B o t a n I k a (O‘smliklar anatomiyasi va morfologiyasi )


Ildizlar tizimi va ildizning birlamchi morfo-anatomik tuzilishi



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/102
tarix17.12.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#150056
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   102
O.N. Imomov. Botanika. Majmua

2.Ildizlar tizimi va ildizning birlamchi morfo-anatomik tuzilishi 
Ildizning birlamchi ichki tuzilishi. Funksional jihatidan ildizning muhim 
qismi shimish zonasi hisoblanib, u suv va mineral moddalarni shimishga 
moslashgandir. Ildizda to‘qimalar halqa shaklida joylashgan bo‘ladi. Uning 
ko‘ndalang kesimida epiblema, birlamchi po‘stloq va markaziy silindr ajratiladi. 
Epiblema
. O‘sish konusining tashqi qavatidagi hujayralar, ya’ni 
dermatogendan
hosil bo‘ladi. Bu to‘qima shimish vazifasini bajaradi. 
Ildiz tuklari silindrsimon, uzunligi bir necha mm dan oshmaydi. Diametri 5–
15 mk. soni esa juda ko‘p bo‘ladi. Qulay sharoitda 1 mm kvadrat yuzaga 200–300 
ta tuk to‘g‘ri keladi. 
Birlamchi po‘stloq
. U shimish zonasidagi ildizning ko‘ndalang kesimida 
asosiy qismini egallaydi. Birlamchi po‘stloq ixtisoslashgan bo‘lib, bir necha 
umumiy to‘qimalardan tashkil topadi. Ular ekzoderma, mezoderma va 
endodermalardir. Ekzoderma birlamchi po‘stloqning eng tashqi qavati hisoblanib, 
bir yoki bir necha qavat hujayralardan iborat. Ekzoderma hujayralarining devori 
qalinlashish xususiyatiga ega. U ayniqsa bir pallali o‘simliklarda yaxshi 
rivojlangan. Ekzoderma po‘kak hosil bo‘lgunga qadar ildizni himoya qiluvchi 
to‘qima sifatida xizmat qiladi. 


62 
Birlamchi po‘stloqning asosiy qismini tashkil etuvchi mezoderma bo‘lib, u 
g‘ovak holda joylashgan yupqa devorli shimuvchi parenxima hujayralardan 
iboratdir. Uning hujayralari orqali tuproqdan ildiz tuklari faoliyati natijasida 
o‘zlashtirilgan suv va mineral moddalar ildizning markaziy silindrdagi naylarga 
o‘tkaziladi. 
Birlamchi po‘stloqning markaziy silindr bilan chegaralab turuvchi ichki 
qavati endoderma bo‘lib, hujayralarining devorlari qisman po‘kaklashgan. 
Markaziy silindr.
O‘q organning bir qismi hisoblanib, unda o‘tkazuvchi 
to‘qimalar joylashgan. Ildizning markaziy silindrida o‘tkazuvchi to‘qimalar radial 
o‘tkazuvchi boylamlar hosil qiladi. Yog‘ochlik naylardan iborat bo‘lib, u 
yog‘ochlik nurlarini hosil qiladi. Yog‘ochlik nurlari turli o‘simliklarda turlicha 
sonda bo‘ladi. Ikkitadan boshlab bir nechtagacha diarx (ikki nurli), sabzi va lavlagi 
ildizlarida triarx (uch nurli) yog‘ochlik nurlari ajratiladi. Dastlab yog‘ochlik 
nurlaridagi chekka tomonlarda joylashgan naylar hosil bo‘lgan. Ular ildizdagi 
mayda naylar bo‘lib, 
protoksilema
deb birlashtiriladi. Keyinroq hosil bo‘lgan ya’ni 
markazga yaqin joylashgan naylar 
metaksilemani
tashkil etadi. Lub elaksimon 
naylardan iborat bo‘lib, ular yog‘ochlik nurlari orasidan joy oladi. Lubning 
dastlabki elementlari nozik va mayda elaksimon naylar 
protofloemani
, ulardan 
keyinroq hosil bo‘lgan ancha yirik elaksimon naylar 
metafloemani
tashkil etadi. 
Markaziy silindrning eng tashqi qavati, ya’ni endodermaning ostida perisiklla 
joylashgan. U bir yoki bir necha qavat parenxima hujayralardan iborat bo‘lib, 
hayotiy nuqtayi nazardan potensial hosil qiluvchi to‘qimadir. Undan yon ildizlar, 
qo‘shimcha kurtaklar, qisman kambiy va po‘kak kambiylar rivojlanadi. Perisikllani 
uchki meristemaning bevosita davomi deb qarash mumkin. 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə