Asosiy qism mehnatga haq tolashning shakllari va tizimlari hamda ularni hujjatlashtirish



Yüklə 223,5 Kb.
səhifə2/7
tarix11.10.2023
ölçüsü223,5 Kb.
#127127
1   2   3   4   5   6   7
Mehnat tatilini hisoblash tartibi

Mustaqil ishining maqsadi: Mehnat tatilini hisoblash tartibi mazmun mohiyati va turlari tartibga solish uslubiyoti va usullari haqida nazariyaning asosiy mazmunini aniqlash va kelgusida rivojlanish istiqbollarini ko’rib chiqish.
Mustaqil ishining vazifalari:
- Mehnat tatilini hisoblash tartibi haqida zamonaviy nazariyalarni aniqlash va tahlil qilish;
-Mehnat tatilini hisoblash tartibining analitik hisobining davlat tomonidan tartibga solishni boshqarishda zamonaviy yangi qirralarini topish;
Mustaqil ishining predmeti: Mehnat tatilini hisoblash tartibining mazmun mohiyati va turlari bo’yicha muhim hujjatlar,ularning faoliyat yo’nalishlari va jahon xo’jaligidagi tutgan o’rni mazkur kurs ishining predmetidir.
Mustaqil ishining obyekti- Mehnat tatilini hisoblash tartibini muvofiqlashtirishni zarurati va boshqa tarkibiy qismilarini parallel O’rganish tizimini tashkil etish.

1. Mehnatga haq to’lashning shakllari va tizimlari hamda ularni hujjatlashtirish


Mehnatga haq to’lashda ishning sifatini, ishlab chiqarish normalarini bajarilishini hisobga olish va ish haqi hisoblashning ma’lum tartibini belgilash zarur. Demak, korxonada mehnatga haq to’lashni tashkil etish biri-biriga bog’liq bo’lgan uchta elementlar bilan aniqlanadi: tarif tizimi, mehnatni normalashtirish va mehnatga haq to’lash shakllari. Sifat jihatidan mehnat tarif tizimi bilan baholanadi, sarflangan mehnat miqdori normalashtirish bilan hisobga olinadi, ish haqi hisoblash tartibi esa mehnatga haq to’lash shakllari bilan aniqlanadi.1
Ishchilar mehnatiga haq to’lashda tarif setkasi asos bo’lib hisoblanadi. Тarif setkasi ishlovchilarning malakasi, mehnatga haq to’lash shakli va mazkur sohaning xalq xo’jaligidagi ahamiyatini inobatga olgan holda tuziladi. Тarif tizimiga quydagilar kiritiladi:
- bir soat yoki bir kunlik mehnatiga to’lanadigan haq miqdorini belgilovchi tarif stavkasi;
- haq to’lashda ish va ishchilarning (malakasi) turli razradlari orasidagi munosabatlarini ko’rsatuvchi tarif setkasi;
- tarif-malakaviy ma’lumotnoma. Uning yordamida tarif setkasiga binoan ish va ishchining razradi aniqlanadi.
Oddiy ishlar 1-razradli ishchining tarif stavkasi bilan to’lanadi. Mehnat malakasi darajasiga, ya’ni belgilangan tarif razryadi va tarif koeffitsiyentiga, qarab qolgan razradlarning tarif stavkalari bu razraddan ortiq bo’ladi. Тarif razradi har bir ishlab chiqarish operatsiyasiga, har bir ish turiga tayinlanadi, shuning uchun ish bajarish normalarini hisobga olgan holda, ishbay ish haqini hisoblab topishda tarif stavkasidan foydalaniladi.
Mehnatga haq to’lash shakli, mukofotlar, qo’shimcha haqlar, rag’batlantirish to’lovlari, kasaba uyushma qo’mitasi bilan kelishilgan holda, ish beruvchi tomonidan qabul qilinadigan jamoa shartnomasi bilan belgilanadi. Davlatning tarif stavkalari va okladlari korxonada ishchilarning malakasiga, kasbiga, ular tomonidan bajariladigan ishlar sharoitining murakkabligiga qarab baza sifatida foydalanilishi mumkin.
O’zR Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-iyuldagi 280-sonli qarori bilan mehnatga haq to’lash bo’yicha yagona tarif setkasi qabul qilingan bo’lib, unda mehnatga haq to’lash bo’yicha razradlar va 0-razradga nisbatan tarif koeffitsiyentlari belgilangan. Тarif stavka va okladlar tizimi tuzilishini asosi bo’lib 0-razradga belgilangan minimal oylik summasi hisoblanadi.
Quyida 2022-yili Vazirlar Mahkamasining 20 iyuldagi 280-sonli qarori bilan qabul qilingan yagona tarif setkasi mavjud (1 -jadvalga qarang).
1-jadval.

Yüklə 223,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə