Antidangasalik



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/27
tarix22.12.2022
ölçüsü1,51 Mb.
#97705
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Antidangasalik таҳрир

3. Dominantalar nazariyasi 
Bu nazariyani birinchi bo‘lib Aleksey Alekseyevich Uxtomskiy
32
(1875-1942) yaratgan. 
Uxtomiskiydan keyin ko‘plab tadqiqotlar bu nazariyani to‘laqonli isbotlab, yangiliklar 
kiritdi. Ularning ta’kidlashicha, bizning harakatlarimiz turli dominantalarning o‘zaro 
almashunuvi tufayli boshqariladi. Dominanta — bu sizning miyangizda qaysidir yo‘nalishda 
ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan neyron hujayralarining yig‘ilishi. Misol uchun, sizning hozir 
kitobni o‘qib turganingizga sabab — shu kitobga qaratilgan dominantalaringiz ayni damda 
boshqa dominantalarga qaraganda kattaroq bo‘lganligida. Agar hozir siz chanqashni 
boshlasangiz, suv ichish xohishiga doir bo‘lgan dominanta yiriklashishni boshlaydi va kitob 
o‘qishga qaratilgan dominantangizdan kattalashgan zahoti siz kitobni qo‘yib, suv ichish 
uchun turib ketasiz. Dominantalar kattalashishi uchun unda ma’lumotlar bazasi katta bo‘lishi 
zarur. Xuddi shuningdek, sizning qaysi yo‘nalishda bilim bazangiz katta bo‘lsa, shu 
yo‘nalishda harakatlanishingiz oson bo‘ladi. Dominantalar nazariyasiga asoslanib, har 
qanday yomon odatlarni ham yo‘qotish va yaxshilarini shakllantirish mumkin. Deylik, siz 
tamaki chekasiz. Uni tashlay olmayotganingizga sabab chekish zararligi haqidagi 
dominantangiz chekishga muhtojlikka oid dominantangizga nisbatan kichikligidir. Agar siz 
chekishning zararli jihatlarini o‘rganishni boshlasangiz, dominantangiz kattalashishni 
boshlaydi va bir kun kelib chekish zararligi borasidagi dominantangiz ikkinchisidan ustun 
keladi, siz o‘sha kuniyoq chekishni tashlaysiz. Shu bilan birga, siz komfort zonadan chiqish, 


48 
dangasalikdan qutilish, kompyuter o‘yinlari kabi zararli odatlarni yo‘qotish va ular aksining 
foydasi bo‘yicha bilim bazangizni ko‘paytirish bilan o‘zingizni yaxshi tarafga 
o‘zgartirishingiz mumkin. Biror zararli odatni yo‘qotishni tanlab, shu bo‘yicha kuniga o‘n 
daqiqa ma’lumot to‘plashni cheklistingizga yozib, bajarsangiz bo‘ladi.
Ko‘pincha biz bajaradigan ishlar xohishlarimiz bilan bir xil bo‘lmaydi. Misol uchun
chiroyli qomat egasi bo‘lishni xohlaymiz, ammo jismoniy mashqlarni bajarmaymiz, chet 
tillarida gapirishni istaymiz, ammo ularni o‘rganmaymiz va hokazo. Xohishimizdagi ishlarni 
bajarishga kelganda, muammolar paydo bo‘la boshlaydi. Ko‘pchiligimiz bu vaziyatning 
yechimi sifatida motivatsiyaga yuzlanamiz. Ayniqsa, hozirga yoshlar faqat motivatsiyaga 
bog‘lanib qolishgan. XX asr o‘rtalarida g‘arbda avj olgan motivatsion treninglar endi bizga 
yetib keldi. Motivatsiyani bir lahzalik katta energiyaga o‘xshatish mumkin. Siz motivatsion 
rolikni ko‘rib bo‘lganingizdan keyin xuddi ichingiz katta kuchga to‘lib ketgandek bo‘ladi. 
Barcha bitmagan ishlaringizni hoziroq yakunlab qo‘yishni, bir nechta tilni o‘rganishni, katta 
pullarni hoziroq topib qo‘yishni xohlab qolasiz. Ammo uzog‘i yarim-bir soatda sizda bu 
ishtiyoqdan asar ham qolmaydi. Shuning uchun ham motivatsiya sizga katta yordam bera 
olmaydi. U faqat sizning xohishingizni oshirib beradi, lekin xohishning o‘zi ishni amalga 
oshirishga yetmaydi. Shuningdek, yana ko‘pincha bizda o‘zimizning xayolimizdagi “Men” 
bilan hayotdagi “Men” boshqa-boshqa insonlar bo‘ladi. Qachonki shu xayolimizdagi 
“Men”ga hayotda ham aylana olsak, dangsalikdan ham qutulgan bo‘lamiz. 
Biz topshiriqlarni tuzish va rejalashtirish haqida avvalgi boblarda suhbatlashgandik. Shu 
topshiriqlarni bajarishni ideomotor mashg‘ulotlar bilan yanada osonlashtirish mumkin. 
Buning uchun siz topshiriqni bajarishdan oldin xayolan bajarish jarayoningizni tasavvur 
qilishingiz, ya’ni xayolan rejalashtirishingiz kerak bo‘ladi. Misol uchun, sizda “Darsdan 
kelgandan keyin ingliz tilidan 50 ta yangi so‘z yodlash” degan topshiriq bor. Siz qilishingiz 
kerak bo‘lgan ishni darsdan kelish vaqtida o‘ylaysiz: “Hozir uyga boraman, ichkaridagi 
xonamga kiraman, shkafdan uy kiyimlarimni olib, formamni almashtiraman, keyin dars 
stolimga o‘tiraman, sumkamdan lug‘at daftarimni olaman va taymerni 25 daqiqaga qo‘yib, 
so‘z yodlashni boshlayman”. Tadqiqotlarga qaraganda, xuddi mana shu zaylda har bitta 
harakatni oldindan tasavvur qilish ishning bajarilish foizini oshirib berar ekan. Ideamotor 


49 
rejalashtirishni “Sekret” filmida keltiriladigan “Vizualizatsiya” bilan aralashtirib yubormang. 
Siz hech qanday energiya tarqatmaysiz va hech narsani o‘zingizga chorlamaysiz. 
“Vizualizatsiya” ish bermaydigan narsa, sababi, uning ilmda hech qanday tasdig‘i yo‘q. 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə