171
kelgan yangi adabiyotni ko‘rib chiqishi, so‘zboshi, mundarijasi,
bibliografik ma’lumotlar, qo‘llanmalar va ma’lumotnomalar, shu
nashr haqidagi taqrizlar yordamida kitob haqidagi bilimini
oshirib borishi zarur. Zamonaviy kutubxona xodimining o‘qish
doirasiga
ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar, barcha bilim sohalariga oid
ilmiy-ommabop adabiyotlar, kasbiga oid yangi adabiyotlar,
badiiy asarlar kirishi kerak. Muntazam ravishda kundalik vaqtli
matbuot nashrlarini ham ko‘zdan kechirib borishi zarur. Ish
jarayonida kitobxonlar uchun tavsiya qilish mumkin bo‘lgan
asarlarni tanlab boradi, u haqda biror-bir tadbir o‘tkazishga,
tavsiya ro‘yxatlariga kiritishga, ko‘rsatkichlarini
tuzishga tay-
yorgarlik ko‘radi. Adabiyotlarni ko‘rib chiqish nashrlarning keng
doirasi bilan tanishish imkonini beradi. Òezlik bilan kitobning
qiymatini aniqlash, uning kitobxonlar qiziqishi va so‘rog‘iga
mosligini belgilab olish muhim ahamiyatga ega, shu maqsadda
nashrning
sarvaraqlari
, uning orqa tomoni,
ularda berilgan
ma’lumotlar o‘rganib chiqiladi. Keyin nashriyot tomonidan
berilgan
annotatsiya
o‘rganiladi, asar matni tezda ko‘zdan
kechiriladi, qaysi kitobxonlar guruhiga va qay uslubda yozilgani
aniqlanadi.
Ilmiy ma’lumot apparatida
kitob haqidagi zarur ma’lumotlar
beriladi.
Mundarija
faqatgina asar mavzusi haqida ma’lumot beribgina
qolmaydi, balki asar tuzilishi haqida ham ma’lumot beradi,
zarur boblarni, mavzularni, bo‘limlarni,
paragraflarni qaysi
sahifadan topish kerakligini ko‘rsatadi.
Yordamchi ko‘rsatkichlar
kitobxonni qiziqtirgan masalani qidirishda yordam beradi.
So‘zboshi
kitobxonni asarda yoritilgan masalalar, muammolar bilan ta-
nishtiradi, asarning yaratilish tarixi, manbalari, boshqa asarlardan
farqi, qayta nashr bo‘lsa, avvalgi nashridan farqi,
yangiligi
haqida ma’lumot beradi.
Kirish qismi
esa muallifning hayoti, ijod
yo‘li haqida ma’lumot beradi, mazmunni tushunishga yordam
beradi.
So‘nggi so‘z
muallif tomonidan yoki muallifni yaqindan
bilgan, uning hayoti va ijodini chuqur o‘rgangan tanqidchi,
mutaxassis tomonidan yoziladi va asar g‘oyasiga yaqin yoki uning
asosiga olingan voqea va hodisalar,
asar qahramonlarining
prototiðlari, ularning keyingi taqdiri haqida ma’lumot beriladi.
Ba’zan nashrlarda
izohlar
ham beriladi. Ular kitobxonga asar
mazmunining murakkab bo‘lgan qismini to‘la tushunishga yordam
beradi, yana asarning yaratilish tarixi, asar haqida zamon-
doshlarning fikrlari, asarda yoritilgan
voqea va hodisalar haqida