Avloniy nomidagi Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayorlash va malakasini oshirish instituti



Yüklə 66,25 Kb.
səhifə10/18
tarix20.10.2023
ölçüsü66,25 Kb.
#128543
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Diyora оилада ер-хотин муносабатларининг

OILANING KOMMUNIKATIV VAZIFASI

Oilaning kommunikativ vazifasi oila a'zolarining o'zaro muloqot va o'zaro tushunishga bo'lgan ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi. Psixologik tadqiqotlarda ta'kidlanishicha, turli ij­timoiy yo'nalganlik, ustanovkalar, hissiy madaniyat, odamning axloqiy, ma'naviy va psixologik salomatligi — oiladagi o'zaro, ichki muloqot xarakteri, oiladagi katta a'zolarning muloqotda psixologik ustanovkalarni namoyon qilishlari, oiladagi axloqiy- psixologik iqlimga to'g'ridan to'g'ri bog'liqdir.
Insoniyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida fan-texnika taraqqiyotining yuksalib, odamlarning kundalik hayotining ur- banizatsiyalashuvining (radio, televideniye, video, kompyuter va boshqalar) ortib borishi, oilalarning tobora nuklearlashib borayotganligi bilan oilaning kommunikativ vazifasining aha­miyati, oila a'zolarining bir-birlari bilan «odamlarcha» suhbat- lashib olishning ahamiyati tobora ortib bormoqda. Bu o'rinda o'zbek oilasining o'ziga xos xususiyati: ko'p avlodlilik, ko'p farzandlilik kabilar bunday oilalar a'zolari o'rtasida o'zaro mu­loqot to'laroq amalga oshishiga asos bo'ladi, ularning o'zaro muloqotga bo'lgan ehtiyojlarini qondirishda muhim rol o'ynay- di. Biroq so'nggi yillarda ba'zi oilalarda ota-onalar va bolalar o'rtasida muloqotning kamligi, bir-biriga e'tiborning pasayishi, oila a'zolari o'rtasida fikr erkinligining cheklanganligi (ayniqsa qishloq oilalarida), holatlari ham mavjud, hatto oiladagi o'zaro munosabatlarning yomonlashuvi natijasida oila a'zolarining ayrimlarida stress (asabiy tanglik), suitsid (o'z joniga qasd qi­lish) kabi noxush holatlarning kelib chiqishi ham kuzatilmoqda. Bunday noxushliklarning oldini olish uchun eng awalo oila a'zolari o'rtasida oshkora, yaqin, o'zaro tushunishli, ishonchli muloqotning amalga oshishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, lozim bo'lsa, bu borada, yoshlarga tegishli bilimlarni berish aholi uchun psixologik maslahatxonalar faoliyatini yo'lga qo'yish, treninglar tashkil etish, «Ishonch telefonlari», «Qalb markazlari» kabilarni tashkil etib, ular faoliyatini takomillashtirish lozim.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə