Asqarova dilorom qurbonovna



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə9/72
tarix04.02.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#100147
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   72
Bolalarna mak.ta\'l. tayyor. oquv qo\'llanma

Nazorat savolari:

  1. Psixologik tayyorgarlik tushunchasi qanday xususiyatlarni o‘z ichiga oladi?

  2. Maktabga aqliy tayyorlikni rivojlantirishda nimalarga ahamiyat berish darkor?

  3. Jismoniy tayyorlik qanday xususiyatlarga ega?

Topshiriq: Har bir yosh guruhi uchun kun tartibini tuzing, yozing,taqdimot tayyorlang.
Foydalanilgan adabiyotlar;
1. “Ilk qadam” davlat o‘quv davturi, Toshkent-2019.
2. Davlat ta’lim standartlari.
3. “Ilk qadam” davlat o‘quv davturi. – Toshkent, 2018.
4. Hasanboeva O.U. va boshq. Maktabgacha ta`lim pedagogikasi. – Toshkent: Ilm ziyo, 2006.
5. Qayumova N.M. Maktabgacha pedagogika. – Toshkent: TDPU nashriyoti, 2013.
6. Yusupova P. Maktabgacha tarbiya pedagogikasi. – Toshkent, 1997.


Maktabgacha ta’lim tashkilotiga qisqa muddatli guruhlarda bolalarni maktabga tayyorlash
Tayanch so‘zlar: mashg‘ulotlar, tarbiyachi, bolalar, qisqa muddatli guruhlar, kunning birinchi va ikkinchi yarmi, mashg‘ulot turlari, ta’lim-tarbiya.
Qisqa muddatli guruhlarda bolalarni maktabga tayyorlashni rejalashtirish. Rejalashtirish – bu zarur shart-sharoit, foydalanilayotgan vosita, shakl va uslublarni ko‘rsatgan holda, ta’lim-tarbiya ishini amalga oshirishning tartibi va ketma-ketligini oldindan belgilash jarayoni. Umuman, ta’lim-tarbiya ishining samaradorligi rejalashtirish qay darajada pishiq-puxta o‘ylangani va amalga oshirilgani bilan belgilanadi.
Rejalashtirish pedagogik vaziyat rivojida noaniq holatlarning kamayishi bilan bir qatorda, pedagogning bugungi va ertangi faoliyatida uzviylikni ta’minlaydi.
Ta’lim-tarbiya ishini rejalashtirish pedagogning bolalar jamoasi va ota-onalar hamkorligiga, ular tomonidan birgalikdagi faoliyat doirasidagi maqsad va vazifalarni anglash, maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar hayotini qiziqarli va foydali bo‘lishini ta’minlash istagiga asoslangan.
Rejalashtirish modelini tanlashda har bir pedagogning kasbiy tayyorgarligi, tajribasi, o‘z faoliyati natijalarini ko‘rib, tahlil eta olishi hamda MTTdagi shart-sharoit e’tiborga olinishi zarur.

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə