Antidangasalik


Ko‘nikmali maqsadlar bilan ishlash



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/27
tarix22.12.2022
ölçüsü1,51 Mb.
#97705
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27
Antidangasalik таҳрир

Ko‘nikmali maqsadlar bilan ishlash
Maqsadlar ikki xil bo‘ladi. Biz yuqorida shuning birinchi turi haqida gaplashdik. 
Bunday maqsadlarga do‘kon ochish, mashina sotib olish, sayohatga chiqish va hokazolar 
misol bo‘ladi. Ikkinchi turdagi maqsadlarga ko‘nikma shakllantirish orqali erishiladi. Misol 
uchun: IELTS'dan 7 ball olish, OTMga kirish, rus tilini o‘rganish va boshqalar. Bunday 
loyihalarni loyihachalarga ajratib amalga oshirib bo‘lmaydi. Hozir shunday loyihalarni 
amalga oshirishni o‘rganamiz. 
Ko‘nikma — bu avtomatizmgacha yetkazilgan mahorat. Misol uchun, o‘n yildan beri 
mashina haydaydigan taksichi yo‘lda harakatlanayotganda o‘zini erkin tuta oladi. Sababi, 
uning mahorati avtomatizmga yetgan. Yangi o‘rganuvchilardek qaysi pedalni bosishni o‘ylab 
o‘tirmaydi. 
Ko‘nikmani shakllantirishning asosiy qoidasi: ko‘nikmaga qancha ko‘p kuch va vaqt 
sarflasangiz, u shunchalik tez shakllanadi. Misol uchun, agar siz ingliz tili bilan kuniga yarim 
soatdan shug‘ullansangiz va sizning do‘stingiz ingliz tili bilan kuniga ikki soatdan 
shug‘ullansa, uning ingliz tilini bilish darajasi siznikiga qaraganda tezroq shakllanadi.
Ingliz tilini o‘rganadiganlarning ko‘pchiligi dars qilishni istamasligining sababi — ular 
bir o‘tirganda kamida 2-3 soat davomida ingliz tili bilan band bo‘lishi kerak. Buncha vaqt 
davomida aqliy mehnat bilan shug‘ullanish har qanday odamni ish boshlanmasidan turib 


37 
dangasalikka chorlaydi. Katta vaqt hajmi tufayli biz ongsiz ravishda ishni boshlashdan 
qo‘rqamiz. Shunday holatda ham bir necha soatlab tinimsiz ishlashga undovchi samarali usul 
mavjud. 1980-yillarda universitet talabasi bo‘lgan Franchesko Chirillo (Francesco Cirillo) 
o‘zining “Pomodoro” texnikasini
27
yaratadi. Bu hozirda dunyodagi vaqtni boshqarish 
texnikalari orasida eng mashhuri hisoblanadi.

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə