Bibliografiya lat p65



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/161
tarix13.04.2022
ölçüsü0,53 Mb.
#85417
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   161
bibliografiya

Òazkirachilik
O‘rta Osiyo xalqlari adabiyotida va kitobatchilik ishi tarixida
tazkira janri alohida o‘rin kasb etadi. Bu bibliografiya rivojiga ham
ta’sir ko‘rsatgan. Tazkiralarda mashhur shaxslar, asosan, shoirlar,
kitob san’ati ustalari, diniy arboblar va boshqa ijodkorlar haqida
biografik va bibliografik ma’lumotlar berilgan bo‘lib, alohida bir
to‘plamni tashkil etgan. Bu manbalarda ma’lum bir shaxsning
qalamiga mansub asarlari, devonlari haqida, ulardan namunalar
va uning qo‘li bilan ko‘chirilgan kitoblar haqida ma’lumot ilova
qilingan. Òazkirachi shaxsning xattotlikdagi, kitob san’ati bilan
bog‘liq faoliyatidagi yutuqlariga alohida e’tibor bergan, uning
ayrim asarlariga adabiyotshunoslik nuqtayi nazaridan baho beradi.
O‘sha paytda tazkiralarning uch xili — sof adabiy tazkiralar,
shayx va avliyolarga bag‘ishlangan tazkiralar, xattotlar va kitob


69
ishi bilan bog‘liq shaxslar haqidagi tazkiralar mavjud bo‘lgan.
Oxirgi tazkira „Tazkirayi xattotiy“ deb nomlangan bo‘lib, uning
maqsadi o‘tmish va zamondosh kitob san’ati namoyandalarining
hayoti va faoliyatiga oid ma’lumotlarni bir joyga to‘plashdan
iborat. Bu turdagi manbalar orasida XVI asrda yashab ijod etgan
xattot qozi Ahmad Qumiyning „Xattotlar va musavvirlar haqida
risola“ nomi bilan mashhur asari muhimdir. Òazkiralar hozirgi
zamon va Yevropa adabiyotidagi mavjud adabiy antologiyalar va
bibliografik lug‘atlarga yaqin turadi. Unda shaxsning hayoti va
faoliyati, so‘ngra uning asarlari, u haqda zamondoshlarining
fikrlari beriladi. Bunday tuzilish uslubi va ma’lumotlar „Bibliografik
lug‘atlar“da ham qo‘llaniladi. Yirik shoir, adabiyotshunos M.
Shayxzoda tazkira janriga quyidagicha tavsif bergan: „Sharq
xalqlarining adabiyot tarixini asl manbalar orqali tekshirilgan,
degan tadqiqotchining asosiy suyanadigan manbasi turli
zamonlarda, turli shaxslar tomonidan, turli sabablar bilan
yozilgan tazkiralardir“.
„Tazkira“ arabcha so‘z bo‘lib, maqsadni unutmaslik uchun
uni yozuvda bayon etish degan ma’noni anglatadi. Ularda tazkira
yaratilgan davrdagi va mamlakatdagi mashhur kishilar, yozuvchi
va shoirlar, olimlar haqida ma’lumot beriladi. Bu mazmuniga
ko‘ra hozirgi davrdagi biobibliografik ma’lumotnomalarga
o‘xshab ketadi. Bunday tazkiralar Sharq mamlakatlari xalqlari
orasida keng tarqalgan va mashhur bo‘lgan. Sharq adabiyotida
birinchi marta yaratilgan va bizgacha yetib kelgan tazkira 1017-
yilda Mansur as-Salibiyning arab tilida yozilgan „Yatimat ud-
duhr“ kitobi bo‘lib, uning bitta bobi maxsus turkistonlik va
xurosonlik 124 shoirning hayoti va ijodi hamda asarlariga
bag‘ishlangan. Muallif o‘sha davrdagi Buxoro hamda Xorazmdagi
adabiy jarayon, uning ahvoli, zamondosh xattotlar, ular ko‘-
chirgan qo‘lyozma asarlar, mualliflari, asar nomi, ko‘chirilgan
joyi va yili haqida qisqa ma’lumot bergan. Forsiy tilda yozilgan
dastlabki tazkira Muhammad Avfiyning 1221 — 1222- yillarda
yaratgan „Lubob ul-albob“ nomli asaridir. U marvlik bo‘lib,
Buxoroda tahsil olgan, tarbiya topgan. Avfiy o‘z  asarida O‘rta
Osiyoda fors-tojik tilida XI — XII asrlarda yashab ijod etgan
shoirlar haqida ma’lumotlar beradi. Fors-tojik tilida yaratilgan
mashhur tazkiralar qatoriga A. Jomiyning „Bahoriston“ asaridagi
badiiy ijod namoyandalariga bag‘ishlangan VII bobini kiritish
mumkin. Bunda X — XV asrlarda yashab ijod etgan 30 dan oshiq


70
o‘rta osiyolik shoirlarning hayoti va ijodi hamda ular tuzgan
devonlar haqida ma’lumot beriladi. XV asrda yashab va fors-tojik
tilida ijod etgan shoir va adiblarga bag‘ishlangan yana bir tazkira
Davlatshoh Samarqandiyning „Tazkirat ush-shuaro“ asari bo‘lib,
1488- yilda yozib tugatilgan va unda 150 ta shoir haqida ma’lumot
berilgan. Samarqandiy Òemuriylar davrida harbiy xizmatchi
bo‘lgani holda badiiy asarlar ham yaratgan, ularda shoirlar haqida
ma’lumotlar, ularning asarlariga sharhlar bergan. Navoiydan
keyingi davrlarda yashagan adiblar uning tazkirachilik an’analarini
davom ettirdilar. Ana shulardan biri 1566- yilda yaratilgan
„Muzakkiri ahbob“ tazkirasining muallifi buxorolik Hasan Xoja
Nisoriy edi. Bu tazkira XVI asrda yaratilgan yagona tazkira bo‘lib,
u o‘sha asrning birinchi yarmidagi O‘rta Osiyoning adabiy hayoti,
Òurkiston adabiy muhitiga oid va o‘sha davrda yashab o‘tgan 250
dan oshiq adiblar haqida to‘la ma’lumot beradi.
XVII — XIX asrlarda O‘rta Osiyoda yana 10 dan oshiq taz-
kiralar tuzilgan bo‘lib, ular o‘z zamonasining adabiy muhiti,
ijod ahli, kitobatchilik ishi va kitob ustalari haqida ma’lumot
beradi. Shulardan biri Muhammad Malix Samarqandiyning
„Muzakkir ul-as’hob“ va Mutribning „Tazkirat ush-shuaro“
tazkiralaridir. Birinchi tazkirada 161 ta muallif haqida, ikkin-
chisida XVI va XVII asrda yashab ijod etgan 323 ta shoir, xattot
va kitob ustalari haqida ma’lumot beradi. 1759- yil Muhammad
Amin bin Nurmuhammad Nasafiyning „Mazhar ul-musan-
nifin“ tazkirasi XVIII asrning birinchi yarmida yashagan ijod-
korlar haqidagi o‘sha davrda yaratilgan va bizgacha yetib kelgan
yagona antologiyadir.
XVI asrda Beruniy asos solgan ustozlar asarlarining
bibliografik ro‘yxatini tuzish an’anasi keyingi asrlarda ham davom
etdi. Navoiy o‘z do‘sti, maslakdoshi, ustozi A. Jomiy vafotidan
so‘ng unga bag‘ishlab 1492- yili „Xamsat ul-mutaxayyirin“ asarini
yozadi. Uning kirish qismida Navoiy risolaning yozilish sabablari
va tuzilish uslubi haqida qisqacha ma’lumot beradi va qo‘llanma
muqaddima, uch maqolat va xotimadan iborat ekanligini yozadi.
Muqaddima qismida A. Jomiyning hayoti, nasl-nasabi, Jomiy
bilan birinchi marta tanishgan onlari haqida, 1- maqolatda ikki
buyuk shaxs hayoti davomida yuz bergan do‘stlik, ijodiy hamkorlik
jabhalari haqida ma’lumot beruvchi manbalar haqida sharh beriladi.
2- maqolat ularning bir-birlariga yozgan qator maktublari va bu
maktublarning yozilish sabablari, 3- maqolat Jomiy yaratgan 30


71
ta asar, ularning yozilish sabablari, tarixi haqida ma’lumot beriladi
va ro‘yxati keltiriladi. Bir-biri bilan maslahatlashib yozgan asarlari,
ularning manbalari haqida ham ma’lumot beriladi.
Navoiyning zamondoshi, shogirdi, tarixchi olim Xondamir
yaratgan „Makorim ul-axloq“ asari Navoiy hayoti va ijodini
o‘rganish uchun muhim bibliografik manba sifatida shu kungacha
o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Bu asar Navoiyning vafot etgan
yili yozilgan va kirish, 1 ta bob va so‘ngi so‘zdan iborat bo‘lib,
birinchi marta buyuk shoirning ijodiga badiiy-estetik baho beriladi.
Uning „Xamsa“ va „Chor devon“ asaridan tashqari, 20 dan
ortiq turk va fors tillarida yozilgan asarlari, 30 dan ortiq Navoiy
ijodiga bag‘ishlangan boshqa shoir va yozuvchilar, olimlarning
asarlari haqida qiziqarli ma’lumotlar keltirilgan. Xondamir o‘zi
guvoh bo‘lgan yoki o‘qib chiqqan asarlarni ro‘yxatga kiritgan.
Shuning uchun u asarning ro‘yxatini beribgina qolmay, har bir
asarning mazmuni haqida o‘zining va boshqalarning fikrlarini,
bahosini yozib boradi. Xondamir birinchi Navoiyshunos olim
sifatida Navoiy shaxsi va ijodiga oid barcha ma’lumotlarni to‘g‘ri
va to‘la berganligiga shubha yo‘q. Navoiy asarlarining yozilishi
tarixi, uning yaratilishiga ta’sir ko‘rsatgan tarixiy shart-sha-
roitlar, omillar haqida batafsil to‘xtaladi. Xondamirning bunday
ma’lumot berish tartibi hozirgi zamonda bibliografiyadagi anno-
tatsiya tuzish yoki bibliografik sharhni eslatadi. Xondamir „Xam-
sa“ning turkiy tilda yozilganligini, 27 ming baytdan iborat
ekanligini, „Chor devon“ esa 25 ming baytdan iborat turkiy tilda
yozilgan g‘azallardan jamlangan to‘plam ekanligini, to‘rtala
devon Navoiy hayotining turli fasllarida yaratilgan g‘azallarni
jamlab turuvchi nomlar bilan atalganligi haqida ma’lumot
bergan. Òarixchi bu asarida Navoiy haqidagi manbalar ro‘yxatini
ham beradi. Ular kitobning turli bo‘limlarida Navoiy hayoti va
faoliyatining qirralariga ko‘ra joylashtirilgan. Masalan, „Ilm
fazilati va olimlar martabasi haqida“ bo‘limida Òoftazoniy,
Nasimiy, Koshifiy, Imom Navaviy kabi zamondosh olimlarning
Navoiyga bag‘ishlangan 21 ta asari haqida ma’lumot beradi.
„She’r fazilati va shoirlarning ulug‘ darajalari haqida“gi bo‘limida
A. Jomiy, Kirmoniy, Gulistoniy, Kamoliddin Mir Husaynning
Navoiyning ulug‘ nomi bilan tugallangan asarlarining ro‘yxati
berilgan. Manbalarning bunday tartibda joylashtirilishi bibliografik
qo‘llanmalardagi adabiyotlarni mavzuli joylashtirish uslubiga
o‘xshab ketadi. Ko‘rinib turibdiki, Xondamirning bu asarida


72
bibliografiyaning juda ko‘p elementlari uchraydi. Asar ham
tarixiy, ham o‘zbek mumtoz adabiyotining tarixini o‘rganuvchi,
Navoiy hayoti va ijodi haqida ilk bor to‘la ma’lumot beruvchi
muhim bibliografik qo‘llanma, o‘zbek milliy bibliografiyasining
tarixini o‘rganishda muhim manba sifatida ahamiyatga ega.
XIX asr oxiri — XX asr boshlarida ham tazkirachilik san’ati
davom etdi. O‘rta Osiyoning ayrim hududlarida yashab ijod etgan
shoir va yozuvchilar, kitob san’ati ustalari haqida, o‘sha davr
adabiy hayoti haqida alohida ma’lumotlar to‘pladi. Qo‘qonda
Fazliy rahbarligidagi bir guruh shoirlar 1821- yili „Majmual
shoiron“ va boshqa tazkiralarni yaratishdi. Buxoroda bu davrda 6
ta tazkira yaratilgan, ulardan Abdumutallib Fahmiyning „Tazkir
al-Fahmiy“, Hoji Abdulazim Shar’iyning „Tazkirat ush-
shuaro“ va boshqalarni esga olish mumkin. Xorazmda mashhur
shoir va tarixchi Ahmad Òabibiy tazkiralar yaratgan. O‘rta
Osiyoda kitob bosish ishi (litografiya) boshlangunga qadar
tazkira janri keng tarqaldi. XIX asr oxiri xivalik shoir Yusuf
Òunkrat „18 shoir to‘plami“ tazkirasini yaratdi. Buxoroda amir
saroyining ma’rifatli kishilaridan biri Sharifjon Mahdum tazkira
janrida faol ijod qildi. U „She’rlar to‘plami“, „Qadimgi shoirlar,
zamonaviy davlatmandlar va diyonatli kishilar antologiyasi“ni
tuzdi, bayoz janrida asarlar yaratdi, turli tarixiy davrlarda
yashab ijod etgan mualliflarning she’rlar to‘plamlarini tuzdi. Sh.
Mahdum Òurkistonda o‘z davrining yirik kitob shinavandasi edi.
Boy va qimmatli qo‘lyozmalari bilan boshqa kutubxonalardan
ajralib turuvchi shaxsiy kutubxonasi haqida ma’lumot yozib
qoldiradi. Kutubxona fondidagi adabiyotlar katalogini tuzadi,
uning kirish qismida kutubxonada mavjud muhim qo‘lyozmalar,
ularning ahamiyati haqida ma’lumot beradi. Katalogda
adabiyotlarni tartibga solishda ma’lum bir xronologik yoki
mavzuli joylashtirish prinsiðiga amal qilmaydi. U o‘zicha
qo‘lyozmalarni tavsiflash qoidasiga rioya etadi: asar nomi,
muallif yoki xattotning ism-sharifi, qog‘ozning sifati va uning
ishlab chiqarilgan joyi, zamonaviy mualliflar, uning qarin-
doshlari haqida ma’lumot beradi. Undan tashqari, qo‘lyozmaning
asl narxini va uni sotib olingan narxini ham keltiradi. Mashhur
mualliflar asarini tavsiflashda muallifning hayoti va ijodi haqidagi
ma’lumotni keltiradi, uning asarlariga baho beradi. Shunday
qilib, bu katalog 300 dan oshiq adabiyot haqida keng axborot
beradi. Sh. Mahdumning katalogi qimmatli kitob shina-


73
vandasining ishi bo‘lib, ko‘pgina elementlarni berishi bilan
hozirgi zamon bibliografik qo‘llanmalariga yaqin keladi. Òarixiy
manbalardan shu narsa ma’lum bo‘ladiki, qadimdan O‘rta Osiyo
kutubxonalarida olimlar, o‘z davrining mutafakkirlari, matema-
tiklar, tilshunos va adabiyotshunoslar, tabiatshunoslar xizmat
qilgan, shu yerda xattotlik va kitob miniatura san’ati shakllangan
va takomillashib borgan.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə