“Xalqaro moliya”ga doir xorijiy adabiyotlarda xalqaro moliya bozorlari va risklarni boshqarish, TNK va to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar, xalqaro qarz inqirozlariga asosiy urg‘u beriladi. SHuningdek, xalqaro moliya doirasida dunyo mamlakatlarining xalqaro moliya tizimidagi o‘rni, holati, tashqi moliyalashtirish mexanizmi, rivojlanayotgan moliya bozorlarining xususiyatlari ko‘rib chiqiladi.
1957 yili Londonda Britaniya hukumatining funt sterling ustidan nazorat o‘rnatishiga javob tariqasida evrodollar bozorining yuzaga kelishi;
1958 yilda dastlab, «Umumiy bozor» deb atalgan Evropa Iqtisodiy Hamkorligi (EIH) – hozirgi Evropa Ittifoqining (EI) tashkil topishi;
Amerika korporatsiyalari xorijiy faoliyatlarini kengaytirishga intilishi (1950 yillardan boshlab). Jahon bozorida Evropa va YAponiya korporatsiyalari faoliyatining sezilarli o‘sishi, shuningdek, xalqaro maydonda Amerika korporatsiyalari bilan ushbu mamlakatlar o‘rtasida raqobatning kuchayishi;
O‘tgan asrning 60-yillarida YAponiya iqtisodiyotini tez sur’atlar bilan o‘sishi, Uzoq SHarq biznes faoliyatida yangi imkoniyatlarning ortishi;
1971-1973 yillarda Brettonvud tizimini qulashiga olib kelgan jahon moliya inqirozlari, valyutaning belgilangan kursi tizimidan, suzuvchi valyuta kurslariga o‘tish;
1971-1979 yillardagi birinchi va ikkinchi neft inqirozlari jahon iqtisodiy tizimiga bosim o‘tkazishi. Ushbu sanalarda neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti (OPEK) neft narxini sezilarli darajada oshirshi;
Rivojlanayotgan mamlakatlarning 1982 yilda tashqi qarzlarga xizmat ko‘rsatishi bilan bog‘liq jahon qarzdorlik inqirozining boshlanishi;
1980 yillarda YAponiyaning xalqaro moliyaviy kuch va jahon kapitalining manbasi sifatida etakchi mamlakatga aylanishi;
1987 yilda ettita mamlakatning (“Katta ettilik”) Parijda Luvr bitimini imzolashi. Ular o‘z valyuta kurslarining dollarga nisbatan tor tebranish doirasida sun’iy ravishda almashtirish orqali, kuchsizlanib borayotgan dollarni qo‘llab-quvvatlashni rejalashtirdilar. SHuning-dek, ushbu mamlakatlar kelishilgan iqtisodiy siyosat yuritishni mo‘ljalladilar;
1987 yilda EIH yagona Evropa aktini qabul qilish orqali 1992 yilda yaxlit Evropa bozorini tashkil qilishni rejalashtirilishi. Bunda, mazkur tashkilotning G‘arbiy Evropa moliyaviy va iqtisodiy holatiga sezilarli ta’sir etishi kutildi;
1989-1992 yillarda SHarqiy Evropa mamlakatlari o‘z siyosiy yo‘nalishlarini o‘zgartirishi. Ularning kommunistik dunyoqarashdan ko‘p partiyaviylikka, markazdan rejalashtiriladigan iqtisodiyotdan erkin bozor iqtisodiyotiga o‘tishi, jahondagi siyosiy, iqtisodiy va moliyaviy holatga chuqur ta’sir etdi;
12) 1992 yildan keyin yaxlit Evropa bozorining yuzaga kelishi, 1993 yil noyabr oyidan erkin savdo bo‘yicha SHimoliy Amerika bitimining kuchga kirishi, 1993 yilda Osiyo-tinch okeani iqtisodiy hamkorligi konferensiyasi va boshqa jarayonlar, o‘tgan asrning 90-yillarida hududiy rivojlanishni jadallashtirdi.