Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti tabiiy fanlar kafedrasi



Yüklə 324,93 Kb.
səhifə40/67
tarix29.11.2023
ölçüsü324,93 Kb.
#141252
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   67
Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti tabiiy fanlar-hozir.org

Hayotiy minimum byudjeti o‘z ichiga uy xo‘jaligi a’zolarining minimal, odatda, fiziologik ehtiyojlarini qondirishga mo‘ljallangan oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari va xizmatlari to‘plamini qamrab oluvchi iste’mol savatchasi asosida aniqlanadi.
Minimal iste’mol byudjeti uy xo‘jaligi a’zolarining nisbatan kengroq bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishga imkon beradi va iste’molning tiklanuvchi (tiklanuvchan) darajasini ta’minlaydi.
Optimal iste’mol byudjeti esa uy xo‘jaligi darajasida (doirasida) inson kapitalini kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni ta’minlash va rivojlantirishga moliyaviy imkoniyat yaratadi. CHunki bu byudjet insonning faqat zaruriy ehtiyojlarini emas, balki undan ham yuqoriroq (oliyroq) bo‘lgan ehtiyojlarini qondiradi. Optimal iste’mol byudjetini quyidagi ikki darajadagi byudjetlarga bo‘lish (ajratish) mumkin:

Iste’molga xarajatlarning har qanday ko‘rinishi va uning umumiy hajmiga oid har qanday moliyaviy qarorlar uy xo‘jaliklari ma’lum ko‘rinishdagi byudjetlari doirasidagi ratsional tanlashga asoslanadi. Agar uy xo‘jaligining daromadi faqat hayotiy minimumni qoplashga etadigan bo‘lsa, u holda moliyaviy qarorlar uy xo‘jaligi iste’mol fondini minimallashtirishga va bir vaqtning o‘zida daromadlarning yangi manbalarini qidirib topishga hamda hayot kechirishning (chidashning) moslashtirilgan mexanizmlarini (o‘z-o‘zini ta’minlash, ikkilamchi bandlik, qarindoshlar va davlatning yordami, mayda-chuyda savdo va boshqalar) “yoqish”ga qaratilgan bo‘lishi kerak. Daromadlarning o‘sishi bilan iste’molning o‘lchami (hajmi) oshadi (o‘sadi, ortadi) va uning tarkibiy tuzilmasi o‘zgaradi. Biroq, bu holda ham iste’molning o‘sish sur’atlari daromadning o‘sish sur’atlaridan pastligicha qolaverishi lozim. Bunday qonuniyat iqtisodiy adabiyotda J.M.Keyns4 tomonidan ifodalangan “asosiy psixologik qonun” nomini olgan. Moliyaviy qarorlarda bu uy xo‘jaligi iste’mol fondi va jamg‘armalar yo‘nalishini optimallashtirish tendensiyasi sifatida namoyon bo‘ladi.


Jamg‘ariladigan fondlarni (jamg‘armalarni) shakllantirish bo‘yicha uy xo‘jaliklarining moliyaviy qarorlari ishlab chiqilib, qabul qilinayotgan paytda quyidagilar hisobga olinishi kerak:
  • ega bo‘lingan daromad pasaygan paytda joriy iste’molning odatdagi darajasini saqlab turish uchun sug‘urta rezervlari yaratishning zarurligi;


  • uzoq muddatga foydalanishga mo‘ljallangan qimmat turuvchi predmetlarni sotib olish bilan bog‘liq bo‘lgan kapital xarajatlar darajasini oshirish (ko‘paytirish) uchun pul rezervlarini yaratish kerakligi;


  • pensiya rezervlarining lozimligi;


  • uy xo‘jaligining daromadlilik darajasini oshirish maqsadida kelgusida investitsiyalashtirish uchun pul fondini vujudga keltirishning zarurligi.


Daromadlar va ustuvor yo‘nalishlarni shakllantirish hamda ulardan foydalanishda umumiqtisodiy o‘lchamlardan (parametrlardan) tashqari uy xo‘jaligining iste’mol va moliyaviy xatti-harakatida, jamg‘ariladigan fondlarni yaratishda sotsial va psixologik jihatlar (aspektlar) muhim rol o‘ynaydi. Ularga quyidagilar kiradi:


  • davlat va moliyaviy institutlarga nisbatan bo‘lgan ishonch darajasi;


  • o‘tmishdagi (oldingi yillardagi) moliyaviy xatti-harakat tajribasi va uning sub’ektiv bahosi;


  • asosiy moliyaviy instrumentlarni bilish;


  • quyilmalarning imkoniyatlari to‘g‘risida ma’lumotlarga egalik qilish.





Yüklə 324,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə