Taqqoslash sermaxsul bo`lishi uchun quyidagi ikki talab bajarilishi kerak:
1. O`rtasida ma`lum ob`ektiv umumiylik mavjud bo`lishi mumkun bo`lgan ob`ektlargina taqqoslanishi zarur;
2. Ob`ektlarni taqqoslash eng axamiyatli (bilish, o`rganish nuqtai nazaridan) xossalari, belgilari va jixatlari bo`yicha amalga oshirilishi shart.
O`lchash - taqqoslashga nisbatan aniqroq bilish quroli xisoblanadi. Ushbu metodning axamiyati o`rganilayotgan ob`ekt haqidagi ma`lumotlarning yuqori aniqligidadir.
Empirik bilish jarayonida o`lchash metodi ham kuzatish va taqqoslash kabi keng tarqalgandir.Empirik tadqiqotning ko`rilgan metodlaridan farqli xolda, ekspirement ilmiy jihatdan eng umumlashtirilgan tarzda qo`yilgan tajriba hisoblanadi. Unda kuzatish va o`lchashdan tashqari ob`ekt joylashgan shart – sharoit, muhit va xatto tadqiqot ob`ektining o`zi ham ma`lum tarzda o`zgartiriladi.
Eksperiment natijasida bir yoki bir necha omillarning boshqasiga yoki boshqalariga ta`siri aniqlanadi. Kuzatishdan farqli holda, eksperiment tajribaning qaytaruvchanligini ta`minlaydi, turli sharoitlarda ob`ektni tadqiq etish imkonini beradi, uni “sof holda” o`rganish mumkin bo`ladi.
Ilmiy bilishda empirik tadqiqot metodlari muxim axamiyatga ega. Ular faqatgina gipotezalarni tasdiqlash asosigina bo`lib qolmasdan, ko`p hollarda yangi ilmiy kashfiyotlar, qonunlarni ochishning manbaasi ham bo`lib xisoblanadi.
Empirik va nazariy tadqiqotlarida analiz va sintez, deduksiya va induksiya, abstraktlashtirish kabi universal metodlar keng qo`llaniladi.
Dostları ilə paylaş: |