Antidangasalik



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/27
tarix22.12.2022
ölçüsü1,51 Mb.
#97705
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27
Antidangasalik таҳрир

Relevant — muhim 
Siz nima uchun shu maqsadni tanlaganingizni o‘ylab ko‘ring. Bu qanchalik muhim? Bu 
maqsad orqali hayotingizda ahamiyatli o‘zgarish bo‘ladimi? Sizga bu maqsad qanday foyda 


33 
keltiradi? Agar maqsaddan oladigan foydangiz hayotingizda muhim rol o‘ynamasa, uni 
o‘zgartiring. O‘zingizning oldingizga missiya qo‘yib oling. U siz uchun juda muhim 
ahamiyat kasb etsin. 
Time bound — vaqt bilan chegaralangan 
Siz maqsadingizga erishmoqchi bo‘lgan aniq bir sana bo‘lsin. Aynan belgilagan 
sanangizda maqsadga erisha olmasligingiz mumkin, ammo u sizni tezlashtiradi. 
Chegaralangan ongga psixologik bosim beradi va siz aynan o‘sha sanaga qo‘ygan 
maqsadingizga erishishga ko‘proq harakat qilasiz. 
Evaluate — baholang 
Siz maqsad qo‘yib, bajarishga kirishishni boshlaganingizdan keyin uni turli 
intervallarda baholashni boshlang. Ya’ni har kunda, haftada, oyda maqsadingiz sari nima 
ishlar qilayotganingizni baholab, o‘lchab boring. Yana qancha ish qilganingizdan keyin 
erishishingiz mumkinligini aniqlashtirib borsangiz, ongingiz maqsadingingizni unutib 
yuborishiga yo‘l qo‘ymaysiz. Shuningdek, maqsadingiz amalga oshishi uchun qancha ish 
qilayotganingiz va yana qancha ish qilishingiz kerakligi ko‘zingizga ko‘rina boshlaydi, bu 
esa jarayonni yanada tezlashtiradi.
Readjust — qayta sozlash
Agar siz maqsadlaringizga erisha olmayotgan bo‘lsangiz, maqsadni o‘zgartirmang.
Rejalaringizni qaytadan ko‘rib chiqing. Qayerdadir xato o‘ylagan bo‘lsangiz, uni 
to‘g‘rilang. Qaytadan hisoblab chiqing va yana boshlang.
Yangi yil sindromi
Aniqki, juda ko‘pchilik yangi yil arafasida bitta qog‘oz yoki daftarni oladi va yangi yilda 
erishmoqchi bo‘lgan maqsadlari ro‘yxatini yozadi. Kelasi yilgacha yozilgan maqsadlardan 
qanchasi amalga oshishini o‘zingiz yaxshi bilasiz. Shu bo‘yicha 2014-yilda Skanton 
universitetida tadqiqot
26
o‘tkazilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, yangi yilda maqsad qo‘ygan 


34 
odamlarning atigi 8 foizi qo‘ygan maqsadlariga haqiqatan erishadi. Faqat 64 foizi oxirgi bir 
oyda, 46 foizi oxirgi 6 oyda va 8 foizi oxirigacha uzoq muddatli muvaffaqiyatga erishadi. 
Shu sababli maqsad qo‘yish uchun yangi yilni yoki yangi oy, yangi haftaning boshlanishini 
kutmasdan, bugunoq maqsadingizni aniqlashtirib oling.

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə