|
Bibliografiya lat p65Shuhrat Murodovich ShamsiyevbibliografiyaShuhrat Murodovich Shamsiyev
— taniqli bibliograf olim,
pedagogika fanlari nomzodi, dotsent. Ko‘p yillar Òoshkent davlat
madaniyat instituti rektori o‘rinbosari, bibliografiya kafedrasi
mudiri lavozimlarida ishlagan. 1940- yili Òoshkent shahrida
xizmatchi oilasida tavallud topdi. 1960- yili o‘rta maktabni tugatib,
kutubxonachilik fakultetiga o‘qishga kirdi. 1964- yili institutni
tugatib kutubxonashunoslik-bibliografiya kafedrasiga mudir etib
tayinlandi. 1965- yildan o‘qituvchilikka o‘tkazildi. 1970- yili Moskva
davlat madaniyat instituti aspiranturasi kunduzgi bo‘limiga o‘qishga
kirib, mashhur bibliograf va kutubxonashunoslardan A. N. Ve-
revkina, akademik O. P. Korshunovlardan ta’lim oladi. 1973- yili
aspiranturani tugatib, Òoshkentga qaytadi. 1974- yili madaniyat
instituti ochilishi bilan institut sirtqi va kechki bo‘limiga rektor
o‘rinbosari etib tayinlanadi. Birinchi bo‘lib ijtimoiy-siyosiy
adabiyotlar bibliografiyasi kursini yozadi. 1977- yili Moskva davlat
madaniyat institutida „Rossiyaning inqilobga qadar vaqtli
matbuotining manbashunoslik va funksional tahlili (1702 — 1917-
yy.)“ mavzusida nomzodlik ishini himoya qiladi. 1984- yilda kafedra
dotsenti 1995 — 2001- yillarda fakultet dekani lavozimida faoliyat
yuritdi. „Ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar bibliografiyasi“, ham-
mualliflikda „O‘zbekistonning kundalik davlat bibliografiyasi“,
„Inqilobgacha Òurkiston vaqtli matbuotining retrospektiv bib-
liografiyasining ayrim masalalari“, „Inqilobgacha Òurkiston vaqtli
matbuotini o‘rganishning muammolari“, I. Dolgopolova bilan
„O‘rta asrlarda bibliografiya tarixi (kitob bosish ixtiro qilingunga
qadar)“ nomli o‘quv qo‘llanmasini nashr ettirdi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|