalikda gipotalama-gipofizar sistema deb ataladi.
Dostları ilə paylaş: