Antidangasalik


Komfort zonadan chiqish yo‘llari



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/27
tarix22.12.2022
ölçüsü1,51 Mb.
#97705
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Antidangasalik таҳрир

Komfort zonadan chiqish yo‘llari
1. “Kelajakdagi o‘zimni sevish” 
Deylik, siz talabasiz. Sizga qaysidir fandan ertagacha mustaqil ish yozish vazifasi 
topshirilgan. Siz esa yozish o‘rniga YouTubeda video ko‘rib o‘tiribsiz. Agar shu zaylda 
o‘tiraversangiz, ikki xil holat yuz beradi: yo siz tuni bilan uxlamasdan vazifani yozib 
chiqasiz, yoki yozmaysiz va shu fandan past baho olasiz. Shunda o‘zingizga o‘zingiz ovoz 
chiqarib shunday deng: “Kel, Hasan, shu mustaqil ishni o‘zimiz uchun emas, kechqurun 
uyqusidan kechib yozib chiqadigan “Hasan” uchun bajarib qo‘yaylik, unga rahmimiz kelsin”. 
Yoki xonani yig‘ishtirish borasida “Kel, Hasan, o‘zimiz uchun emas, kechki payt darsdan 
charchab keladigan “Hasan” uchun shu xonani hozir yig‘ishtirib ketaylik”. Biz avval 
aytganimizdek, kelajakdagi o‘zimizga ortiqcha baho berib yuboramiz. Buning o‘rniga 
kelajakdagi o‘zingizga yordam berish haqida o‘ylash sizga foyda keltiradi. 
2. Ideomotor mashg‘ulotlar 
Bu bilan ko‘pchiligimiz maktab davrlarida shug‘ullanganmiz. Siz kinoda qaysidir 
qahramonni ko‘rasiz va uning boshqalardan ajralib turadigan qobiliyatlariga juda havas 
qilasiz. Shunda o‘zingizni ham xuddi o‘sha qahramon deb tasavvur qilgan holda u qilgan 
ishlarni takrorlashga urinasiz, ya’ni taqlid qilasiz. Mana shu taqlid qilib o‘rganish ideomotor 
mashg‘ulotlarga kiradi. Ulg‘aygan insonlarning katta qismi turli omillar tufayli taqlidchilikni 
tashlab qo‘yadi. Ammo bu usul o‘zingizda mavjud bo‘lmagan narsalarni tezroq 
o‘rganishning eng samarali usullaridan biri. Buning uchun siz qaysidir yo‘nalishda 
o‘zingizga yoqqan shaxsni tanlaysiz va xuddi shu shaxs kabi harakat qilishga urinasiz. Misol 


47 
uchun, sahnada turib gapirish bo‘lsin. Shunda birorta kuchli notiqning sahnada turib 
gapirishi, qo‘l harakatlari, ohangini takrorlashga urinishingiz sizda ham notiqlik mahoratini 
o‘stiradi. Agar siz o‘zingizni “Yakkaman, hech kimga taqlid qilmaganman, qilmayman ham” 
desangiz, xato qilayotgan bo‘lasiz. Bilishingiz kerakki, har bir inson aslida taqlidchi. 
Hammamiz eng sodda narsalarni ham birovlarga taqlid qilib o‘rganganmiz, so‘ngra esa 
boshqalardan o‘rgangan narsalarimizni o‘zimizga moslashtirgan holda o‘zligimizni 
yaratganmiz. Demak, siz o‘zingiz uchun taqlid qilmoqchi bo‘lgan insonlarni tanlab oling, 
o‘sha ish bilan shug‘ullangan vaqtingizda tanlagan insoningizni xayolingizda ushlab turing 
va unga o‘xshab harakatlanishga urining.

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə