Avtomobil transporti muxandisligi


transport vositasiga vaqti-vaqti bilan o‘rnatiladigan



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/111
tarix29.11.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#139032
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   111
ИНваДА Маъруза матни 2020 21 16.01.21 Имзо

transport vositasiga vaqti-vaqti bilan o‘rnatiladigan
TDV hozirgi
vaqtda keng qo‘llanilmoqda.
Bu moslamalar blok shaklida elektron elementlar bazasi asosida quriladi. Ular
transport vositasiga vaqti-vaqti bilan ishga chiqish oldidan qo‘yilib, ishdan qaytib
kelganda yechiladi, olingan axborotga ishlov berishda EHM samarali ishlatiladi.
Doimiy o‘rnatilgan diagnostiklash vositasining vaqti-vaqti bilan
o‘rnatiladiganidan farqi shuki, unda axborotga ishlov berish, saqlash va uzatish ishlarini
bajarishda transport vositasi konstruksiyasidagi axborot uzatish elementlaridan
foydalaniladi. O‘rnatiladigan texnik diagnostika vositasi blok shaklida tayyorlangan
bo‘lib, transport vositasiga ishga chiqish oldidan qo‘yiladi va ishdan qaytgandan keyin
yechiladi. Blokda kun davomida yig‘ilgan axborotga ishlov beriladi va tahlil qilinadi.
Masalan, transport vositasiga o‘rnatiladigan texnik diagnostika vositasi marshrut
davomida quyilgan yonilg‘ining hajmi va miqdori haqidagi axborotni esda saqlash
qobiliyatiga ega.
"Axborot-maslahat beruvchi tizim".
Oxirgi vaqtda o‘rnatiladigan texnik
diagnostika-nazorat vositasining konstruktiv bazasi asosida – “axborot-maslahat
beruvchi tizim” keng tarqalmoqda. U haydovchiga eng tejamkor harakat rejimini, eng
qulay marshrutni va servis xizmatini tanlashga imkon yaratadi hamda yuqorida
keltirilgan har xil texnik-iqtisodiy omillarning optimal o‘zgarishini ta’minlaydi. Texnik
xizmat ko‘rsatish stansiyasining joylashishidan va ulardan kerakli ehtiyot qismlar
olishdan tortib, to valuta kursining o‘zgarishi va har xil yonilg‘i quyish
shoxobchalaridagi yonilg‘ining narxi bo‘yicha ma’lumot olish imkonini beradi. Bunda
ko‘p ma’lumotlar
elektron pochta
va
internet
orqali olinadi.
Texnik diagnostikalash vositalariga quyidagi talablar qo‘yiladi:
-
ularning universal bo‘lishi, har turdagi transport vositasiga qo‘llash
mumkinligi;
-
ayrim nazorat jarayonlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish mumkinligi;
-
olingan axborotlarning ishonchliligi va barqarorligi, diagnostik asboblarning
aniqliligi, sezuvchanligi, soddaligi va o‘rta malakali ishchi kuchidan foydalanish
mumkinligi;
-
texnik diagnostikalash ishini olib borishning qulayligi va xavfsizligi;
-
transport vositasi ishlayotganda, ishlamay turganda yoki ishlash rejimi
o‘zgarganda agregatlar texnik holatini diagnostikalashni ta’minlashi.

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə